2.4.Xil-IIIjarayonidag’ovaktemirolishningissiqlikbalansinihisoblash Temir tarkibli rudaning fizikissiqligi
Сchtv=0.746кДж/(kg*grad)-qattiq cho'yanning issiqlik sig'imi Сchж=0.838кДж/(kg*grad)- suyuq cho'yanning issiqlik sig'imi
Cch=218кДж/kg
Qф.ch.=[0.746*1200+218+0.838(1325-1150)]*68*10-3=83,1334 MDj
Temir va oksidlarning kimyoviy issiqligi:
Fabrika ishchilari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari.
Fabrikaning barcha ishchilari mexnat muxofazasi texnologik talablariga rioya qilishlari lozim va mashina, mexanizm, dastgohlarning yo’riqnomasi bilan tanishgan bo’lishlari shart.
Zavodga ishga kiruvchi, yoki bir joydan ikkinchi ish joyiga o’tuvchi ishchi belgilangan tartibdagi tibbiy ko’rikdan o’tishi shart. Ishchilarning belgilangan toifasi o’rnatilgan tartibda doimiy tibbiy ko’rikdan o’tib turadilar.
Zavodga ishga kiruvchi har bir xodim kirish yo’riqnomasi bilan tanishishi lozim, ishgchi ishlab chiqarishdan alohidalashgan holda - maxsus dastur asosida komissiyaga imtihon topshirilish sharti bilan kasbga o’qitilishi lozim, shuningdek texnika xavfsizligi bo’yicha maxsus kursni tamolaydi va dastlab ish joyida tajriba muddatini o’taydi.
Texnika xavfsizligi qoidalarini o’rganganligi bo’yishicha yilda ikki marotaba fabrika bosh injinerining tasdiqlangan dasturi asosida imtihondan o’tadi, va yo’riqnoma bilan tanishib, jurnalda ro’yxatdan o’tadi.
Fabrikaning barcha ishchi xodimlari falokat yuz berganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qonun qoidalaridan xabardor bo’lishlari shart, zaharlanish va tok urish holatlarida ham. Ishchilar zaharli va taksik moddalar bilan ishlash bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lishlari, bu bo’yicha dars o’tilgan bo’lishi imtihon topshirgan bo’lishlari kerak.
Har bir ishchi o’z ish joyiga ish vaqtidan 15 daqiqa oldin kelishi, ishchi huduni ko’zdan kechirishi, mexanizm, dasgohlarning ishchi holatda ekanligini tekshirishi lozim. Agarda dastgohda kamchilik aniqlasa va uni o’zi tuzata olmasa bu haqda smena masterini ogohlantirishi kerak.
Elektr dastgohlarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatish faqatgina elektrxavsizligi bo’yicha ma’lum mutaxassislikka ega bo’lgan shaxsga gina ruxsat beriladi.
Tabiiy gaz bilan ishlovchi uskunalarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash faqatgina gaz sohasidagi maxsus bilimga ega bo’lgan, ma’lum mutaxassislikka ega bo’lgan shaxsga gina ruxsat beriladi.
Har bir ish joyida xavfsiz ishchi muhit yaratilgan bo’lishi lozim. Ish joyining holatini nazorat qilish, har 1 smenada texnik nazorat qiluvchi shaxs tomonidan olib borilishi shart.
Barcha ish joylari va unga o’tish yo’laklari toza holatda bo’lishi shart. Materiallar, qo’shimcha narsalar va instrumentlarni saqlash uchun maxsus joylar ajratilgan bo’lishi kerak. Ish joyini va yo’laklarni to’sib qo’yish ta’qiqlanadi.
Ish joylarida, yirik agregatlarda va odamlar harakatlanadigan yo’laklarda texnika xavfsizligi qoidalari va mexnat muxofazasi qoidalari tasvirlangan plakatlar osilgan bo’lishi kerak. Chekish va ovqatlanish ish joyida taqiqlanadi va bu uchun maxsus joylar ajratilgan bo’lishi lozim. Ishlab chiqarish kranlaridan va texnik suvlarni ichish taqiqlanadi.
Ichimlik suvlari maxsus idishlarda, flyaga, bochka va maxsus kranlarda bo’lishi lozim.
Barcha xizmat ko’rsatish maydonidagi o’tish qaytish ko’priklari, zinalari mustahkam bo’lishi, 1metrdan baland bo’lmasligi va 0.15m dan chuqur bo’lmasligi lozim. Zavod fabrika hududida joylashgan barcha uyiqlar, teshiglar, zumplar, quduqlar, ariqlar va hokazolar 1m balandlikdagi panjaralar bilan o’ralgan bo’lishi lozim. Ishchilar o’tib qaytishi uchun mo’ljallangan yo’laklar barcha talablarga javob berishi lozim.
Kommunikatsiyalar, masinalar, dastgohlarning joylashishi ularga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun qulay sharoitda bo’lishi kerak.
Ishlab turgan dastgohni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
Ishlarni maxsus himoyalanish vositalari bilan, maxsus kiyimboshda, maxsus oyoqkiyimda bajarish talab.
Har bir ish joyi yoritilish talablari asosida keraglicha yoritilishi lozim.
Barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mashina mexanizmlari mustaxkam qotirilgan bo’lishi va chegaralangan bo’lishi lozim. Aylanuvchi qismlar (vallar, muftalar, shkiflar, barabanlar, friksion disklar va h.) to’liq yoki qisman panjara bilan himoyalangan bo’lishi kerak, panjara to’ri o’lchami 25x25; barabanli konveyerlar 40x40. Tishli va zanjirli uzatmalar to’liq yopiq bo’lishi shart.