3.Mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir etuvchi omillar
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va o’sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shart-sharoitlar
qulay bo’lsa, u yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo’lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy shart- sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan shart- sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Korxonada mehnat unumdorligining oshishi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi:
Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o’zgarmagan holda hajmi oshishi;
Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o’zgarmagan holda sifati oshishi;
Ishlab chiqariladigan mahsult birligiga mehnat sarfining qisqarishi;
Mahsulot tannarhida mehnat sarflari ulushi kamayishi;
Tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi; Foyda massami va me’yori oshishi tarzida namoyon bo’ladi.
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay ta’sir ko’rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning ta’sir ko’rsatishi kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ularning hammasini ichki va tashqi omillarga bo’lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |