Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi to’g’risida hisobotni tuzish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə43/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

3.Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi to’g’risida hisobotni tuzish

Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi to’g’risida hisobotni tuzishda quyidagi shartlar to’liq saqlanishi lozim:


hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi;
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;

Xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risida hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.

Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risida hisobot noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.

Xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risida hisobot, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.


Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda davlat byudjet xarajatlari kassa ijrosi to’g’risida hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar «minus» belgi bilan aks ettiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” nomli 2017 yil 26 dekabrdagi 182-son buyrug’iga asosan I BO’LIM. UMUMIY QOIDALARda quyidagilar keltirilgan:


1. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzadi va topshiradi.

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra tuziladi.

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati moliyaviy hisobotlarni quyi muassasalar kesimida tuzadi hamda jamlangan holda taqdim etadi.

2. Byudjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa (ro’yxat raqami 2837, 2016 yil 8 noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi.

3. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Balans (1-son shakl);

mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);

mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumot;

mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risidagi hisobot;

mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi Byudjet tashkilotini chet el valyutalari bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot.

4. Agarda, byudjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalari (ro’yxat raqami 1209, 2003 yil 24 yanvar) bilan tasdiqlangan moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim qiladilar.

5. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

Balans (1-son shakl);

Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);

Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumot;

Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot;

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot;

Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot;

Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot;

Byudjet tashkilotini chet el valyutalari bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot.

6. Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida (jamlanma) xarajatlar smetasi, (jamlanma) daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo’l qo’yilgan muddati o’tgan qarzdorlikni undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek hisobot davrida byudjet tashkilotlariga beg’araz yordam va markazlashgan tartibda kelib tushgan moddiy qiymatliklar to’g’risidagi ma’lumotlar, kamomadi aniqlangan va o’g’irlangan pul mablag’lari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar ochib beriladi.

Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.

7. Byudjet mablag’lari oluvchilar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar.

8. Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Byudjet tashkilotlarida tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi.

9. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi "Bosh jurnal kitobi" (bundan buyon matnda "Bosh jurnal kitobi" (308-son shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi.

10. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi:

"Tashkilot" rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi;

"Bo’lim, kichik bo’lim, bob" rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifiga muvofiq tashkiliy va vazifa jihatidan bo’linishi (belgilanishi) ko’rsatiladi;

"Hisobot davri" rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko’rsatiladi;

"Byudjet turi" rekvizitida tashkilot tomonidan O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo’yicha byudjetlar darajasi kodlari ko’rsatiladi;

"O’lchov birligi" rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin