I.BOB.Boshqaruv faoliyatida ijtimoiy muhit omillari 1.1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish XX asr oxirida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari sanoati va intellektual rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy musobaqa fan, texnika, texnologiyalar va buning oqibati o‘laroq, ta’lim sohasiga ko‘chdi, chunki raqobatga bardosh beradigan kadrlarni tayyorlamay turib, raqobatlashuvga qodir iqtisodiyot ham bo‘lmaydi.Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlashda shaxs va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi kasb-hunar ta’limi dasturlari rang-barang bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu rang-baranglik kasb-hunar ta’limi moslashuvchan bo‘lishiga olib keladi va o‘zgarib borayotgan sharoitga tez moslashishni ta’minlaydi.AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis tayyorlash tajribasi ta’limning eng muhim vazifasi intellektni va mantiqiy fikrlashni mashq qildirishdan iboratligini ko‘rsatmoqda. Bu masalani hal etishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashining roli muhim bo‘lib, u mutaxassis o‘zining kasbiy, ma’naviy va madaniy saviyasini butun umri davomida takomillashtirib borishi uchun juda zarur bo‘lgan mustaqil bilim olish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, raqobatbardosh kadrlarni mamlakatimizda va chet ellarda fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning rivojlanishini hisobga olgan holda mutanosiblik tarzida kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga, yuqori fikrlash madaniyati hamda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy axborot bobida mustaqil yo‘nalish olish mahoratiga ega bo‘lishi darkor.
Zamonaviy mutaxassis tabiiy-ilmiy va kasb-hunar bilimigagina emas, balki o‘zining ma’naviyati va madaniyatini belgilovchi gumanitar bilimlarga ham ega bo‘lishi darkor. Axloqiylikdan mahrum mutaxassis qabul qilinayotgan qarorlarning haqiqiy oqibatlari uchun o‘ziga ham, jamiyatga ham javob bera olmaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, jarayoni va natijasining tub farqi shunda.Respublikadagi hunar-texnika bilim yurtlari asosan ikkinchi razryadli, malakasi past ishchi kadrlarni tayyorlar edi. Ularni ishlab chiqarishda yuqori malakali qilib «etishtirish» uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilardi.Past sifatli mutaxassislarni tayyorlash, ayrim istisnolar bilan oliy ta’limga ham xos edi. Buning sababi ko‘p darajada: Mutaxassislarni ommaviy chiqarish, respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotining asossiz ehtiyojlari, bu hol soxta lavozimlar nomenklaturasi ortishiga olib keldi. Bu omil oliy ma’lumotning nufuzi va uning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talab pasayishini keltirib chiqardi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor, ham sifat jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi. Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga olib keldi.Mazkur sabablardan tashqari, tayyorlash jarayonida sifatni yaxshilash ko‘zda tutilmagan, bir xil darajadagi qat’iy cheklangan oliy ta’lim tizimi ham mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi. Odatda, qancha qabul qilingan bo‘lsa, shuncha mutaxassis chiqarilardi (ozgina saralanish bundan mustasno), to‘g‘rirog‘i, shuncha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berilardi. Bunda, odatda, raqobatbardosh potensial mutaxassislar barcha bitiruvchilarning 7—12 %dan oshmasdi.Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida shunday kadrlar tayyorlashning natijasi ko‘pchilik bitiruvchilarning sifati pastligi hamda raqobatga dosh berolmasligidan iborat bo‘ldiki, bu mustaqilO‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida jiddiy iqtisodiy ziyon yetkazdi.AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi barcha darajalardagi kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligiga:Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning jips aloqasi;
Ta’lim muassasalari tiplarining va fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’limi dasturlarining xilma-xilligi,kasb-hunar ta’limi tizimini iqtisodiyotning ustuvor hamda daromad keltiradigan tarmoQiga aylantirish,ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash;kasb-hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish;ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish,kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning ob’ektiv tizimini qo‘llash,aql-idrokning rivojlanishi, o‘lchanishi va baholanishi, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi.Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga majmuaviy yondashuv yotadi.Birinchi bosqichda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj prognoz qilinadi va ular oldiga qo‘yiladigan talab belgilanadi, ya’ni, mutaxassis modeli yaratiladi. Bunda sifatning o‘sib boruvchi darajasi belgilanadi.Ikkinchi bosqichda mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladi, u belgilangan sifat darajasini ta’minlashi zarur.Nihoyat, mutaxassislardan professional faoliyatda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi bosqichda ta’minlangan sifat darajasi ham o‘z ustida uzluksiz ishlash yo‘li bilan, ham maxsus ta’lim tashkilotlarida malaka oshirish yo‘li bilan oshirilishi kerak.Ushbu strategiyaning huquqiy asosi Davlat ta’lim standartlari va talablari, me’yoriy hujjatlar, nizomlar hamda ta’lim tashkilotlarining maqomini, moddiy-texnika bazasini, moliyalashtirilishini, o‘qituvchilar tarkibini, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish va boshqa faoliyatini belgilovchi boshqa hujjatlardir.Insonning dastlabki teng imkoniyatlar bilan hamda davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishi mumkinligi, ona tilida o‘qish kafolatlari, ma’lumotlilik va iste’dodni rag‘batlantirish, kam ta’minlangan bolalar hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash asosida sifatli ta’lim olish borasidagi huquq va erkinliklarini amalga oshirish ta’minlanadi.Ikkinchidan. Islohotlar jarayonida ta’lim sifatini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va kasbiy tayyorlash uchun me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv hamda mazmuniy shart-sharoitni shakllantirish va rivojlantirish ta’minlanadi. Bu narsa aholini turli ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan imkon qadar kengroq qamrab olish yo‘li orqali uning umumta’lim darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari ta’lim tizimining yagona o‘quv-ishlab chiqarish majmui sifatida davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari negizida rivojlanish uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani yaratib berdi.Uchinchidan. Kadrlar tayyorlash tuzilmasi va hajmi bilan mehnat bozorida ularga bo‘lgan talab tuzilmasi va hajmi o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda; davlat va jamiyat ehtiyojlarini shakllantirish mexanizmlari, shuningdek, nodavlat tuzilmalar, korxonalar hamda tashkilotlarning tayyorlanayotgan kadrlar soni va sifatiga buyurtmasi mexanizmlari joriy etilmoqda.Ta’lim xizmatlari bozori rivojlanmoqda hamda ta’lim sohasida raqobat muhiti yaratilmoqda.To‘rtinchidan. Uzluksiz ta’lim tizimining davlat tomonidan majburiy va yetarlicha moliyalashtirilishi ta’minlanmoqda. Chunonchi, ta’limga umumdavlat xarajatlari kapital sarfi hissasi 1995 yildagi 6,1 %dan 2002 yilda 34 %gacha oshdi.Ta’lim sohasiga moliyalashtirishning turli manbalari (moliyalashtirishning ko‘p variantli mexanizmlari — davlat va nodavlat mablag‘lari, shu jumladan, chet el investitsiyalari) faollik bilan jalb etilmoqda.Beshinchidan. Davlat va jamiyat kafolati hamda nazorati asosida, Davlat ta’lim standartlari negizida ta’limning barcha turlari hamda darajalarining uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim sifati va samaradorligining oshirilishi ta’minlanmoqda.Ta’lim sifatini mustaqil, ob’ektiv nazorat qilishning mavjud tuzilmalari va mexanizmlari takomillashtirilmoqda, yangilari shakllantirilmoqda. Ta’lim sohasida jamoat tashkilotlarini, shu jumladan, ta’lim sifatini ijtimoiy boshqarish va nazorat qilishni ta’minlash uchun rejali shakllantirish amalga oshirilmoqda. Ta’limni va uning sifatini boshqarishning yangi organlari («markaz — mintaqa — muassasa», jamoat boshqaruvi darajasida) joriy etilmoqda.
Uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun ta’lim oluvchilarni tayyorlashning umumta’lim va professional darajasiga qo‘yiladigan zarur talablarni tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat talablari, shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish hamda ularning bilimlari sifati ko‘rsatkichlari va ularni nazorat qilish uslublari joriy etilgan hamda muntazam yangilab boriladi.Hukumatning ta’lim muassasalarini o‘quv, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash muammolarini hal etish, ta’limda zamonaviy axborot muhitini shakllantirish bo‘yicha tizimli va muayyan maqsadni ko‘zlovchi faoliyati amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqarish sanoatini (mualliflar jamoasini shakllantirishdan tortib, o‘z matbaa bazasini shakllantirishgacha) yaratish tadbirlari amalga oshirilmoqda.Davlat va jamiyat ta’limning barcha turlari uchun pedagoglar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini va bu ishlarni tashkil qilishni tubdan yangilashni kafolatlaydi.Ta’lim tizimining axborot bazasini va uni axborotlashtirishni shakllantirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda uzluksiz ta’lim tizimi barcha elementlarining o‘zaro ta’sirini (shu jumladan, korxonalar va fandan qo‘shimcha resurslar olish, ularning salohiyatidan foydalanish va boshqalarni) ta’minlovchi shakl hamda uslublar, vosita va mexanizmlar joriy etilmoqda.KTMMga muvofiq ta’lim, fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Uzluksiz ta’limni rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi tizimi joriy etilgan.Sakkizinchidan. Jahon hamjamiyati bilan ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish va respublika o‘quv muassasalarini ular bilan ta’minlash, ta’lim tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha aloqalar kuchaymoqda.Mamlakat va chet el homiylarining yordami: moliya va moddiy-texnika ta’minoti, pedagoglarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, ta’lim tizimini axborot bilan ta’minlash sohasida texnik ko‘maklashish amalga oshirilmoqda.Uzluksiz ta’lim milliy tizimi chet el ta’lim tizimlari va xalqaro tashkilotlar bilan (mutaxassislarning xalqaro safarlari: tajriba o‘rganish, o‘qish, axborot va inson resurslari almashish asosida va b.) o‘zaro foydali munosabatda bo‘lib, bu hol mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida ijobiy aks etadi.Shunday qilib, uzluksiz ta’lim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sharoit yaratishdagi davlat kafolatlarini, ta’lim xizmatlari bozorining va ta’limning lozim darajadagi sifatining davlat tomonidan tartibga solinishini, davlat tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlarining o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish uchun mas’uliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim islohotlarining o‘ziga xos farqli xususiyati deb hisoblamoq darkor.Ko‘plab xalqaro tashkilotlar, chet el mutaxassislari va ekspertlari ushbu xususiyat va farqni ta’kidlaydilar. Masalan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori, akademik V. A. Sadovnichiy shu munosabat bilan: «Biz O‘zbekistonda qilinayotgan barcha ishlar kelajak — o‘sib kelayotgan avlod foydasiga «ishlashi» lozimligining guvohi bo‘ldik. Erkin fikrlovchi, yuqori ma’lumotli va yuksak professional yosh avlodni shakllantirishga mamlakat rahbariyati, shaxsan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan katta e’tibor berilmoqda», — degandi.Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni tasdiqlovchi ayrim qonunchilik va tashkiliy-boshqaruv jihatlar hamda mexanizmlarni qayd etib o‘tamiz.Ta’lim sohasida davlat siyosati «Har kim bilim olish huquqiga ega...»O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.41-modda. «Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish».O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni.