4-Mavzu. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning g’azna ijrosiga oid moliyaviy hisobotlari
Takrorlash uchun savollar
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning g’azna ijrosiga oid moliyaviy hisobotlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Mahalliy byudjet daromadlari g’azna ijrosiga oid moliyaviy hisobotlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o`ting
Mahalliy byudjet daromadlarining g’azna ijrosi hisoboti deganda nimani tushunasiz?
Byudjet tashkilotlari daromadlari g’azna ijrosi hisobotining xususiyatlari nimalardan iborat?
MUSTAQIL O’RGANISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
topshiriq
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishida moliyaviy hisobotlarining o’rni. Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar byudjeti g’azna ijrosini nazorat qilinishida byudjet tasnifining o’rni. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi kassa ijrosining hisobini yuritishda byudjet tasnifining o’rnini tushuntirib bering.
topshiriq
Respublika byudjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobini hususiyatlarini misollar bilan ko’rsatib bering. G‘aznachilikda byudjet xarajatlari hisobining qanday hususiyatlari bor?. Respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshirish tartibini ko’rsating. Respublika byudjeti xarajatlari hisobini hujjatlashtirishni sxematik tavsiflab bering. Respublika byudjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobotini ahamiyatini tushuntiring.
5-Mavzu. Davlat byudjeti daromadlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar
Takrorlash uchun savollar
Davlat byudjeti daromadlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotning maqsadi va vazifalari nimalrdan iborat?
G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o`ting
G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlarining kassa ijrosi hisobi deganda nimani tushunasiz?
G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari va hisob registrlarida qanday aks ettiriladi?
Moliya organlari, g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalarida Davlat byudjeti daromadlari hisobining hususiyatlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |