Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo'yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me'zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning baholash me'zoni quyidagicha tashkil etish mumkin:
Mustaqqil ishga ajratilgan maksimal 10 ball o’quv semestri davomida 2 marta (5/5 nisbatda), oraliq ballarni rasmiylashtirshga mos ravishda talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil topshiriqlarni topshirilishi asosida guruh jurnali va elektron jurnalida rasmiylashtiriladi va talabalar e’tiboriga etkaziladi.
Talaba yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan kafedra tavsiyasiga binoan fakultet yoki oliy o'quv yurti darajasida o'tkaziladigan talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin.
“G’AZNACHILIK HISOBOTI”
Dostları ilə paylaş: |