Manba:Pop tumani statistika bo‘limi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,5 % i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,5 % i - o‘simtalardan, 5,3 % i - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,1 % i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 6,2 % i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 % i - yuqumli va parazitar kasalliklaridan hamda 13,0 % i - boshqa kasalliklardan vafot etgan. Pop tumanida o’lim darajasi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida vafot etganlar soni 1 040 kishini tashkil qildi va 2020- yilning mos davriga (1 022 kishi bo‘lgan) nisbatan 18 kishiga ko‘paygan. O‘lim koyeffisiyenti mos ravishda 4,6 promille (2020- yilning mos davrida 4,6 promille) ni tashkil qilgan.
3-rasm. Aholining tabiiy harakati (kishi hisobida) Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Namangan viloyatida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 25,0 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koyeffisiyenti 8,6 promilleni tashkil etdi. Tuzilgan nikohlar soni 2020- yilning mos davriga nisbatan Namangan shaharda 0,6 taga, Pop tumanida 0,1 taga va Yangiqo‘rg‘on tumanida 0,2 mingtaga ko‘paygan.
Ajralishlar 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 3152 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koyeffisiyenti 1,1 promilleni tashkil etdi. Ajrimlar sonida 2020- yilning mos davriga nisbatan Namangan shaharda 443 taga va Chust tumanida 101 taga ko‘paygan.
Pop tumanida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlarida 1 943 ta nikohlar va 253 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olinib, 2020- yilning mos davriga nisbatan nikoh (1 810 kishi bo‘lgan) 133 kishiga, ajralishlar esa (202 kishi bo‘lgan) 51 kishiga ko‘paygan.
Tuman axolisi tez suratlar bilan o’smoqda jumladan ,1980-1990 yillarda 27 ming kishiga ko’paydi.o’rtacha ko’payishi 2.5 ming kishin tashkil
Tumaning Paxtaobot Uyg’ir qishloqlarida axoli soni bir muncha tezroq o’smoqda.