Mundarija kirish


O‘rta qiymat haqidagi teoremalar



Yüklə 333,95 Kb.
səhifə2/11
tarix15.04.2023
ölçüsü333,95 Kb.
#98645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-§. O‘rta qiymat haqidagi teoremalar

O‘rta qiymat haqidagi teoremalar

Matematik analiz kursida o‘rganiladigan asosiy va amaliy masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalar sinflaridan (to‘plamlaridan) biri-bu uzluksiz funksiyalar sinfi hisoblanadi. Oldingi bobda biz differensiallanuvchi funksiyalar sinfi uzluksiz funksiyalar sinfining qismi bo‘lishini ko‘rsatgan edik. Differensiallanuvchi funksiyalar o‘ziga xos ahamiyatga ega, chunki ko‘pgina tatbiqiy masalalarni yechish hosilasi mavjud funksiyalarni o‘rganishga keltiriladi. Bunday funksiyalar ba’zi bir umumiy xossalarga ega. Bu xossalar ichida o‘rta qiymat haqidagi teoremalar nomi bilan birlashgan teoremalar alohida ahamiyatga ega. Ushbu teoremalar [a;b] kesmada o‘rganilayotgan funksiya uchun u yoki bu xossaga ega bo‘lgan [a;b] kesmaga tegishli s nuqtaning mavjudligini ta’kidlaydi.


Ferma teoremasi. Agar f(x) funksiya (a,b) oraliqda aniqlangan va biror ichki c nuqtada eng katta (eng kichik) qiymatga erishsa va shu nuqtada chekli f’(c) hosila mavjud bo‘lsa, u holda f’(c)=0 bo‘ladi.
Isbot.f(c) funksiyaning eng katta qiymati bo‘lsin, ya’ni x(a;b) da f(x) ≤ f(c) tengsizlik o‘rinli bo‘lsin. Shartga ko‘ra bu s nuqtada chekli f’(c) hosila mavjud.
Ravshanki,

Ammo x bo‘lganda va x>s bo‘lganda bo‘lishidan f’(c)=0 ekani kelib chiqadi.
Eng kichik qiymat holi shunga o‘xshash isbotlanadi.
F erma teoremasi sodda geometrik ma’noga ega. U f(x) funksiya grafigiga (c;f(c)) nuqtada o‘tkazilgan urinmaning Ox o‘qiga paralell bo‘lishini ifodalaydi ( 1-chizma).
1- chizma
Eslatma. Ichki s nuqtada f’(s)=0 bo‘lsa ham bu nuqtada f(x) funksiya eng katta (eng kichik) qiymatni qabul qilmasligi mumkin. Masalan, f(x)=2x3-1, x(-1;1) da berilgan bo‘lsin. Bu funksiya uchun f’(0)=0 bo‘ladi, lekin f(0)=-1 funksiyaning (-1;1) dagi eng katta yoki eng
kichik qiymati bo‘lmaydi.

Yüklə 333,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin