«G’AZNACHILIK HISOBOTI»
FANIDAN MUSTAQIL
TA’LIMNI BAJARISH
BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
KIRISH
Davlat byudjetining g’azna hisobotini tuzishni o’rganish nihoyatda muhim hisoblanadi. Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi bo’yicha byudjet hisobotining tashkili-uslubiy jihatlari, Respublika va mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarining g’azna ijrosi hisobi hamda Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari g’azna ijrosi hisobi o’rganiladi. Ushbu fanni o’qitish talabalarga g’aznachilik hisobotini tuzish qoidalarini o’rganish imkoniyatini tug’diradi.
Ushbu fanning maqsadi – talabalarni byudjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, fanni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish va mazkur fan bo’yicha mustahkam bilim ko’nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarga byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi byudjet hisobotini tashkil etishning uslubiy masalalari, ularda hisob ob’ektlari hisobi va hisobotlarni shakllantirishning nazariy jihatlarini o’rgatishdan iboratdir.
«G’aznachilik hisoboti» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan «G’aznachilik», «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi», «Davlat byudjeti» fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish talab etiladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, byudjet g’azna ijrosi hisobotlarini o’rganishda fanning biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va magistrlik dissertatsiya mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada 86 soat ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug’ulanishini o’z ichiga oladi.
“G’aznachilik hisoboti” fani bo’yicha mustaqil ta’limning mazmuni
Dostları ilə paylaş: |