FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT
1-Mavzu. “G’aznachilik hisoboti” fanining mazmuni, predmeti va metodi
Takrorlash uchun savollar
G’aznachilik hisoboti deganda nimani tushunasiz?
G’aznachilik hisobotlarini tuzishdan maqsad nima?
G’aznachilik hisobotining vazifalari qaysilar?
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar
1 –topshiriq
G’aznachilik hisobotining mohiyatni yoritib bering. G’aznachilik hisoboti fani predmeti va ob’ektlarini aytib bering. G’aznachilik hisobotini tuzishning maqsadi va vazifalarini sharxlab bering. G’aznachilik hisobotini yuritishni alohida hususiyatlari nimalardan iborat.
2 –topshiriq
G’aznachilik hisobotining byudjet ijrosini nazorat qilishdagi ahamiyati. G’aznachilik hisobotining xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishidagi o’rni. Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi. G’aznachilik hisobotida kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishini amaliy misollar keltirib asoslab bering.
3 –topshiriq
Byudjet g’azna ijrosi hisobotining funktsiyalari nimalardan iborat. Byudjet g’azna ijrosi hisobotining uslubiy asoslarinini chizma ko’rinishida darajalari bo’yicha aks ettirib bering va tushuntiring. Mamlakatimizda byudjet g’azna ijrosi hisobotini yuritilishini yo`nalishlarini ko’rsatib bering. Byudjet g’azna ijrosi hisobotining obektlarini sharxlab bering.
4 –topshiriq
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar g’azna ijrosi hisobotlarining mohiyatini tushuntirib bering. Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar byudjeti g’azna ijrosi hisobotlari mohiyatini tushuntirib bering. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi kassa ijrosining hisobotining mohiyatini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |