Yuksak zamburug’lar mitseliysi kundalangiga tusiklar bilan ajralgan bir ikki yadroli hujayralarga bulingan iplardan iborat. Ularning ayrim vakillaridagina hujayra pustlogida selyulloza, aksariyat qismini pusti polisaharidlardan iborat. Hujayralar o’rtasidagi kundalang tusiklarda sporalar mavjud. Protoplazmasi hujayra devori buylab joylashgan. Bularda xromotofor va plastidlar yo’q. Zapas maxsuloti yog va glikogen. Ayrim turlarida valyutin ham uchraydi. Zamburug’larning rangi hujayra pustida, sitoplazmada, vakuoladagi pigmentlarning rangiga boglik. Yangi hujayraning hosil bulishi va mitseliyning usishi, odatda, tallomini uchlarida joylashgan hujayralar xisobiga boradi.
Zamburug’lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yullar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi mitseliysining ayrim kismlarini O’zilishi, kurtaklanish, xlamidosporalar va sklerotsiy hosil qilish yuli bilan sodir bo’ladi.
Zamburug’lar oziqlanishi jixatidan geteratrof organizimdir. Geteratrof oziqlanish o’z galida ikkiga bo’linadi.
1. Parazit holda ovqatlanish 2. Saprofit holda ovqatlanish
Jinssiz ko’payish jarayoni mitseliysining maxsus novdalarida hosil bo’ladigan endogen va ekzogen sporalr hosil bo’lib, bu sporalar bir, ikki yoki bir necha rangli yoki rangsiz hujayralardan iborat.
Endogen sporalar tuban zamburug’lar uchun xarakterli bo’lib, ixtisoslashgan va asosiy gifalardan tusik orqali ajralib turadigan maxsus hujayra ichida hosil bo’ladi. Bu hujayralarda o’simlikning turiga qarab harakatchan zoosporalar va harakatsiz sporalar shakllanadi. Jinssiz ko’payishning ekzogen sporalari ko’pincha konidiylar deb yuritiladi. Konidiylar bittadan yoki zanjir shaklida mitseliyning maxsus gifalari uchida, yon tomonida, oddiy, shoxlangan substratdan ancha kutariluvchi konidiy hosil bo’ladi. Konidiylar kuruk muxitga moslashgan yuksak zamburug’lar uchun xos.
Zamburug’larningjinsiy ko’payishi nihoyatda turli-tuman. Tuban zamburug’larda xalogamiya, izogamiya kurinishida ancha murakkab tuzilgan, vakillari va yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payishi oogamiya, zigogamiya va konyugatsiya shaklida o’tadi.
Zigotasi ma’lum tinim davrini utaydi, reduksion bo’linishidan sung zigotasi unib chiqadi va zoospora yoki zoosparangiyli, sporangiy yoki konidiyli kiska gifa hosil qiladi.