Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari kassa ijrosiga oid hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish tartibi.
Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Davlat jamg’armalari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi. Davlat jamg’armalarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisob-kitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi.
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.
Daromadlar haqida hisobot
Daromad nomi
|
Bo’lim
|
Paragraf
|
Daromad turi
|
Reja
|
Bajarilishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Xarajatlar qismida byudjet tasnifi xarajatlar bo’yicha aniqlangan reja, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan kassa xarajati, haqiqiy xarajat summalari aks ettiriladi. Shuningdek bu hisobotda qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi qismida xarajatlarning turlari bo’yicha, aniqlangan, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan xarajatlarkassa xarajati, haqiqiy xarajatlar, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.
Xarajatlar haqida hisobot
Xarajat nomi
|
Bo’lim
|
Kichik bo’lim
|
Bob
|
Aniqlangan reja
|
Moliyalash
tirish
|
Bajarilishi
|
qabul qilingan yuridik majburiyat
|
qabul qilingan moliyaviy majburiyat
|
kassa
|
xaqiqiy
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlat jamg’armalaritomonidan tuziladigan byudjetlar ijrosi to’g’risida yillik buxgalteriya hisobotlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar
O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan Davlati byudjeti kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasiga tegishli hududiy moliya organlariga quyidagi muddatda taqdim etadi
№
|
Hisobot nomi
|
Davriyligi
|
Taqdim etish muddati
|
Davlat byudjeti Bosh boshqarmasiga taqdim etiladigan hisobotlar
|
1.
|
Xududiy g’azna tarnzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi xaqida axborot
|
Kunlik
|
|
2.
|
Xududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar xaqida axborot
|
Kunlik
|
|
3.
|
O’zbekiston Respublikasi Respublika byudjeti xarajatlari ijrosi bo’yicha hisobot
|
Choraklik
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)
|
Yillik
|
Keyingi yilning 1 fevraligacha
|
Tegishli xududiy moliya organlariga taqdim etiladigan hisobotlar
|
1
|
Xududiy g’azna tranzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi xaqida axborot
|
Kunlik
|
|
2
|
Xududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar xaqida axborot
|
Kunlik
|
|
3
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi va maxalliy byudjetlar daromadlari ijrosi to’g’risida hisobot
|
Choraklik
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)
|
Yillik
|
Keyingi yilning 1 fevraligacha
|
Choraklik
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)
|
Yillik
|
Keyingi yilning 1 fevraligacha
|
Dostları ilə paylaş: |