4-rasm. Aholining nikox va ajralish ko‘rsatkichlari (kishi hisobida) Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
2021- yil yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 3,1 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 6,0 ming kishini tashkil etdi.
Migratsiya saldosi minus 2,9 ming kishi bo‘lib, 2020- yilning mos davrida minus 4,6 ming kishi bo‘lgan. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 274 kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 526 kishini tashkil etib, migrasiya saldosi - 252 kishiga kam bo‘lgan.
Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2022- yil 1- yanvar holatiga 2931,1 ming kishini tashkil etib, 2021-yil boshidan 63,6 ming kishiga yoki 2,2 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1899,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,8 %), qishloq aholisi soni 1031,6 ming kishini (35,2 %) tashkil etdi.
Pop tumanida aholini takror barpo bo‘lishining o‘ziga xos husisiyatlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin. Aholini tabiiy ko‘payishi viloyat ko‘rsatkichlaridan yuqori yuo‘lib buni sababi sifatida aholining zichligi viloyat ko‘rsatkichlaridan pastligi va tabiiy sharoitning qulayligini keltirib o‘tish mumkin. Aholining o‘lim darajasi xam viloyatning boshqa xududlariga nisbatan o‘rtachani tashkil qiladi va o‘limning sabablarida asosan yurak qon tomir kasalliklari va ovqat xazm qilishga oid kasalliklarga to‘g‘ri keladi. Ajralish viloyatning boshqa mintaqalariga nisbatan past xisoblanadi. Ajralishlarning pastligiga, aholining bandlik darajasi xam ta’sirini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
3-jadval Aholining migratsiya ko‘rsatkichlari (kishi)