Buxgalteriya o’tkazmalari :
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo’luvchi
hujjat
|
Respublika byudjeti bo’yicha
|
1.
|
Respublika byudjetining prognoz ko’rsatkichlarini oshirib bajarilishidan mahalliy byudjetlarga daromadar summalarini o’tkazish
|
043
|
010
|
To’lov hujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko’chirma
|
2.
|
Hisobot yilida Respublika byudjetining prognoz ko’rsatkichlarini oshirib bajarilishidan quyi byudjetlarga o’tkazilgan daromadlarni “Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish
|
090
|
043
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi, m/o
|
044-sonli hisobvaraq “Respublika g’azna hisobvarag’iga respublika byudjeti hisobvaraqlaridan mablag’lar tushumi” respublika byudjeti hisobvaraqlaridan kelib tushgan va moliya yili oxirida byudjet ijrosi natijalariga olib boriladigan summalar hisobi uchun mo’ljallangan.
Buxgalteriya o’tkazmalari :
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo’luvchi hujjat
|
1
|
Respublika g’azna hisobvarag’idan Respublika byudjeti hisobvarag’iga Respublika byudjetidan ortiqcha o’tkazilgan mablag’larni qaytarish
|
044
|
010
|
To’lov hujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko’chirma
|
2
|
Hisobot yilida Respublika byudjetidan RG’Hga tushgan mablag’larni “Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish
|
044
|
090
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi, m/o
|
3
|
Respublika byudjeti hisobvaraqlaridan Respublika g’azna hisobvaraqlariga (RG’H) mablag’lar tushumi
|
010
|
044
|
To’lov hujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko’chirma
|
047-sonli hisobvaraq “Byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lar tushumi” g’azna hisobvaralariga kelib tushgan va byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lar, shu jumladan o’tgan yillarning debitor qarzdorlik bo’yicha tushumlar, byudjet tashkilotlarini asosiy vositalari va boshqa tovar-material boyliklarini sotishdan tushgan tushimlar, shuningdek inventarizatsiya qilish va tekshirishlar natijasida tiklangan summalar hisobi uchun mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |