Mundarija


Axborot qarama-qarshiliklari va urushlari



Yüklə 223 Kb.
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü223 Kb.
#37707
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi 1

Axborot qarama-qarshiliklari va urushlari


Insoniyat tarixida ko’p sonli davlatlararo, dinlararo, millatlararo qarama-qarshiliklar bo’lgan.Afsuski, zamonaviy jamiyat ham ushbu qusurdan holi emas. Axborotlashgan jamiyatlarda qarama-qarshiliklarning an’anaviy turlariga yangi axborot texnologiyalari vositasida vujudga kelgan turlari qo’shildi.”Axborot qarama-qarshiligi” tushunchasi 80-yilar o’rtalarida paydo bo’ldi. Ushbu termin ommaviy axborot vositalarida 1991 yilda Iroqqa qarshi AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan otkazilgan “Sahrodagi bo’ron” operatsiyasidan keyin keng yoritila boshladi. Bu erda birinchi marta axborot texnologiyalaridan jang xarakatlari vositasi sifatida foydalanildi.”Axborot qarama-qarshiligi” termini ochiq yoki maxfiy ko’rinishdagi material sohada manfaat ko’rish maqsadida tomonlarning bir-biriga informatsion ta’sir o’tkazish ma’nosini anglatadi.Axborot qarama-qarshiligi asosida psixologik va dunyoqarash faktorlari yotadi; uning metodologiyasi axborot texnologiyalariga tayanadi. Bunday qarama-qarshilikda infomatsion ta’sir ob’ektlari sifatida axborot infrastrukturasi va dushman psixologiyasi xizmat qiladi.Informatsion qarama-qarshilik qarshi tomon davlat boshqaruvi tizimi, uning harbiy-siyosiy boshqaruvi , ommaviy axborot vositalari , jamoatchiligi, alohida shaxslariga nisbatan kompleks ta’sir o’tkazishni o’z ichiga oladi. Dezinformatsiya, axborotlarni yashirish, haddan ziyod ortiqcha ma’lumot tarqatish – bu axborot qarama-qarshiligi usullarining to’la bo’lmagan ro’yxatidir. Sistemali tarzda tashkil qilingan informatsion ta’sir qarshi tomonning informatsion ta’sir o’tkazayotgan tomon uchun foydali bo’ladigan qaror qabul qilishiga olib keladi.Bunga qarshi tomon axborot tizimlariga ta’sir ko’rsatish va shu bilan birga o’z axborot xavfsizligini mustahkamlash yo’li bilan erishiladi.Axborot qarama-qarshiligi og’ir ko’rinishi - axborot urushi hodisasidir.Axborot urushlarining asosiy ob’ektlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Davlat organlari tomonidan foydalaniluvchi aloqa va axborot-hisoblash tarmoqlari;

  • Askarlarni boshqarish masalalarini hal etuvchi informatsion infrastruktura;

  • Banklar, transport, sanoat korxonalarini boshqaruvchi informatsion va boshqaruv strukturalri;

  • Ommaviy axborot vositalari;

  • Buzilishi raqibga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa axborot tizimlari.

Oxirgi yillar tajribasi texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlarning harbiy kelishmovchiliklarda informatsion urushning barcha usullaridan foydalanayotganlarini ko’rsatmoqda.

Axborot texnologiyalarbning hayotning barcha sohalariga ommaviy tadbiq etilishi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida insoniyatning yangi jamiyat formatsiyasi bo’lmish “Axborotlashgan jamiyat” ning boshlang’ich bosqichiga qadan qo’yishiga olib keldi.Rivojlangan axborotlashgan jamiyat yangi texnologiyalar, axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalariga ega bo’lib, o’zidan oldin mavjud bo’lgan jamiyatdan iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi, madaniyati, ta’lim tizimi, maishiy va boshqaruv sohalari jihatidan katta farq qiladi. Insoniyat oldidagi muhim vazifa ushbu farqlarning odamlar uchun foydali bo’lishiga erishishdan iborat.

Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:


  • Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;

  • Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari sifatida;

  • Axborotlashgan jamiyatda shaxs;

  • Axborot madaniyati;

  • Axborot xavfsizligi;

Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana ilsin.

Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi.



Bunday jamiyatda:

  • Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;

  • Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish;

Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.

  1. Yüklə 223 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin