Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Namangan viloyatida 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 80,0 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffisienti 27,6 promilleni tashkil etdi, hamda 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,3 promillega oshganligi (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 26,3 promille bo‘lgan) kuzatildi.
Tuman aholisini takror barpo bo‘lishida demografik jarayonlar tug‘ilish, o‘lim, nikox va ajralish hamda migrasiya muxim rol o‘ynaydi. 2021 yil yakunlarida ko‘ra tumanda shu yil davomida 5483 ta tug‘ilish qayd qilingan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 284 taga ko‘proqni tashkil qilib xar 1000 kishiga nisbatan 24.4 ‰ ni tashkil qilmoqda. (2-jadval)
Tug‘ilish darajasi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni
5 483 kishini tashkil qilgan va 2020- yilning mos davriga (5 199 kishi bo‘lgan) nisbatan 284 kishiga ko‘paygan bo‘lib, tug‘ilish koyeffisiyenti mos ravishda 24,4 promille (2020- yilning mos davrida 23,5 promille) ni tashkil qilgan.
Namangan viloyatida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 13,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffisiyenti 4,7 promillani tashkil etdi.
2-jadval 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholining tabiiy harakati