Mundarija kirish I bob. Yosh futbolchilarni tayyorlashda ilmiy izlanishlar



Yüklə 182 Kb.
səhifə1/11
tarix02.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#122986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
fudbolchilarning funksional tayyorgarligi




MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….
I BOB. YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA ILMIY IZLANISHLAR………………………………………………………………….
1.1. Yosh futbolchilarni tayyorlash………………………………………………..
1.2. Yosh futbolchilarda jismoniy qobiliyatlar va texnika…………………………
1.3 Yosh futbolchilar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari..............
III BOB. YOSH FUTBOLCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH…………………………………………………………………
3.1. Jismoniy tayyorgarlikni oshirishdagi murabbiy ko’rsatmasi, fikrlari taxlili………………………………………………………………………………
3.2. Yosh futbolchilarda kuchni rivojlantirish xususiyatlari……………..............
3.3. Yosh futbolchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish…………………............
Xulosa……………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….………….


KIRISH


Tadqiqotning dolzarbligi. Hozirgi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab sog’lom avlod tarbiyasi davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi. Sog’lom avlod nafaqat jismoniy baquvvat yoshlarni, shu bilan birga, chuqur bilimga ega, ma’naviy barkamol, dunyodagi tengdoshlari bilan bellashishga, ularga xalqimizning iste’dodi va salohiyatini namoyish etishga qodir bo’lgan avlodlarni tarbiyalash demakdir.
Prezidentimizning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031-son qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan.
Dastur doirasida 2017-yilda 153 ta bolalar maydonchasi ta’mirlangan, 232 ta zamonaviy maydoncha, Nukus shahrida sportning olimpiya va milliy turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan.
2017-yil 22-dekabr kuni Simfoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqeaga aylangan ushbu Murojaatnomada ko’plab muhim jabhalarni to’laqonli va chuqur tahlil qilib chiqqanlari e’tiborga molik. Ana shu tarixiy nutqdan sport jamoatchiligiga bevosita daxldor ayrim iboralarni keltirib o’tmoqdamiz.
«Avvalo, yil davomida mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo’yicha harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganini ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz sportchilarini xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari buni yaqqol dalilidir. Ayniqsa yosh sportchilarni tanlab olish,ularni tarbiyalash tizimini bosqichma-bosqich yo’lga qo’yish murabbiylar faoliyatini yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Bundan tashqari 1992-yil 14-yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunini qabul qilinishi, 1993-yil 4- martda “Sog’lom avlod uchun” ordenini tasis qilish to’g’risidagi farmon, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 271-son qarori, 2000-yil 26-maydagi O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni 2015-yil 4-sentabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qununi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarori fikrimizning yorqin ifodasidir.
2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli farmon asosida “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan 5ta ustivor yo’nalishlarni 4-ustivor yo’nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” bo’lib, bunda o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalshda jismoniy tarbiyadan unumli foydalanish masalalariga alohida etibor berilgan.
2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish va bir qancha masalalarga bag’ishlangan video selector yig’ilishi o’tkazildi.
Ushbu video selektorda Prezidentimiz ma’naviy va ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. Unda 2-tashabbus aynan sport sohasiga yo’naltirilgan bo’lib ya’ni “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”dan iboratdir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo’lib yetishtirishda, qonunbuzarlik va boshqa salbiy illatlardan xalos etishda jismoniy tarbiya va sport asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Shu boisdan yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli o’yinlardan foydalanish voleybolchilarni jismoniy sifatlarini to’laqonli amalga oshirishda aloxida axamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlarni taxlili shuni ko’rsatadiki, biz tomonimizdan tanlangan Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash mavzusi xozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin