Mundarija: Kirish I bob. Yog'och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari


Ustunlari bikr maxkamlangan ikki sharnirli ramalar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə8/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#147817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O\'STIRILADIGAN YOG\'OCH TURLARI VA XOMASHYOSI ULARNI O\'RNI

Ustunlari bikr maxkamlangan ikki sharnirli ramalar. Bunday
ramalarning ustunlari yaxlit va panjarasimon, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kesimli
bo‘lishi mumkin. Rama to‘sini sifatida elimlangan to‘sin yoki fermalar
qo‘llaniladi. Ustun bikr maxkamlanganligi sababli ustun va to‘sinlarni aloxidaaloxida tayyorlash va yig‘ish mumkin.
Ramaning xisobi unga ta’sir etayotgan tik va gorizontal kuchlardan xosil
bo‘lgan kuchlanishlarni aniklashdan iborat.
Ustun bilan to‘sin o‘zaro sharnirli birikma xosil kilgani sababli, ularning
xisobi aloxida-aloxida olib boriladi. Bu xolda ustunlar to‘singa ta’sir etayotgan tik
kuchni yirik kuchdek qabul qiladi. Kuchning ta’siri tusinning tayanchdagi reaksiya
kuchiga teng bo‘lib, ustunning ustki uchiga, o‘k yunalishida ta’sir qiladi. YUk
tayanch reaksiya bo‘lib, tomdagi xamma konstruksiyalarning xususiy og‘irligidan
tashkil topadi. Kordan xosil bo‘lgan reaksiya to‘sin tayanchi orkali uzatiladi.
YOg‘och ravoklar yuk kutaruvchi konstruksiya sifatida kishlok xujaligi,
sanoat va maomuriy binolarida keng kullaniladi. Ravoklar statik tuzilishiga kura
uch sharnirli va ikki sharnirli bulishi mumkin (2.5-rasm).
Tayanch sxemasiga kura ravoklar tortkichsiz (tortkich vazifasini tayanch
bajaradi) va tortkichli (kuchni tortkich qabul qiladi) buladi. O‘klarining shakliga
ko‘ra ravoklar uchburchakli, (tug‘ri chizikli elementlardan tashkil topgan),
aylanma (doiraviy) va uchi o‘tkir (ikkita yarim ravoklar, o‘klari ikki doiraga
joylashgan) bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra yaxlit kesimli elimlangan va panjarasimon
elementlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Qurilishda eng ko‘p tarkalgani uch
sharnirli ravoklardir. Ular statik anik va zo‘rikishlari tayanch va tortkichdagi
kuchishga bog‘lik emas. Yig‘ish jarayonida bug‘otda sharnirli biriktirish
kiyinchilik tug‘dirmaydi.

2.5-rasm. Elimlangan ravoklar:


a-segmentsimon, b-uchburchak, v-yoysimon, g- sinik yoysimon,
1-tortkisiz, 2-tortkili
Ikki sharnirli ravoklar ayrim xollarda, shakli yoysimon va elimli bo‘lsagina
qo‘llaniladi.
Poydevorga tayanuvchi tortkichsiz ravoklar oddiy xisoblanadi. Ular, asosan,
uchta tugunda birikkan ikki yirik element - yarim ravoklardan tashkil topadi.
Bunday ravoklar, baland, o‘rtalarida devorlar bo‘lmagan, masalan, omborlar, sport
inshootlari kabi binolarning tomini yopishda ishlatiladi.
Tortkichli ravoklar to‘sin va fermalardek tom yopishda qo‘llaniladi, ular
ustun yoki devorlarga tayanadi. Elimlangan taxta ravoklar, mexnat sarfi kam
bulgani uchun, kesim yuzasi tug‘ri turtburchak shaklida tayyorlanadi. Oralik katta
bo‘lganda bunday ravoklar kesimini moment kiymati uzgarshiga mos ravishda
o‘zgaruvchan kabul kilish mumkin. Egish kulay bulishi uchun taxtalarning
kalinligi egish radiusining 1/300 kismidan oshmasligi va 33 mm dan ortik
bo‘lmasligi kerak. Ravoklarning mustaxkamlikka xisobi va tomning sirti shakliga
kura turli yuklar ta’siriga qurilishda meyoriy qoidalari talablari asosida bajariladi.
Buning uchun, ravok uki bo‘yicha «n» ta kesimga bulinadi, nuktalarning
koordinatlari va oish burchaklari aniklanadi. Turi chizikli va doiraviy ravoklarda
yoyik yuk taosiridan chorak oralikdagi eng katta zurikishni aniklash kifoya.
Agar kesimda eguvchi moment musbat bulsa, siqiluvchi ustki belbog‘
ustivorligi bikr maxkamlangan ximoyalovchi konstruksiyalar tomonidan
taominlanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin