Mundаrijа kirish


-rasm Pop tumani karta-sxemasi



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə4/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

1-rasm Pop tumani karta-sxemasi
Tuman hududi Farg‘ona vodiysining shimolida, Namangan viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida, Qurama tog‘ tizmalarining janubiy yon bag‘ri va Sirdaryo vohasida, geologik faol zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va tog‘lardan iborat bo‘lib, janubidan shim.ga ko‘tarila boradi. Janubida (Qoraqalpoq cho‘lida) va Achchiqko‘l massivida balandligi 350–400 m, shimolida, Chatqol tog‘larida esa 4000–4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.
Tuman hududida tuproq va o‘simliklar janubidan shimoliy tomon o‘zgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakalpoq cho‘lida ko‘chma qumlar va qum barxanlari orasida sho‘rxoklar uchraydi. O‘zlashtirilgan yerlarning tuprog‘i och tusli bo‘z tuproklardir. Bu yerlarda yovvoyi o‘simliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulg‘un va boshqa o‘sadi. Sirdaryo va boshqa daryolarning odoq va qayirlarida o‘tloqi-botqoq va to‘q tusli bo‘z tuproklar uchraydi. Sho‘rxok va sho‘rtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turang‘il, yulg‘un, sho‘ra, yalpiz, qo‘g‘a va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Adir zonasida shag‘al va chag‘ir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. O‘simliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Tog‘ zonasida yer yuzasi qoyalar va tog‘ o‘tloq tuproqlari bilan qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, tog‘terak, yovvoyi olma, do‘lana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va boshqa o‘sadi. Tog‘ yaylovlaridan keng foydalaniladi.
Namangan viloyatining Pop tumani Farg‘ona vodiysining shimoliy, Namangan viloyatining shimoliy-g‘arbiy qismida Qurama tog‘ tizmalarining janubiy yonbag‘ri va Sirdaryo vohasida joylashgan, maydoni 2941 kv. km. Chegarasining uzunligi 344 km. bo‘lib, shimoldan janubga Chotqol, Qurama tog‘ tizmalaridan markaziy Farg‘ona tekisliklarigacha bo‘lgan kengliklarni egallab, shimoldan Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Chust va Mingbuloq tumanlari, Farg‘ona viloyatining Buvayda va Dang‘ara, g‘arbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlari bilan chegaradosh.
Tuman hududi geologik aktiv zonada joylashgan. Tuman hududida Sirdaryo, Shimoliy Farg‘ona va Oxunboboyev nomli kanallar, tog‘oldi adirlaridan Chodaksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uyg‘ursoy, Tuzliksoy, O‘g‘rijarsoy, Selgasoy, tog‘lardan Kengqulsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy, Quyundisoy, Tollisoy, Chaylisoy, Chuqursoy, Egrisoy, Quzg‘untoysoy, Ko‘lquygansoylar oqib o‘tadi. Shuningdek, tuman hududida Qaznoq va Tavot ko‘llari bor. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa.
Tuprog‘i asosan bo‘z tuproq. Tuman hududida Sirdaryo havzasining janubiy qismi 300-350 metr, havzasining shimoliy qismi 1000-1500 metr, tog‘li hududlari 2500-3400 metr dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Tog‘ yonbag‘irlarida yong’oqzorlar, olchazorlar, olmazorlar, 300 metrdan yuqorida archazorlar bor. Undan yuqorida yozgi yaylovlar mintaqasi joylashgan. Tuman hududida turli-tuman, boy flora va fauna dunyosi bor.
Tumanda ham xo‘jalik, madaniy qurilish vazifa-larini bajarish yo‘lida keng hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish, yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlaridan ish hajmini oshirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Urushdan keyingi 50 yil ichida shaxar, qishloqlar jamoli tubdan o‘zgarib, aholi turmush darajasi yaxshilandi. Katta hajmda ko‘p qavatli uylar, maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar, madaniy-maishiy, savdo tarmoqlari, ma’muriy binolar qurildi, yo‘llar ravonlashib, asfalьtlashdi, ichimlik suvi, tabiiy gaz va boshqa qulayliklar bilan ta’minlash keskin yaxshilandi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ma’naviy, iqtisodiy, madaniy soxalarda sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Milliy qadriyatlar tiklandi, davlat maqomi berilgan o‘zbek tilida ish yuritish keng quloch yoydi, yetim-esir bolalar va yakka yolg‘iz qariyalar, nochor oilalar va nogironlarni ijtimoiy ximoyalash, ularga muruvvat, xayr-exson, saxovat ko‘rsatish an’anaga aylandi, maxallalardagi ishlar jonlandi, odamlar o‘rtasida mexr-oqibatni mustahkamlashda katta ishlar olib borilyapti. Ilm-fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson tobora ko‘proq tabiiy resurslarga muhtoj bo‘lib, ma’lum bir mintaqaning tabiiy sharoitlarini qandaydir tarzda o‘zgartirish zarurati tobora ko‘proq talab qilinmoqda.
Ishlab chiqarish vositalari, mehnat va iste’mol ob’ektlari sifatida xo‘jalik faoliyatida bevosita foydalaniladigan tabiatning tarkibiy qismlari va xususiyatlari. Tabiiy resurslarni qidirish, o‘rganish va ulardan foydalanish iqtisodiy faoliyatning alohida turiga - resurslardan foydalanishga birlashtirilgan. Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq turdagi tabiiy resurslardan foydalanilmoqda. Bu ularning umumiy xususiyatlariga ko‘ra tasnifini talab qildi.


Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin