4.Byudjetdan tashqari pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlar quyidagilar:
4.1.Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot tashkilotlar tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlar hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan byudjet mablag’lari harakatini aks ettirish uchun tuziladi.
"1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i" qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli bo’lgan qoldiq mablag’lar ham hisobga olinishi lozim.
"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami" qatorida "a, b, v va g" qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi.
"a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan" qatorida tashkilotlar faoliyat turi bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlarini (pul mablag’larini) ko’rsatadilar.
"b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan" qatorida tashkilotlar vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlarini (pul mablag’larini) ko’rsatadilar.
"v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatiladigan homiylik (beg’araz) yordami hisobidan" qatorida Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi hisobvarag’iga homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi.
"g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan byudjet mablag’lari hisobidan" qatorida qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlarning xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan mablag’larning hisobot choragi oxirgi kunida tejab qolingan qismining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi hisobvarag’iga o’tkazilgan summasi ko’rsatiladi.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa xarajatilari - jami "da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko’rsatiladi.
"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan tushumlarning yig’indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo’yicha summaning) ayirmasi ko’rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |