5-rasm. Pop tumanida sanoat ishlab chiqarish xajmi
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 340,9 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 % ga to‘g‘ri keldi. Jami sanoatdagi ulushi 65,4 % ni (2021- yilning yanvar- dekabr oylarida 308,2 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati 98,9 % ni) tashkil etgan.
Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
2022- yil yanvar-dekabr oylarida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
6-rasm. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 308,2 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,9 % ga to‘g‘ri keldi. Jami sanoatdagi ulushi 68,5 % ni (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 281,9 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati 107,5 % ni) tashkil etgan. Jumladan, 152,4 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 75,9 % ni, umumiy hajmdagi ulushi 49,5 % ni tashkil etdi. Shuningdek 155,8 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140,5 % ni, umumiy hajmdagi ulushi esa 50,5 % ni tashkil qildi.
7-rasm. Iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi, foizda
Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Tumanda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va uni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib borilishi, o‘z navbatida kichik biznes subektlari tomonidan sanoat mahsulotlari va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmining doimiy o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 273,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 60,8 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subektlari tomonidan 256,4 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 83,2 % ni tashkil etgan. 2021- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2002,3 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1371,2 ming so‘mni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni, shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xalq iste’moli tovarlarining o‘sish sur’ati 97,1 % ni tashkil etgan. Tumanda 2021- yilda a qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 1 873,6 mlrd. so‘mni yoki o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil etgan.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan (dastlabki hisoblash) 94 590 tonna jami don, shundan 79 242 tonna bug‘doy ishlab chiqarilgan bo‘lib, 12 022 tonna kartoshka yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga ko‘p), 63 338 tonna sabzavotlar (4,9 % ga ko‘p) yig‘ib olindi, 7 368 tonna poliz (17,9 % ga ko‘p), 17 401 tonna meva va rezavorlar (1,1 % ga ko‘p) va 3 501 tonna uzum (4,5 % ga ko‘p) yetishtirildi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda tirik vazn hisobida 11 332 tonna (2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,4 %) go‘sht yetishtirildi, jami yetishtirilgan go‘shtning 1,0 foizi fermer xo‘jaliklari, 92,6 foizi dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hisobiga va 6,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek tumanda jami 56 811 tonna sut yetishtirilgan (2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 %) bo‘lib, jami yetishtirilgan sutning 4,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 95,3 foizi dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hisobiga va 0,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Tumanda jami 50 646,0 ming dona tuxum (2020- yilning mos davriga nisbatan 102,2 %) yetishtirildi. Bunda fermer xo‘jaliklari hisobiga jami mahsulotning 4,3 %, dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hisobiga 84,6 %, qishloq xo‘jalik korxonalari hisobiga 11,1 % yetishtirilgan mahsulot to‘g‘ri kelmoqda.
Tumanda qishloq ho’jaligida dehqon chilik salmog’i katta qishloq ho’jaligi mahsulotni 80 foyizdan ortiqroq qismi dehqonchilikq qolgan qismi esa chorvachilka to’g’ri keladi.
8-rasm. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi (ishlab chiqarish umumiy hajmiga nisbatan % da)
Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning ulushi 94,3 % ni, fermer xo‘jaliklarida 4,8 % ni va qishloq xo‘jalik korxonalarida 0,9 % ni, shu jumladan sigirlar mos ravishda dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 93,1 % ni, fermer xo‘jaliklarida 6,1 % va qishloq xo‘jalik korxonalarida 0,8 % ni, qo‘y va echkilar, dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 88,0 % ni, fermer xo‘jaliklarida 9,8 % va qishloq xo‘jalik korxonalarida 2,2 % ni, otlar dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 71,9 % ni, fermer xo‘jaliklarida 27,3 % va qishloq xo‘jalik korxonalarida 0,8 % ni, parrandalar dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 59,8 % ni, fermer xo‘jaliklarida 3,1 % va qishloq xo‘jalik korxonalarida 37,1 % ni tashkil etgan.
2022- yilning 1 yanvar holatiga, fermer xo‘jaliklarida 3 271 bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 1 372 bosh sigir, 11 376 bosh qo‘y va echkilar, 177 bosh ot, 9 600 bosh parrandalar mavjud bo‘lgan. Shuningdek, tumanda 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlari fermer xo‘jaliklarida 2020- yilning mos davriga nisbatan tirik vaznda go‘sht yetishtirish 107,5 % ga, sut yetishtirish 170,8 % ga, tuxum yetishtirish 172,2 % ga, baliq ovlash 134,7 % ga o‘sganini ko‘rish mumkin.
9-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’ati, % da (2021- yil uchun)
Manba: Pop tumani statistika bo‘lim
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda jami 781,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,1 % ni tashkil etgan. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subektlarining jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushi 72,9 % ni tashkil etdi. Nisbatan pastroq o‘sish sur’atlari me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (88,0 %), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (93,6 %) kabi xizmat turlarida kuzatildi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Pop tumanida 434,5 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etgan. Shundan yirik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish montaj ishlari xajmi 69,2 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 15,9 %) kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 219,4 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 50,5 %), yakka tartibdagi uy-joy qurish sektorlari tomonidan 132,7 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 30,6 %) qurilish ishlari bajarilgan va xususiy qurilishlarning hissasi esa 13,2 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 3,0 %) tashkil etgan. Shuningdek, viloyat miqyosida bajarilgan qurilish ishlarining 7,7 % Pop tumani hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
So‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikasiya qilishda, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirish natijasida, eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishildi.Pop tumani pahta yetish tirish bo’yicha viloyatda uchinchi o’rinda turdi va qishloq ho’jaligini asosin tashkil qiladi. 10-rasm Bajarilgan qurilish ishlari tarkibi
Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 1 327,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,8 % ni tashkil qildi. Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 62,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 4,7 % ni tashkil qildi. Shundan yirik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish montaj ishlari xajmi 300,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 47,7 %) kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 191,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 30,4 %), yakka tartibdagi uy-joy qurish sektorlari tomonidan 132,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 21,0 %) qurilish ishlari bajarilgan va xususiy qurilishlarning hissasi esa 40,5 mlrd. so‘m nisbatan Shuningdek, viloyat miqyosida bajarilgan qurilish ishlarining 6,4 % Pop tumani hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |