11-rasm. Umumta’lim muassasalari soni, birlikda (2022 yil)
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi
Umumta’lim muassasalari uch turga bo‘linadi: boshlang‘ich maktablar, umumiy o‘rta maktablar va boshqalar. 2021/2022 o‘quv yili boshiga 717 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 7 ta boshlang‘ich maktablar va 6 ta boshqa muassasalar faoliyat yuritmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jami 509,5 ming, boshlang‘ich ta’lim muassasalarida 1,4 ming, boshqa muassasalarda 1,6 ming nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 2016- yilga nisbatan taqqoslaganda 115,5 ming nafarga ko‘paygani yoki 22,5 % ga oshgani kuzatildi. 2021/2022 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning umumiy soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahar (75,2 ming nafar), Chust (43,6 ming nafar) hamda To‘raqo‘g‘on tumanlarida (40,1 ming nafar) qayd etilgan bo‘lsa, boshqa hududlarga nisbatan eng kam ko‘rsatkich Yangi namangan (25,4 ming nafar) va Mingbuloq tumanlari (22,7 ming nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
12-rasm. Umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilar soni,
birlikda (2022 yil)
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi
2021- yilda Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarida 11-sinfni jami 37,0 ming nafar o‘quvchi tamomlagan. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahriga 9,4 ming nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelgan, boshqa hududlarga nisbatan past ko‘rsatkich esa Mingbuloq tumaniga ya’ni 1,7 ming nafar o‘quvchi to‘g‘ri keldi. Umumta’lim muassasalarining 9-sinfini 38,9 ming nafar o‘quvchi tamomlagan. Eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahriga (9,4 ming nafar o‘quvchi) va Chust tumaniga (3,0 ming nafar o‘quvchi) to‘g‘ri kelgan, eng past ko‘rsatkich mingbuloq (1,7 ming nafar o‘quvchi) va Norin (1,8 ming nafar o‘quvchi) viloyatiga to‘g‘ri keldi. Umumta’lim muassaslarida 2021/2022 o‘quv yili boshiga jami 38,3 ming nafar o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritmoqda, ushbu ko‘rsatkichni 2016- yilga nisbatan taqqoslaganda (2016- yil 9,3 ming nafar) 24,2% ga oshgani kuzatildi. O‘qituvchilarning 53,1 % i qishloq maktablarida, 46,9 % i shahar maktablarida faoliyat yuritmoqda.
Pop tumanidagi ijtimoiy soxalarni rivojlanishida tibbiyot soxasi ham aloxida o’rin tutadi. Bunda aholining salomatlik darajasini taminlovchi eng asosiy ko‘rsatikichi bu tibbiyot hodimlari bilan taminlanganlik darajasi va shifoxona muassaslari, amblatoriya-polikilinikalarining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichi va hizmat sifatlari bilan bog‘liqligidur. Pop tumani viloyat markazidan 40 km uzoqlikka joylashganligi bu yerda ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalarga aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda bir qancha muommolarni keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 1232 ta, Namangan viloyatida 108 ta, Pop tumanida esa 8 ta shifoxonalar joylashgan. Aholining shifoxonalarga bo‘lgan ehtiyoji esa yuqoriligicha turganini aytish mumkin. Hududlar aholi soniga qarab shifoxonalar son jihatidan farq qilishi mumkin, lekin shifoxonalarni hududlarda qay darajada muammo ekanligini aholining bir shifoxonaga to‘g‘ri kelgan soni orqali aniqlab olish mumkin.
Har bir shifoxonaga tashrif buyuruvchilarning son jihatidan farqlanadi, aksariyat aholi shifoxonlar emas balki uy shaharoitida ham davolanishini hohlaydi. Shifoxonalarga to‘g‘ri kelgan aholi soni respublika ko‘rsatkichi 28051,1 kishi to‘g‘ri keladi. Bir shifoxonaga to‘g‘ri kelgan aholi soni bo‘yicha, Namangan viloyati 26550,9 kishi, Pop tumaniga esa 28362.5 kishi to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |