Mundarija


Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida



Yüklə 223 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü223 Kb.
#37707
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi 1

Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida


O`zbekiston Respublikasi milliy iqtisodining ijtimoiy-yo`nalti-rilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodi tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob`ektiv jarayoni hamda zarur bo`lgan axborotlarni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta`lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bilan bog`liq.

Axborot texnologiyalarining hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. «Elektron ta`lim», «Elektron hukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy ta`lim», «Ochiq ta`lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi.

Respublikamiz milliy iqtisodi tarmoqlariga axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida» Qonuni, «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida olib borilmoqda. YUqorida keltirilgan Prezidentimiz Farmonlarida «...real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta`lim sohalarida komp`yuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy komp`yuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo`lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish» belgilab ko`yilgan [5].

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga asoslangan axborotlashgan jamiyatda xalqaro miqyosdagi ishlab chiqarish jarayonlari, ijtimoiy-iq-tisodiy xo`jalik masalalari, ko`pgina mikro- hamda makroxo`jalik aloqalar, zamonaviy tsivilizatsiya rivojlanishi va boshqalar o`z aksini topadi. YA`ni, axborotlashgan jamiyatni barpo etmasdan turib ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi islohatlarni, fan va madaniyat rivojini, milliy iqtisodni yuksaltirishni, shuningdek, oqilona halqaro iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish borasidagi masalalarni amalga oshirib bo`lmaydi.

O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish» to`g`risida Qonun qa-bul qilindi. Ushbu Qonunda quyidagilar asosiy vazifalardan qilib quyidagi-lar belgilab qo`yilgan: axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratish; har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konsti-tutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta`minlash; davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizim-lari asosida O`zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`i-dan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o`zaro aloqada ishlashini ta`minlash; axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarili-shini t ashkil etish; axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozo-rini shakllantirishga ko`maklashish; dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag`-batlantirish; tadbirkorlikni qullab-quvvatlash va rag`batlantirish, investitsiya-larni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqi-qotlarni rag`batlantirish.

Bozor iqtisodiyotining takomillashib borishi turli tadbirkorlik sha-kllarining vujudga kelishiga sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborotkommunikatsiyalar biznesini shakllantirish va taraq-qiy ettirishga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Axborot faoliyati - bu milliy iqtisod sohasi bo`lib, axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va qayta ishlab iste`molchilarning bu boradagi talabini qondirish bilan shug`ullanayogan tadbirkorlikning bir shaklidir. Axborotkommunikatsiyalar texnologiyalari bozorining mamlakat milliy iqtisodida nufuzli o`rinni egallab borayotganligini inobatgan olib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, komp`yuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to`likroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan baxramand bo`lishni kengaytirish uchun qulay shartsharoitlarni yaratish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo`yildi: zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma`lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmat;larining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o`tish;


  • real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta`lim sohalarida komp`yuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy komp`yuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo`lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o`quv yurtlarining ta`lim jarayoniga zamonaviy komp`yuter va axborot texnologiyalarini egallashga xamda ularni faol qo`llanishga asoslangan ilg`or ta`lim tizimlarini kiritish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma`lumotlarning axborot bazaparini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoklarini shakl-lantirish, komp`yuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish; IR sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish:

  • axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergentsiyasini nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan ko`chma aloqa, IR texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma`lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish; milliy va xalqaro axborot tarmoklariga g`oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta`minlash; sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni

rag`batlantirishning samarali mexanizmini yaratish; mahalliy komp`yuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga ko`maklashish.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari to`g`risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror yuqoridagi me`yoriy xujjatlarni amaliyotga tadbiq etishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda komp`yuter va axborot texnologiyalari, telekommunika-tsiyalar tarmoqlarini, ma`lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o`rinlarga chiqmoqda. Bu borada respublikamiz fani ham katta tajribaga egadir. Mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarining ischil olib borilishida O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi «Informatika»(oldingi Kibernetika) institutining xissasi juda kattadir [44].

O`zbekistonda kibernetika faniga 1956 yili O`zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo`limi tashkil qilingan kundan boshlab asos solingan. Akademiklar X.M. Abdullaev, M.T. O`rozboev va V.A. Bugaevlar fanning ushbu muhim yo`nalishining tashkilotchilari bo`lganlar. 1959 yilda hisoblash texnikasi bo`limida yuzga yaqin xodimlar ishlaganlar. Bu vaqtda O`rta Osiyoda birinchi bo`lib «Ural-1» EHMi ishga tushirilgan va bo`lim V.P.CHkalov nomli aviatsiya zavodida rejali hisoblarni boshlagan edi. Aviatsiya birlashmasi Fanlar akademiyasi (FA) ko`magida qudratli hisoblash markaziga ega bo`lgan. Keyinchalik xuddi shunday ishlar Toshkent kabel zavodida va boshqa korxonalarda ham amalga oshirildi.

1966 yilda Hisoblash markazli (HM) Kibernetika instituti tashkil qilindi, 1969 yilda o`sha vaqt uchun qudratli hisoblangan ikkita M-20 rusumidagi EHMli mashinalar bilan jihozlangan. Bir necha yil ichida vazirlik va idoralarning tarmoqli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT)da texnik topshiriqlar tuzildi, Axborot hisoblash markazi (AHM) tarmoqlarini tashkil qilish boshlandi.

Bu ishlar keyinchalik, 1973 yilda O`zbekiston Respublikasining rahbariyatini «Respublikada ABT ishlab chiqish (RABT) va O`zbekiston xalq xo`jaligiga joriy qilish haqida» qaror qabul qilishiga asos bo`ldi va O`zR FAdan RABT bo`yicha HM Kibernetika instituti bosh tashkilot qilib tayinlandi. SHu munosabat bilan 1978 yilda

O`zR FA HM Kibernetika instituti Fanlar Akademiyasi hayotida birinchi bo`lib

O`zbek «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.

Yillar davomida birlashma negizida, uning faol ishtirokida yuzlab EHMlar bilan jihozlangan yuzdan ortiq AHM va ko`plab ABTlar yaratiddi. 1979 yilda RABT birinchi navbati, 1985 yilda esa ikkinchi navbati topshirildi.

Birlashmada 800 ga yaqin fan nomzodlari, 100 dan ortiq fan doktorlari tayyorlangan va ular AHMlarida ishlashadi. Institut oliy o`quv yurtlarida kibernetika yo`nalishi bo`yicha beshta fakul`tetlarni tashkil qilishda faol ishtirok etgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi «Axborot texnologiyalari va menejment» (dastlabki nomi «Iqtisodiy kibernetika») fakul`teti shular jumlasidandir.

Hozirda birlashma «Zamonaviy informatsion texnologiyalar» ilmiy-texnikaviy markaziga aylantirilgan va unda zamonaviy kibernetikaning ko`p sohalari bo`yicha izchil izlanishlar olib borilmoqda.

Hisoblash usullarini ishlab chiqish va hisoblash tajriba-larini EHMda o`tkazish zamonaviy kibernetika masalalarini echishning nazariy asosi hisoblanadi. Bu yo`nalish Kibernetika institutiga asos solingan kundan boshlab rivojlantirib kelinmoqda. Hozirgi kunda bu ishlar akademiklar F.B.Abutaliev, B.A.Bondarenko,

T.Bo`riev hamda professor SH.A.Nazirov rahbarligidagi ilmiy maktablar tomonidan olib borilmoqda.

Akademik F.B.Abutaliev rahbarligida atmosfera jarayonlariga oid keng miqyosli tajribalar olib borildi. Orol dengizining qurigan qismidan tuz va changni tarqalishini tadqiqot qilish uchun matematik modellar yaratildi va hisoblash tajribalari o`tkazildi.

Akademik B.A.Bondarenko rahbarligida va uning shogirdlarining faol ishtirokida matematik fizikaning polichiziqli differentsial tenglamalari nazariyasining asoslari yaratildi.

Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi masalalarini algoritm-lash va murakkab inshootlar hisobini EHMda bajarish usullari akademik T.Bo`riev va professor ІІІ.X.Nazirovlar rahbarligida ishlab chiqildi va davom ettirilmoqda.

Qayishuvchanlik (plastiklik) nazariyasi masalalarini echish jarayoni-ning eksperimental tadqiqotlar qismini avtomatlashtirish sohasidagi ishlar professor K.SH. Bobomurotov rahbarligida amalga oshirildi.

Gaz va neft` konlarini topish, gazni uzatish va qayta ishlov berishni ishlab chiqish va gaz taqsimlash tizimlarini loyihalash katta xalq xo`jaligi axamiyatiga ega bo`lgan ishlardir. Kibernetika institutida bu yo`nalishlar bo`yicha ilmiy tadqiqotlar 1960 yillarning boshlarida sobiq Ittifoqning gaz sanoati vazirligi buyurtmasiga ko`ra boshlangan edi. Gaz va neft` kon-larini loyihalash va ishlatish masalalarini hal qilishning nazariy va uslubiy asoslari, yirik gaz konlari va magistral gaz yo`llari tizimlari-ning gazodinamik va gazotermodinamik ko`rsatkichlarini hisoblash algoritm-lari va dasturlari ishlab chiqildi. Bu ishlarda F.B.Abutaliev, R.Sadullaev, N.Muxitdinov, I.Alimov va institutning boshqa xodimlari ishtirok etdilar. Olingan natijalar o`sha vaqtdagi «Gazli», «Urengoy», «Severniy Urtabulak» kabi neft` va gaz konlarining katta loyihalariga hamda «Severnoe Siyanie-tsentr», «Srednyaya Aziyatsentr», «Buxoro-Ural» magistral gaz yo`llari loyihalarini ishlab chiqishga asos bo`ldi.

Tadqiqotlar asosida seysmologik kuzatishlarni qayta ishlashning das-turiy vositalari majmuasi, CHorvoq GESdagi kuzatishlarning avtomatlashti-rilgan tizimi, O`rta Osiyo va Qozog`iston hududlarida seysmik xatarni ol-dindan bashoratlash masalalarini echishni avtomatlashtirish uchun seysmo-logik ma`lumotlar banki ishlab chiqildi va tatbiq qilindi. Barcha seysmo-logiya sohasiga oid ishlar E.V. Kvashin rahbarligida va institut xodimlari N.K.Ubaydullaev, IA.Davidov, U.G.Tilaboldiev va boshqalar tomonidan bajarildi.

Xorijiy nashrlarda baxolarni hisoblash algoritmlar sinfi deb nom-langan yangi sinfdagi idroklash algoritmlari nazariyasi akademik M.M. Komilov raxbarligida yaratildi. Bu sinfdagi algoritmlar uchun matematik ta`minot sifatida texnologiya (E.M.Aliev), tibbiyot (F.T.Odilova) va geologiyaning (M.X.Teshaboeva) amaliy masalalarini echishda keng qo`llanib kelingan «PRASK» va «KANON»

(V.Buzurxonov, N.Kim, R.A.Lutfullaev) dasturiy komplekslari yaratiddi.

Tasvirlarni idroklash nazariyasining rivojlanishi, belgilarning bog`-liqligini tahlil qilishga asoslangan idroklash algoritmlarini algebralash bilan bog`liq bo`lib, baholarni hisoblash algoritmlari sinfining mustaqil butog`ini hosil qiluvchi idroklash algoritmlarining algebraik nazariyasini qurish imkonini berdi (SH.X.Fozilov).

EHMda tasvir aniqligini oshirish sub`ektivizmni yo`qotish, oddiy ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydigan xususiyatlarni ajratish va har xil soha mutaxas-sislarining ishini engillashtirish, ayrim xollarda esa qayta ishlash jara-yoni bosqichlarini to`liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Buning uchun tasvirni tahlil qilish jarayonini shakllantirish va texnik vositalarni yaratish kerak.

Biologik muammolarni hal qilishni rivojlantirish uchun hujayra darajasida hayvon va o`simlik organizmlarini imitatsiya qiluvchi matematik modellar ishlab chiqildi. O`simliklar rivojlanishining hujayrali modeli qurildi, o`simlikda vilt kasalligini chaqiruvchi paxta va zamburug` simbiozi mexanizmlari aniqlandi (B.N. Xidirov, M.Saydalieva).

Tibbiy kibernetikada fundamental natijalar olindi. YUrak-qon tomir tizimi va yurakning sun`iy tizimini o`zaro aloqasining matematik modeli o`rganildi (F.T.Odilova).

Tibbiyot muassasalarida bir qator yuqumli kasalliklarning rivoj-lanishini bashoratlash va tashxislashning jamoaviy qaror qabul qilish kon-tseptsiyasini joriy qilishning modellari muvaffaqiyatli aprobatsidan o`tgan (X.Z.Ikromova). YAngi yo`nalish oftalmologik kibernetika kelib chiqdi, ko`-rish tizimi tuzilmasiga chuqur kirib borish va oftalmologik axborotlarni avtomatlashtirish tizimini tashkil qilish imkoniyati paydo bo`ldi (X.M.Komilov).

Qand kasalligi bilan og`rigan bemorlarda utlevod va yog` metabolizmi-ning asosiy ko`rsatkichlarini biparametrik boshqarishning algoritmlari va modellari ishlab chiqildi va tadqiq qilindi (B.U.Allamiyarov).

Davriy ravishda o`zgaruvchan biologik tizimlarni rivojlanishining dis-kret matematik modellari tuzildi va tadqiq qilindi, ekologik tizimlarni uzluksiz modellarini qurishda yangi yondashuv tavsiya qilindi (O.Mahmudov). Biologik tadqiqotlar asosida mushakdagi murakkab fazoviy harakatlarni boshqarish mexanizmi ishlab chiqilgan va nerv-mushak kasalliklarini tash-xislash uchun amaliy tavsiyalar beriddi. Ko`p miqdordagi bo`g`im qisqarish-lari va elektromiogrammalarini olish, qayta ishlashning avtomatlashti-rilgan tizimi yaratildi

(X.A.To`raxonov, R.M.Normatov). Nazariy asoslangan «Immunalogik reaktsiyalar ekspress analizatori» asbobi ishlab chiqildi (X.V.To`raxonov, N.YU.Kocherovskaya).

Axborot nazariyasi axborot tizimlarini maqbullash bilan bog`liq bo`-lib, O`zbekistonda ma`lumotlarni uzatish tizimlari va hisoblash tarmoqla-rini ishlab chiqish bo`yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar natijasida ma`lumotlarni uzatish tizimlari uchun maqbul qabul qilish nazariyasi pro-fessorlar T.A.Valiev va Z.T.Odilova rahbarligida ishlab chiqildi.

Elektr uzatish tarmoqlari va chaqmoqdan himoyalangan troslardan ma`lumotlarni uzatish bo`yicha kompleks tadqiqotlar olib borildi. Ulardan ma`-lumotlarni uzatish tizimlari ishlab chiqildi va ABTda axborot almashinuvi bo`yicha tavsiyalar berildi (T.A.Valiev, SH.A. Zargarov).

Modellashtirish asosida respublika xalq xo`jaligini boshqarishning har tomonlama avtomatlashtirish tizimi qoshida texnik baza qurish usuli (respublika HM tarmog`i, jamoaviy foydalanish HM, respublika ma`lumot-larni uzatish tizimi, axborot almashinuvi algoritmlari) ishlab chiqildi (Z.T.Odilova, SHA.Zargarov).

Akademik J.A.Abdullaev rahbarligida tezkor texnik axborotni qayta ishlash va uzatish muammolari bo`yicha tadqiqotlar olib borildi.

Televizion tasvirlarni qayta ishlash muammolari bo`yicha tadqiqotlar professor R.M.Otaxonov rahbarligida olib borilmoqda. Loyixalanadigan televizion kanallarning o`tkazuvchanlik xususiyatlari samaradorligini va tasvir sifatini oshirilishini ta`minlovchi video-axborotni qayta ishlovchi analog, sonli va adaptiv usullari yaratildi. R.M.Otaxonov rahbarligida laboratoriya xodimlarining olgan ilmiy natijalari ilk bor kosmonav-tikada qo`llanilib, «Salyut-Soyuz» orbita kosmik majmuasida «Zemlya-Bort» yo`nalishi bo`yicha rangli tasvirni qabul qilishni ta`minlagan. YAratilgan murakkab apparatli boshqaruv tizimlari usuli asosida zamonaviy teleuzatish tizimlari imkoniyatlarini oshiruvchi apparat qurilmalari ishlab chiqilgan.

Akademik T.F.Bekmurotov, professor T.M.Mag`rupov rahbarliklari ostida «Kibernetika» IICHBda hisoblash texnikasi vositalarini yaratish va rivojlantirish ishlari olib borildi. YUqori darajadagi tarh ko`rinishidan apparatura darajasigacha bo`lgan mikroelektronika qismlari va hisoblash texnikasi vositalarini bevosita loyihalashning avtomatlashtirish naza-riyasi yaratildi. Loyihalashning muloqotli intellektual tizimining kontsep-tual, uslubiy, algoritmlik asoslari va. matematik ta`minotini tashkil qiluvchi usullar ishlab chiqildi (T.M.Mag`rupov).

Dinamik imtiyozni hisobga olgan holda markazlashgan va kombinatsiya-langan dispetcherlash masalalari rejalarida muammoga moslashtirilgan ko`p mashinali hisoblash majmuasi modellari va algoritmlari qurildi (T.F. Bekmurotov, I.Po`latov, A.Inoyatov). Mikroelektron va mikroprotsessorli qurilmalarning tashxisli testlarini loyihalash va funktsional sintezni avtomatlashtirish, parallel modellashtirish usullari va dasturlari hamda qarshiliklarga chidamli tizimlarning ishonch ko`rsatkichlarini oshirish va baholash algoritmlari ishlab chiqildi (T.F.Bekmurotov, S.Ikromov, M.K. Orifjonov).

Eng yirik va fundamental muammo bu mashinasozlik, kimyo, energe-tika, metallurgiya va paxta tozalash sanoatlarida, qishloq xo`jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hisoblanib kelingan. Mashinasozlik sanoa-tida har tomonlama avtomatlashtirish va robotlashtirish uchun metallarga ishlov berish bilan shakl paydo qilish jarayonlarini modellashtirish va boshqarish usullari ishlab chiqildi. Metallga ishlov berish dastgohining epchil ishlab chiqarish tizimida detallar chiqarish tartibini baholash va materiallar oqimining maqbul jadvalini tanlash imkonini beruvchi imitatsion modellari tuzildi (N.A.Mo`minov, B.M. Ismoilov, 3.3.

SHamsiev, Z.Madrahimov, A.R.Ro`ziqulov).

Paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashdagi asosiy texnologik jarayonlarni boshqarishning matematik modellari va avtomatlashtirilgan tizimlari ishlab chiqildi

(Z.M.Solihov, H.Z.Egamberdiev, N. Kamolov, A.I.G`ulomov, M.Usmonova va boshqalar).

Paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o`tqazishning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqildi (M.R.Daminov, M.H.Mirsobirov, B.MAzimov). Hozirgi vaqtda murakkab texnik va texnologik tizimlarni tashxislash jarayonlarini hisoblash tajribalariga asoslangan modellashtirish va maqbul boshqarish usullari ishlab chiqilmoqda (Z.M.Solihov, B.M.Azimov).

Freymga mos kelishga asoslangan mashinasozlikda bilimlar bazasi, muloqot interfeysi va konstruktorli texnologik vazifalarning ekspert (tafakkurli) tizimlari, lokal hisoblash tarmoqlari, bo`laklangan qayta ishlash va boshqarish tizimlari g`oyalariga asoslangan, murakkab texnik tizimlarda qaror qabul qidish faoliyatining moslashuv-chanligini amalga oshiruvchi mashinasozlikda yangi axborot texnologiyasi yaratildi (T.S.Nusratov, M.A.Rahmatullaev).

O`zbekiston turli xil qimmatli er osti qazilma boyliklariga ega. Ko`mir qazilmalari va metallarni qazib olish uchun katta tog`-metallurgiya korxonalari qurilgan. UzR FA «Kibernetika» IICHB 40 yilga yaqin bu sohani avtomatlashtirish, loyihalash, rejalashtirish va boshqarishda izlanishlar va tadqiqotlar olib bordi (I.B.Tabakman, E.M.Aliev, S.Rizaev va boshqalar).

Biokimyo ishlab chiqarishining ko`p bosqichli texnologik jarayonlari uchun matematik modellar va algoritmlar tavsiya qilingan. Bu modellar yordamida fizikkimyoviy va biologik xususiyatlarni hisobga olgan holda jarayonlarni boshqarish tizimlari qurildi. Biokimyo ishlab chiqarishni tashkiliy, iqtisodiy va texnologik jarayonlarini boshqarishning ko`p bosqichli shajaraviy tizimlari ishlab chiqildi (K.A.Axmetov, E.M.YOqubov, M.X.Ismoilov).

Ko`p yillar davomida Kibernetika institutida uy-joy qurilishini loyihalashning turli bosqichlarida modellashtirish, rejalashtirish va optimallashtirishning integrallashgan tizimini yaratish bo`yicha nazariy asoslar va usullar ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda (X.R.Jumaboev, U.A.Nabiev, A.SH.Daliev, N.Mardiev).

Iqtisodiy tizimlarni tadqiq qilishda iqtisodiy matematika usul-larini va hisoblash texnikasi vositalarini qo`llash sohasida algoritmik usullarga asoslangan, respublika iqtisodini EHM tarmog`i asosida har tomonlama boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi RABT kabi yangi nazariy kontseptsiya va katta tashkiliy tizimlarni yaratish metodologiyasi ishlab chiqildi (M.I.Ermatov, A.Abdug`afforov, D.N.Axmedov, X.S.Lutfullaev).

Regional tarzda migratsiya jarayonlarining imitatsion modeli va ishchi kuchi resurslarining balansi modellari yaratilgan (N.S.Aliqoriev).

Qishloq xo`jaligi korxonalarida loyixalashtirishning maqbullash-tirish modellari majmualari va ishlab chiqarishni rejalashtirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini va oziqalarini tayyorlash va qayta ishlash modellari yaratildi (S.Ortiqova, B.Berkinov, B.Mahmudov).

«Mikroskop-EHM» avtomatlashtirilgan majmuasi yaratildi va uning yordamida xo`jalik uchun ahamiyatli bo`lgan xossalarni aniqlovchi paxta mikrostrukturasining miqdoriy ko`rinishlari olindi (X.Z.Tursunov). Paxta etishtirishning nazariy va amaliy asoslari hamda erning shamol eroziyasiga uchrashining matematik modeli ishlab chiqildi (M.Ziyoxo`jaev, M.Usmonova).

Respublika kapital qurilishini rejalashtirish va boshqarish model-lari va usullari, regional qurmlmsh majmuasini boshqarishning imitatsion tizimi, pudratli ishlab chiqarish rejalarini tashkil qilishning ko`p bosqichli imitatsion tizimi, kapital qurilish tashkilotlarini tashkil qilish va kapital mablag`larni taqsimlash modellari yaratildi (R.A.Ubaydullaev).

Transport tizimlarini rejalashtirish va taxlil qilishning maqbul modellari hamda temir yo`l transportida rejalashtirish va boshqarish masalalari echimini maqbullash muhim tadqiqotlar qatoriga kiradi (T.A.Qodirov, I.X.Ubaydullaev).

Tutash muhitlar mexanikasida (TMM) algoritmlashtirish nazariyasining asoslari 60-yillarda ishlab chiqilgan. Algoritmlashtirish bo`yicha chuqur tadqiqotlar natijasida hozirgi kunda yangi ilmiy yo`nalish - algoritmik kibernetika yaratildi. Bu nazariya asosida kerakli natijalarni olish uchun turli ob`ektlarni matematik diskret modellarini qurishdan boshlab, sonli-analitik usullar tanloviga qadar masalalarni echish uchun EHM zimmasiga asosiy ishni yuklovchi mashina algoritmining umumiy uslubini shakllanti-rish va ishlab chiqish yotadi. Buni amalga oshirish uchun insonning ijodiy mehnati shakllantiriladi va turli ob`ektlarni tadqiqot jarayoni teskari aloqali ettita bosqichli kibernetik zanjirni tashkil etadi: tajriba-qonunlar-masalalar-matematik modellar-algoritmlar-dasturiy ta`minot-hisoblash eksperimenti.

Algoritmlash bosqichlari amalga oshirilganda u oltita asosiy (ma`-lumotlar, qonunlar, xossalar, modellar, algoritmlar, amaliy dasturlar) va ikkita yordamchi (qo`yilish va operatsion) algoritmik banklar orqali bajariladi. Har bir AB ikkita axborot va operatsion qismdan iborat.

TMMda algoritmlashda keyingi tadqiqotlar zamonaviy EHMda das-turiy ta`minotning kompleksini yaratish, keng sinf masalalarini echish, algoritmlarini qurish bilan bog`liq. Bugungi kunda bu yo`nalish fanning turli sohalarida o`zining keng rivojini topgan. Mashinasozlik, tibbiyot va biologik sistemalar, iqtisodiyot, mexanika va boshqa sohalarga VA.Tolok, T.Bo`riev, F.Badalov, K.Bobomurotov, V.Buzurxonov, B.Qurmanbaev, N.Muxitdinov, SH.A.Nazirov, I.Alimov va boshqa olimlarning mehnatlari singan.

Algoritmlash nazariyasining amalga oshirilishi birinchi bo`lib V.A.Tolok tomonidan bajarilgan va EHMda tsilindrik qobiqlarning tenglamalarini echish va chiqarish sxemasi ishlab chiqilgan. Uning tomo-nidan M-20 EHMda mashina kodida amalga oshirilgan maxsus til tavsiya qilingan. Ushbu yo`nalish bo`yicha akademik T.Bo`riev deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi masalalarini echishda algoritmlash usullarini ishlab chiqqan.

Fil`tratsiya nazariyasining masalalarini algoritmlash N.Muxitdinov va I.Alimov rahbarliklari ostida bajarildi. Ular tomonidan fil`tratsiya nazariyasining differentsial tenglamalarini chiqarishning algoritmik tizimi va parabolik tipdagi tenglamalar uchun yangi algoritmlar yaratilgan va tenglamalarni tuzish avtomatlashtirilgan. Natijada ikki va uch o`lchovli fil`tratsiya masalalarini echishni avtomatlashtirishning amaliy dasturlash paketi (ADP) yaratilgan. U asosida suyuqlik va gaz fil`tratsiyasi masalasi echilgan. Masalalarni echishning barcha bosqichlarida EHMdan foydalanish-ning tafakkurli algoritmik tizimlarini yaratish talab qilinadi. Bu yo`nalish bo`yicha ishlar V.Buzurxonov va uning shogirdlari tomonidan bajarilgan.

Bikrlik, bikr-qayishuvchi, bikr-qovushqoqlik nazariyalarining uch o`lchovli masalalarini Vlasov-Kontarovich, Filonenko-Borodichlarning va chekli elementlar usullari asosida echishni algoritmlash ishlari B. Qurmanbaev va uning shogirdlari tomonidan olib borilgan.

SH.A.Nazirov va uning shogirdlarining ishlarida barcha AB asosida ishlaydigan, dasturiy ta`minotga ega TMM keng sinf masalalarini echishga mo`ljallangan algoritmik tizim yaratish g`oyasi yotadi. Bu erda TMM masalalariga oid ABning tarkibi va tuzilishi aniqlangan. Algoritmik tizim uchun dastlabki ma`lumot SH.A.Nazirov tomonidan ishlab chiqilgan muammoga moslashtirilgan tilda berildi. Algoritmik tizim Turbo-Paskal 7.0 dasturlash tilida Delphi-4 dasturlash tizimida MS DOS muxitida amalga oshirilgan.

O`z-o`zidan ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot tizimlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bank tizimlarini har tomonlama avtomatlashtirish bo`yicha sezilarli ishlar qilindi. «Fido-biznes» jamiyatida respublika davlat banki buyurtmasi bo`yicha oxirgi bosqichlarni loyihalash ishlari T.Dadajonov rahbarligida olib borilmoqda. Tarmoqli axborot tizimlarini yaratish sohasida tog`-kon metallurgiya, neft` va gaz, kimyo, energetika va mashinasozlik sanoatlarida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Texnologik jarayonlar avtomatlashtirilmoqda, ijtimoiy-iqtisodii va moliyavii muammolar hal qilinmoqda. Neft` va gaz tarmog`ida loyihalash ishlarini «Algoritminjenering» instituti O.M.Nabiev rahbarligida bajarilmoqda.

Qishloq xo`jaligi tarmog`ida axborot tizimlarini yaratish muhim o`rinni egallab kelgan. Kibernetika institutida ekin ekiladigan maydonlarni maqbul tarkibini aniqlash, agrosanoat majmuasida makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha milliy hisob raqamida paxtachilik uchun ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini modellashtirish hamda ipakchilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini tanlash bo`yicha aniq natijalar olindi (S.Ortiqova).

Hududiy masalalarga keladigan bo`lsak, ular mahalladan boshlanib, so`ng tuman, shahar va respublika viloyatlariga chiqishi kerak. Aynan ushbu tizimda aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy muammolari o`z echimini topadi. Bunga bozor sharoitida aholining ish bilan ta`minlanganligi, yashash sharoiti etarliligi masalalari kiradi.

Hozirgi kunda respublikada demografiya, ish bilan ta`minlanish va sog`liqni saqlash sohalarida axborot tizimlarini yaratish bo`yicha ma`lum tajribalar to`plangan. 2001-2005 yillardagi axborot-lashtirish dasturida boshqa axborot tizimlari bilan o`zaro bog`lanishni ta`minlovchi axborot markazlarini, hududiy tizimlarni bosqichma-bosqich qurish nazarda tutilgan. Ma`lum natijalar shahar qurilishi muammolarini komp`yuterlashtirishda investitsiya masalalarida ham olingan. Axborot tizimlarini loyihalashda bozor iqtisodiga o`tish sharoitlarini hisobga olish lozim.

Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va axborot texnologiyalari bo`yicha mutaxassislar etishib chiqishmoqda, undan tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo`yicha ma`lum bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta xissa qo`shish mumkin bo`ladi. Axborotkommunikatsiyalar texnologiyalarining texnik qismini respublikamizda ishlab chiqarish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish talab qilinadi, bu esa ham vaqt ham iqtisodiy jihatda maqsadga muvofiq emasdir. SHuning uchun ham biz asosan e`tiborimizni dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarib avvalom bor o`zimizning ichki talabimizni qondirishimiz va undan keyin eksportga yo`naltirishimiz lozimdir.

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini maktabda ta`lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy ravishda o`qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o`quvchilar ko`nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talabalari uchun maxsus davlat tilidagi mul`timedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir. Uchinchi bosqichda, oliy o`quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo`ladi. Bundan tashqari, ta`limning barcha bosqichlarida pilot loyihalarni o`tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim; o`quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo`lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to`liq moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta`lim resurslarini qamrab olgan yagona ma`lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta`limni axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul qilish kerakdir.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Axborot texnologiyalari va menejment» fakul`tetida ham axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari sohasida ilmiy maktablar yaratilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori professor S.S.G`ulomov rahbarligi ostida iqtisodiy axborot tizimlari, iqtisodiy informatikaning turli vositalarini milliy iqtisodning turli sohalariga samarali va optimal joriy qilish bo`yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bu borada axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini marketing, menejment, bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va boshqa masalalarini echishda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda joriy qilish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlar qilinmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo`yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda bu ilmiy maktab a`zolari elektron o`quv adabiyotlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish borasida katta yutuqlarga erishishmoqda. Elektron o`quv adabiyotlarining o`quv jarayoniga keng ko`lamda qo`llanilishi ta`lim sifatini yuksaltirishda asosiy omillardan hisoblanadi.

TDIUda «Informatika va axborot texnologiyalari», «Iqtisodiyot (iq-tisodiyotda axborot tizimlari)» ta`lim yo`nalishlari va magistraturada «Iqtisodiyotda axborot tizimlari», «Iqtisodiy kibernetika» mutaxassisliklari bo`yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Elektron o`quv nashrlarni tayyorlashda ularning intellektual imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o`quv jarayonida qo`llash muammolariga bog`lab tanlanilmoqda, chunki bu sohadagi yutuqlardan ko`ra, o`z echimini topmagan muammolar etarlidir.



  1. Yüklə 223 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin