Ishning madsadva vazifalari:Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o’laroq faqat mehnatning miqdor ko’rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko’rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o’rganish ishlari boshlanib ketdi. Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o’rganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga o’xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladigan global unumdorlik kontseptsiyasi umum qabul qilingan kontseptsiyaga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda milliy hisobchilik tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishi unumdorlikni o’rganish sohasidagi ishlarga yangi turtki bo’ldi, chunki bu tizim ma’lumotlari mehnat unumdorligini tarmoq va butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini beradi, shuningdek, xalqaro taqqoslashlar uchun asos yaratadi.
Ma’lumki, statistikada mehnat unumdorligi deganda faqat jonli aniq mehnatning unumdorligi tushuniladi. Stastistikada unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o’rganadigan qator ishlar bor. Birinchi bunday yondashuvni S.G.Strumilin o’zining 1935 yilda nashr etilgan “SSSR qora metallurgiyasi” asarida asoslab bergan.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:Kurs ishi kirish, asosiy qism , xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
Kurs ishning birinchi qismida: Vaqtni tejash qonuni va uning umumiqtisidoiy qonunlar tizimidagi o’rni.
Kurs ishning ikkinchi qismida: Mehnat unumdorligini oshirish vaqtni tejash qonunining real in’ikosi ekanligi
Kurs ishning uchinchi qismida: Mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir etuvchi omillar
Kurs ishning to’rtinchi qismida: Mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati