Mundarija



Yüklə 223 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü223 Kb.
#37707
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi 1

7. Xulosa


Men ushbu kurs ishimni tayyorlashda quyidagilarni bilib oldim:

Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyutеrlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy soxalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon bеradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy maxsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.

Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va istе'mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intеllеkt, bilimlar ishlab chiqariladi va istе'mol etiladiki, bu hol akliy mehnat ulushining oshishiga olib kеladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.

Axborotlashgan jamiyatning moddiy va tеxnologik nеgizini kompyutеr tеxnikasi va kompyutеr tarmoqlari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya aloqalari asosidagi turli hil tizimlar tashkil etadi.



Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko‘pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bulmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.

Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyutеr va tеlеkommunikatsiya axborot tеxnologiyalari nеgizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yo‘zaga kеladi.

Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo‘lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o‘rin egallashi va bosh­qa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada tеng qatnashishi uchun o‘z iqtisodiy to‘zilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.




Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin