Mundаrijа kirish


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə3/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar, kartografik va boshqa birlamchi materiallar, Pop tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida, hamda rekreatsiya va turistik infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha metodik yondashuvlarni takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya tuzilishi jihatidan kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
Birinchi bob – “Pop tumanining tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif” deb nomlangan. Unda Pop tumanining geografik o‘rni, Tuman tabiiy sharoiti va resurslari ularning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.
Ikkinchi bob – “Tuman aholisi va uning joylashuvi xususiyatlari” deb nomlanib, Aholi soni ,dinamikasi va zichligi, aholisining etnik, jinsiy va yosh tarkibi, Tuman aholisini salomatligini yaxshilashga hizmat qiladigan shifobaxsh suvlari va rekretasion hududlari tahlil qilingan.
Uchinchi bob – “Pop tumani rekreatsion-turistik imkoniyatlari” iga bag‘ishlangan. Tuman aholisining ijtimoiy geografik muammolari, Pop tumani nozogeografik holati va aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolar, rekreatsion-turistik masalalari ochib berilgan
.I-BOB. POP TUMANINING GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY SHAROITI VA RESURSLARI


1.1-§. Iqtisodiy geografik o‘rni va hududiy chegaralariga
kompleks tavsif
Biron bir geografik obyektni o‘rganish va tahlil qilishdan avvalo uning geografik o‘rnini aniqlash va baholash zarur. Geografik o‘rin asosan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik o‘rin, siyosiy geografik o‘ringa ajratiladi. Geografik o‘rin: muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va, hatto, hovlining o‘ziga xosliklaridan biri ularing Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular geografik o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan tabiiy geografik o‘rin, iqtisodiy geografik o’rin va siyosiy geografik o’rin tarzida guruhlanadi.
Iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‘rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko‘ra baholanadi.
Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtisodiy aloqalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlariga bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo yo‘llari muhim omil bo‘lgan. Iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlari davr o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi, transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo‘ladi. Buni yurtimiz iqtisodiy geografik o‘rnida ro‘y bergan o‘zgarishlar misolida ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, hatto, hudud sarhadlarining qiyofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv.km. Poytaxti - Toshkent shahri. O‘zbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ajratilgan.
Shuningdek, Namangan viloyati respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining shimoli-g‘arbiy qismida, Tyanshan tog‘ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol tog‘larining yon bag‘rida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharkdan Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Farg‘ona, shimoliy va shimoli-g‘arbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sug‘d viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 2867,5 ming kishi (2021). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatobod).
Pop tumani Namangan viloyatidagi tuman hisoblanib, 1926-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. 1930-yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. IX-X asrlarda yashagan arab sayyoxlari Ibn Xordadbek va Istaxriy tomonidan bitilgan yozma manbaalarda Pop so’zi "Bob" deb tilga olingan bo’lib, bu arabcha "Darvoza" ma’nosini anglatadi. 983 yilda yozilgan noma’lum muallif qalamiga mansub "Hudud-ul-olam" ("Olam chegaralari") nomli kitobning "Movaroun-nahr viloyati va uning shaxarlari" deb nomlangan qismida "Bob" so’zi yozilib, bu o’lka shimoliy Farg’onaning savdo yo’lida joylashgan obod shaxarlaridan biri sifatida ta’riflangan.
O’zbek klassik adabiyotining namoyondalaridan biri, shoh Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur "Boburnoma" asarida «Pop qo’rg’oni» xaqida ma’lumotlar uchraydi. Uning boshlanishida "Ahsining berk qo’rg’onlaridan biri Pop qo’rg’onidur. Poplik(lar) Pop qo’rg’onini berkitib, bizga kishi yuboribturlar...» ("Boburnoma", Toshkent, 1966, 166-bet) jumlalari uchraydi. O’zbek Qomusida qadimgi Pop shaxri xozirgi Sang qishlog’i o’rnida miloddan avvalgi II va milodning III asri oralig’ida mavjud bo’lganligi qayd etiladi. Munchoqtepa topilmalari esa Pop shaxri yoxud qo’rg’oni qachon va qaerda bo’lganligini aniqlashga imkon bermoqda.
Binobarin, Pop shaxri milodning boshlarida Sirdaryoning o’ng soxilida xozirgi G’ovasoy voxasining eng so’lim joylaridan birida vujudga kelganligi ma’lum bo’lmoqda. 1987-1989 yillarda Munchoqtepadan topilgan nodir ashyolar jaxonshumul tarixiy va arxeologik axamiyatga ega bo’lib, Munchoqtepa "Buyuk ipak yo’li" xalqaro ekspeditsiyasi xaritasiga kiritildi. Tarixda "Buyuk ipak yo’li" deb nomlangan qit’alararo savdo yo’li kunchiqar mamlakatlarini kunbotar mamlakatlari bilan bog’lagan. Munchoqtepa va Balandtepadagi ilmiy-qazuv ishlari Popning bu savdo yo’lida muxim rol o’ynaganligini ko’rsatmoqda. Ko’plab ipak matolar, Xitoyning U-Shu, Kay Yuan kabi tanga chaqalari shundan dalolat beradi.
Yana Shomozor qishlog’idan o’tgan "Ulug’ Yo’l" aynan Balandtepa yaqinidan o’tgan. Andijon, Quva, Axsikentdan kelgan ipak yo’li Popda bir necha bo’lakka ajralgan. Yo’llarning biri Pungon orqali Qamchiq dovoni bilan Ohangaron vohasiga, undan Qozog’iston dashtlari bilan Rossiya tomonlarga davom etgan. Ikkinchi yo’l Asht orqali Xo’jand va Konibodom, undan Ustrushona (Jizzax) orqali So’g’d (Samarqand, Buxoro), Tohariston (Surxondaryo), undan hozirgi Afg’oniston, Eronga ketgan. Vodiyda esa Pop yirik shahar va dexqonchilik markazi sifatida gullab-yashnagan. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni istilo qilishi Pop ahlining ham ikki tomonlama ezilishga olib keldi. 1905-1907 yillarda o’z huquqlarini himoya qilmoqchi bo’lgan xalq bilan chor amaldorlari va qishloq boylari o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib o’tdi.
Tepaqo’rg’on, Qirchin, G’urumsaroy, CHodak qishloqlarida oqsoqol saylashda bunday ziddiyatlar yanada kuchaydi. Chor Rossiyasi XX asr boshlarida Farg’ona vodiysidan paxta, jun, ipak, teri, meva va boshqa xom ashyolarni markazga tashib ketish uchun temir yo’l qurilishiga zo’r bera boshladi. 1908-1912 yillarda uzunligi 84 km. bo’lgan Qo’qondan Pop orqali temir yo’l qurildi. Sirdaryoga yog’och ko’prik bunyod etildi. 1912 yil dekabrida 1-marta Namanganga Pop orqali poezd o’tdi. Pop tumani 1926 yil 26 sentyabrda Farg’ona okrugi tarki-bida tashkil topgan. 1930 yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931 yilda Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947 yildan tuman Namangan viloyati tarkibida, 1960 yil yanvaridan Farg’ona viloyati, 1967 yil dekabridan yana Namangan viloyati tarkibida bo’lib kelmoqda.
Namangan viloyatining Pop tumani Farg’ona vodiysining shimoliy, Namangan viloyatining shimoliy-g’arbiy qismida Qurama tog’ tizmalarining janubiy yonbag’ri va Sirdaryo vohasida joylashgan, maydoni 2941 kv. km. Chegarasining uzunligi 344 km. bo’lib, shimoldan janubga Chotqol, Qurama tog’ tizmalaridan markaziy Farg’ona tekisliklarigacha bo’lgan kengliklarni egallab, shimoldan Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Chust va Mingbuloq tumanlari, Farg’ona viloyatining Buvayda va Dang’ara, g’arbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo’stonliq tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi geologik aktiv zonada joylashgan.
Tuman hududida Sirdaryo, Shimoliy Farg’ona va Oxunboboev nomli kanallar, tog’oldi adirlaridan Chodaksoy, G’ovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uyg’ursoy, Tuzliksoy, O’g’rijarsoy, Selgasoy, tog’lardan Kengqulsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy, Quyundisoy, Tollisoy, Chaylisoy, Chuqursoy, Egrisoy, Quzg’untoysoy, Ko’lquygansoylar oqib o’tadi. Shuningdek, tuman hududida Qaznoq va Tavot ko’llari bor. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Tuprog’i asosan bo’ztuproq.
Tuman hududida Sirdaryo havzasining janubiy qismi 300-350 metr, havzasining shimoliy qismi 1000-1500 metr, tog’li hududlari 2500-3400 metr dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Tog’ yonbag’irlarida yontoqzorlar, olchazorlar, olmazorlar, 300 metrdan yuqorida archazorlar bor. Undan yuqorida yozgi yaylovlar mintaqasi joylashgan. Tuman hududida turli-tuman, boy flora va fauna dunyosi bor.
Pop tumani Namangan viloyati maydonining 43,8 %, aholisining 9 % ini va yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shimolidan Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, janubidan Far-g‘ona viloyatining Buvayda va Dang‘ara tumanlari, garbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlari bilan chegaradosh. Chegarasining uzunligi 344 km. bo‘lib, shimolidan janubga Chotqol, Qurama tizmalaridan Markaziy Farg‘ona tekisliklarigacha bo‘lgan kengliklarni egallaydi. Maydoni 2,94 ming km². Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), 5 shaharcha (Navba-hor, Oltinkon, Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 27,8°, yanvarniki —2°, —9°. Yillik yog‘in 120–330 mm. Tumanda tez-tez shamol bo‘lib turadi (tezligi sekundiga 1–4 m, ba’zan 24–26 m ga yetadi). Tuman hududidan Sirdaryo, Shimoliy Farg‘ona va Oxunboboyev nomidagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uyg‘ursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, tog‘lar orasidan Keng-ko‘lsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va boshqa soylar oqib o‘tadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot ko‘llari bor. Uyg‘ursoy, Chorkesar, Xalqobod) bor. Pop tumanida joylashgan kanal va soylardan qishloq xo’jaligida sug’orma dehqonchilikda foyda laniladi.


Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin