Mundarija: Kirish I bob. Yog'och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə12/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#147817
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O\'STIRILADIGAN YOG\'OCH TURLARI VA XOMASHYOSI ULARNI O\'RNI

YUmoloq yog‘och materiallari shoxlardan tozalangan, uchlari tekis qilib
qirqilgan, konussimon ko‘rinishdagi materiallardir. Davlat standartlariga asosan
ularning uzunliklari chegaralangan bo‘lib, o‘lchamlari quyidagicha bo‘ladi.

YUmoloq yog‘och materiallarning uzunliklari orasidagi farq 0,5 metrga tengdir.
Konussimon diametrning balandlik bo‘ylab farqi 1 metrdan 0,8 sm teng. Berilgan
‘lchamlardan katta uzunlikdagi materiallar maxsus buyurtmalar asosida
tayyorlanadi. Diametrlariga qarab esa 3 xil bo‘ladi
1. Xorilar (yo‘g‘on yog‘ochlar) d = 26 sm. dan katta.
2. Bolorlar (o‘rta yog‘ochlar ) d = 14-24 sm.
3. Kichik yog‘och materiallar (xodalar) d = 14 sm gacha.
Tilingan yog‘och materiallari. Katta diametrdagi yumoloq yog‘och
materiallarni yog‘och tilish ramalarida yoki aylanma stanoklarda tilish natijasida
tilingan materiallar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallarning uzunliklari
orasidagi farq 0,25 metrga teng bo‘ladi va uzunliklari 1...6.5 metr oralig‘ida
bo‘ladi.

Hamma tamonlari tekis qilib tilingan materiallar toza qirqilgan materiallar
(obreznoy) deb ataladi. Tilish natijasida chorqirralar (brus), qalin taxtalar, yupqa
taxtalar, kichik chorqirralar paydo bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari standartga asosan
qo‘yidagicha bo‘ladi.
Demak, tilingan yog‘och materiallarning qalinliklari  = 16-250 mm bo‘lib,
ularning eni esa ikki xil, ya’ni b=75-150 mm bo‘ladi (tavsiya qilinadigan) va b=
175-275 mm bo‘ladi (mumkin bo‘lgan).
Fanera. Toq sonli shponlardan elimlab tayyorlangan qavatli yog‘och materiallar
faneralar deb ataladi. SHponlarning qalinligi 1 mm. atrofida bo‘lib oq qayin va
tilog‘och daraxtlardan tayyorlanadi. Tashqi qavatdagi shponlar doimo bir-biriga
parallel joylashadi. Qurilishda elimlangan va yuqori namlikka chidamli faneralar
ishlatiladi. Elimlangan faneralarning shponlari namlikka chidamli elimlar, ya’ni
fenolformaldegid elimi bilan elimlangan bo‘ladi. Agar shponlar karbomid elim
bilan elimlangan bo‘lsa o‘rtacha chidamli faneralar paydo bo‘ladi. Bu turdagi
faneralar namlik kam bo‘lgan joylarda keng qo‘llaniladi. SHu sababli, ularning
markalari ham elimlarning nomiga mos ravishda FSF va FK deb ataladi.
Elimlangan faneralarning varaqlrining qalinliklari 8=6-12 mm bo‘ladi.
Konstruksiyalar tayyorlashda eng ko‘p 7-qavatli fanera keng qo‘llaniladi.
Faneralarning o‘lchamlari qo‘yidagicha bo‘ladi.

Namlikka chidamli smolalar bilan shimdirilgan (bakelizirovannaya) faneralar
yuksak mustahkamlikka ega bo‘lib qurilishda keng qo‘llaniladi. Bu turdagi
faneralarning o‘lchamlari esa qo‘yidagicha bo‘ladi. Qalinligi =5... 18 mm,
uzunligi l = 1500...7700 mm, eni esa b = 1200... 1500 mm ga tengdir.
Faneralarning mustahkamligi oddiy igna bargli daraxtning mustahkamligidan
2,5 barobar kattadir (tolalari bo‘ylab). Hozirgi vaqtda tilog‘och daraxtidan
faneralar tayyorlash bo‘yicha katta amaliy ishlar qilinmoqda, chunki, bu turdagi
daraxtlarning zahirasi jami mavjud o‘rmonlarning 37 foizini tashkil qiladi. YOg‘ochning fizik va mexanik xossalari.
Zichlik. Ma’lumki, yog‘och materiallari trubasimon tolali tuzilishga ega. SHu
sababli, zichlik materiallarning turiga, tarkibidagi bo‘shliqlarning soniga,
panjaraning qalinligiga va tarkibidagi namlika bog‘liq. Materiallarda zichlik bir xil
bo‘lsa ham zichlikka namlikning ta’siri katta bo‘ladi. Masalan, qarag‘ay uchun 500
kg/m3 eman (dub) 750 kg/m3 va hokazo.
Бўйлама қаватлар

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin