MUNDARIJA KIRISH I BOB ZAMBURUG`LAR VA ULARNING TUZILISHI, KO’PAYISHI, KLASSIFIKATSIYASI. ARXIMITSETLAR VA FIKOMITSETLAR BO’LIMLARI 1.Zamburug’‘lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi?
2.Arximitsetlar va ularning vakillari, hayot kechirishi, tuzilishi, ko’payishi, oziqlanishi, nafas olishi?
II BOB ZAMBURUG'LARNING ASOSIY EKOLOGIK GURUHLARI XUSUSIYATLARI 2.1 Zamburug`larning zarari va ahamiyati
XULOSA ADABIYOTLAR RO`YXATI KIRISH Tuban o`simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo`lgan juda ko`p turi zamburug`lar deb ataladi. Ular o`z ichiga 100 mingdan ortiq to`rni oladi. Zamburug`lar tallofit o`simliklardir, chunki ular ham hech qachon suvo`tlari singari haqiqiy to`qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo`linmaydi.
Ularning ko`pchiligi mikroskopik mayda bo`lib, nonda mog`or, o`simlik barglarida zangsimon dog`lar va shunga o`xshash shakllarda ham ko`rinadi.
Zamburug` tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko`p ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar to`planib mitseliy hosil qilganini ko`ramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir hujayrali yoki ko`p hujayrali bo`lishi mumkin. Zamburug` ba`zi turlarining gifalari tinim holatiga o`tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerosiy deb ataladigan o`ziga xos tuganak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug`lar, ular yumaloq yoki ellipis shakldagi alohida - alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug`lari.
Hujayrasi qobig`ining kimiyoviy tarkibi bir xil emas. Po`st hech qachon sellulozali bo`lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo`lib, ularda bir nechta yadro bo`ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o`rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi.
Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko`payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug`larda - gaustoriya hosil bo`ladi. Zamburug`lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko`payadi. Vegetativ ko`payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo`ladigan ovalsimon hujayralar yordamida ro`y beradi.
Achitqi zamburug`i -kurtaklanish yo`li bilan ko`payadi. Zamburug`lar asosan sporalar yordamida ko`payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo`ladi. Zamburug`larda jinsiy ko`payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro`y beradi. Tanasining tuzilishi va ko`payish xususiyatlariga qarab, zamburug`lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo`linadi.
1. Arximisetlar yoki xitridiomisetlar sinfi. 2. Oomisetlar. 3. Zigomisetlar (bular tuban zamburug`lar) 4. Xaltachali zamburug`lar yoki askomisetlar 5. Bazidiyeli zamburug`lar yoki bazidiyamisetlar (bular yuksak zamburug`lar). 6. Takomillashmagan zamburug`lar.
1. Arximisetlar sinfi - tanasi yalong`och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko`payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo`g`zini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko`rashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak.
2. Oomisetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo`lingan bo`ladi. Masalan: Fitoftora zamburug`i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo`ng`ir dog`lar hosil bo`ladi.