Mundarija kirish


Mehnat unumdorligini oshirish vaqtni tejash qonunining real in’ikosi ekanligi



Yüklə 68,53 Kb.
səhifə4/12
tarix04.05.2023
ölçüsü68,53 Kb.
#107451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Vaqtni tejash qonuni va uning umumiqtisidoiy qonunlar tizimid (1)

2.Mehnat unumdorligini oshirish vaqtni tejash qonunining real in’ikosi ekanligi

Mehnat unumdorligini oshirish zahiralari (rezervlari) – texnika va texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Zahiralar mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Agar biror omilni imkoniyat sifatida olib qaraydigan bo’lsak, u holda bu omil bilan bog’liq bo’lgan zahiradan foydalanish imkoniyatning voqelikka aylanish jarayoni hisoblanadi.


Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi.
Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira zahiralariga
va nobud bo’lish (bekorga sarflash) zahiralariga bo’linadi.

Zahiralar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo’lishi ham kiradi. Bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan


texnologiya jarayonlarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir.
Zahiralar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol zahiralariga bo’linadi. Joriy zahiralar texnologiya jarayonlari muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi. Istiqbol zahiralari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Zahiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish zahiralariga bo’linadi. Xalq xo’jalik zahiralariga tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq zahiralariga shunday zahiralar kiradiki, ulardan foydalanish umuman tarmoqdagi xodimlar mehnat unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish zahiralari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol zahiralardan tashqari, ikki guruhga bo’linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish zahiralari va jami ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zahiralari.

Buning ma’nosi shuki, mahsulot ishlab chiqarish me’yori uni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt miqdoriga to’g’ri proportsional va uning sermehnatlik darajasiga teskari proportsionaldir. Agar mehnat unumdorligi ish vaqt fondini ko’paytirish hisobiga ortsa, u holda bu unumdorlikni oshirishning ekstensiv yo’li hisoblanadi; agar unumdorlik sermehnatlik darajasini qisqartirish bilan ta’min etilsa, bu ekstensiv yo’l hisoblanadi. Bunda mahsulot tayyorlashga sarf etiladigan sarf xarajatlarning kamayishi yangi texnika va texnologiya joriy etish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga sodir bo’ladi.


Mavjud zahiralarni aniqlash ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida yoki joriy va oldingi davrlardagi ish turlari bo’yicha mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Tahlil qilishning asosiy usuli joriy davrdagi ko’rsatkichlarni rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslashdir. Bunda rejalashtirilgan topshiriqlarning asoslanganligi ham tekshirilishi lozim, chunki ularda rejalashtirilgan davrdagi ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari, shart-sharoitlari, zahiralarini to’la hisobga olinmagan bo’lishi mumkin. Shuningdek, yil davomida rejaga kiritiladigan turli aniqliklarni ham hisobga olish zarur. Ular boshqa ko’rsatkichlarga - mehnat unumdorligiga, xodimlar soniga, mehnatga haq to’lash fondiga turli o’zgartirishlar kiritilishiga sabab bo’ladi.
Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun sermehnatlik darajasini pasaytiruvchi tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni tayyorlash yoki biron - bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari taqqoslab ko’riladi.

Bu erda: Tn - operatsiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida;



Yüklə 68,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin