Mundarija: Kirish I bob. Yog'och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə13/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#147817
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O\'STIRILADIGAN YOG\'OCH TURLARI VA XOMASHYOSI ULARNI O\'RNI

Issiq o‘tkazuvchanlik. Panjaralarning trubasimon tuzilishi yog‘ochni issiq
o‘tkazuvchanligini yomonlashtiradi. O‘tkazuvchanlik tolalar bo‘ylab, tolalarga
ko‘ndalang yo‘nalishdagi holatdan ham yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari,
materiallarning zichligi va namligi qancha katta bo‘lsa o‘tkazuvchanlik ham mos
ravishda yuqori bo‘ladi. YOg‘och materiallarni ko‘ndalang yo‘nalishda issiqni
kam o‘tkazuvchanligi ulardan devorbop materiallar sifatida keng foydalanish
imkonini beradi.
Harorat ta’sirida kengayishi. YOg‘och materiallarning harorat ta’sirida
kengayishi chiziqli kengayish koeffitsenti bilan xarakterlanadi. CHiziqli kengayish
po‘latga qaraganda tolalar bo‘ylab 7-10 marta, ko‘ndalang yo‘nalishda esa 2-3
marta kichiqdir. Bu holat, yog‘och sinchli imoratlarda harorat choklarini
qo‘ymaslikni ta’minlaydi. YUqorida qayd qilinganidek, yog‘ochning chiziqli
kengayish koeffitsienti =0,000005 mm/°S ga teng.
Mexanik xossalari. Tashqi yuklar ta’sirida yog‘ochning mexanik xossalarni
o‘rganuvchi fan reologiya deb ataladi. Ma’lumki, yog‘och materiallarining
kuchlarning ta’sir muddatlariga qarab elastikligi va deformatsiyalanishi ham
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Uzoq muddatli yuk ta’sirida deformatsiya nisbatan oshadi.
Doimiy yuk ta’sirida yog‘ochda bikirlik payda bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan elastik va
qoldiq deformatsiyalar ko‘payadi. YOg‘och materiallari anizatorlik materialdir,
shu sababli mustahkamlik ko‘rsatkichlari ham tolalar yo‘nalishiga mos ravishda
turlicha bo‘ladi. Masalan, elastiklik moduli talalari bo‘ylab Eyo= 10000 MPa,
bo‘lsa tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda E90= 400 MPa ga teng. Bundan tashqari,
mustahkamlik ko‘rsatkichlari ham yuklarning ta’siriga mos ravishda
o‘zgaruvchandir. Masalan, siqilishda s = 40-50 MPa, egilishda eg = 75-80 MPa,
cho‘zilishda ch = 100 MPa, tolalari bo‘ylab yorilishda yo = 2,4 MPa, tolalariga
ko‘ndalang yo‘nalishda yo90 =1,2 MPa ga tengdir. Bundan tashqari, puasson
koeffitsenti ham yo‘nalishga mos ravishda 090=0,5 va 90,0= 0,02 ga teng.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin