Мундарижа



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix27.04.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#56447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
tovuqsimonlar turkymining vakillfri ularning biologiyasi va ahamiyati

 

 

 

 

 

 

 


  

 - 13 - 


2 – bob. O’zbekiston tovuqsimonlari: tarqalishi, biologiyasi, va 

ahamiyati 

                    2.1. Kaklik - Alectoris chukar Cerey.  

     


Bu  qushning  areali  ancha  keng  bo‟lib  unga  Janubiy  Yevropa,  Old 

Osiyo,  va  Markaziy  Osiyo  kiradi.  Areal  doirasida  nuqul  tog`larda 

yashaydi. Kattaligi bo‟yicha Zaxchadan biroz yirik qush. Vazni 370 – 770 

gramm  o‟troq  yashaydi.  Faqat  qish  tushishi  bilan  vertikal  yo‟nalishida 

ko‟chuvchi  ham.  Tashqi  ko‟rinishidan  to‟qpushti,  kulrang  tus  ustun. 

Tomog`ida qora dog` bor. Tanasining yon tomonida ko‟ndalang keng qora 

–  malla  rang  ko‟zga  yaxshi  tashlanadi.  Tumshug`i  va  oyoq  –  barmoqlari 

qizil, oyoqlari kuchli  muskulli. Juda sezgir, tez yuguradi toshloq bo‟ylab. 

Biram  tez  ucha  oladi,  qisqa  masofada,  yana  tosh  –  qoyalarda  yashirinadi 

butun  hayoti  davomida  yerda  yuradi,  yashaydi,  kamdan  –  kam  hollarda 

buta,  daraxtga  o‟tiradi.  Oziqlanib  tik  qoya  tomon  tez  yuradi,  yuguradi. 

Ammo xech vaqt pastga tomon yugurmaydi.  

    Kaklik har xil tovush chiqaradi, ko‟proq tovushi ,,ke – ke – lak , ke - ke-

lak” manosini beradi. Shuning uchun unga kaklik nomi ham berilgan.  

    O‟zbekistonda  kaklikning  3  ta  kenja  turi  uchraydi.  Ularni  tog`larda 

(Chatqol, Ugam, Pisken, Chimyon, Turkiston va Zarafshon tizma tog`lari, 

Hisor,  Boysun,  Qizilqumdagi  qoldiq  tog`lar,  Nurato,  Bobotog`)  yashashi 

haqida ilmiy adabiyotlarda (,,Ptistы Uzbekinstana”, 1987) malumotlar bor.  

    Banozda  tog`lardagi  qor  erishi  bilan  kakliklar  pastdan  yuqoriga  ko‟-

tariladi.  Kuzda  esa  pastga  tomon  ko‟chishi  noyabrning  ikkinchi  yarmida 

ro‟y beradi. Yashash biotik – bu toshloq  qoyalarning janubiy qismi kam 

butali  tog`  yon  bag`rlaridir.  Masalan:  Chotqol  tog`laridagi  janubiy 

qoyalarda  72  %  kaklik  uchratilgan.  Kaklikni  soni  turli  tog`larda,  hatto 

muayan  tog`da  ham  sharoit  bilan  bog`liq  holda  har  xil  bo‟ladi. 

Archazjrlarning  yuqori  qismida  kamroq,  pastida  esa  ko‟proq  uchradi. 



  

 - 14 - 


Kaklikni soni Turkiston tizma tog`larida 1 km

 da 5 – 7 juft to‟g`ri keladi. 



Kuzda  ular  gala  hosil  qiladi,  shu  sababli  yirqichlardan  himoyalanishi 

uchun  bolalarini o‟zi bilan olib yuradi. Har bir galasida 60 – 140 ta kaklik 

bo‟ladi. Erta bahorda yirik guruhlar maydalashadi (8 –14 ta ).  

    Martning  boshidan  to  mayning  oxirigacha  ularni  sayrashi  eshitiladi. 

Kakliklar juft hosil qilgan uya qurish, tuxum qo‟yishiga kirishadi. Uyalari 

turli  joy  va  turli  sharoitlarda  bo‟ladi  (toshlar  kovaklarida,  butalarning 

asosida,  bo‟shliqlarda  va  boshq.).  Uyasi  oddiy  chuqurchani  eslatadi.  Uni 

ostiga xos – go‟shalar to‟shaydi. Uyasining o‟lchamlari: uyani eni – 12 – 

15 sm, eni – 8 – 10 sm, chuqurligi – 10 – 12sm.  

    Kaklikning ertangi tuxumli uyalarini martning oxirida uchratsa bo‟ladi. 

Ko‟p urg`ochi kakliklar orasida tuxum qo‟yadi. Uyadagi tuxumlar soni 11 

– 20 ta bo‟ladi.Tuxumning o‟lchami: 37 x 24,5 mmdan to 43,0 x 26,5mm 

gacha  bo‟ladi.Tuxumi  oq  va  dog`li  bo‟ladi.  Dog`lari  tiniq  jigarrang  tusga 

bo‟lib tuxumning paynak qismida ko‟proqdir.  

    Tuxumlarni  bosish  bir  oyga  yaqin  davom  etadi.  Asosan  urg`ochisi 

bosadi.  Erkagi  uyani  qo‟riqlashda,  urg`ochisini  suvga  borishda  kuzatadi. 

Bazan erkak kaklik ham tuxumni bosadi.  

    Kakliklar bir yilda 1 – 2 marta tuxum qo‟yadi. Kaklikning tuxumli uya-

lari  to  iyunning  oxirigacha  topiladi.  Tuxum  qo‟yish  muddati  vertikal 

mintaqalilik bilan bog`liq. Yani yuqoridagi kakliklar kechroq, pastdagilari 

esa ertaroq tuxum qo‟yadi.  

    Har bir oiladagi jo‟jalar soni 8 – 19 ta bo‟ladi. Bedonadek kattalikdagi 

jo‟jalarni 30. iylda qayd qilingan.  

    Kaklik  asosan  o‟txo‟r  qush,  Turkiston  tizmalarida  yozda  uning  oziqasi 

tarkibida 38 tur o‟simlik topilgan. Hasharotlardan qo‟ng`izlar, chumolilar, 

stikadalarni ham  yeydi. Bahorda  shirali o‟simliklarni  yaxshi  yeydi  (bargi, 

gulbandi,  poya  va  boshq).  Eozda  turli  mevalar  bilan  oziqlanadi.  (gilos 

namatak, piyozbosh, tugunak va boshq). Kuzda kakliklar o‟simlik urug`la-




  

 - 15 - 


rini,  mevalarini  xush  ko‟radi  (Yaltirbosh,  qo‟ng`irbosh).  Qishda  bargi 

o‟suvchi  o‟simliklarni  yyeydi,  tirik,  yo‟sin,  xvosh  va  boshqalarni  yeydi. 

Etuk kaklik oziqasida hayvon oziqalar kam bo‟ladi. Faqat jo‟jalarni ovqat-

lantirish davrida kakliklar xasharotlarni yaxshi yeydi.  

    Kaklik – sport ovi obekti sifatida ancha ko‟p ovlanadi. Masalan Oqcha 

ov  xo‟jaliklrida  (Tirkvo)  bir  yilda  7  –  12  mingta  kaklik  ovlangan.  Kuzda 

bu  erdagi  kakliklar  soni  30  –  45  mingtaga  etadi  (ov  xo‟jaligini  maydoni 

64.000 ga).  

    Tog`larda  kakliklarni  ovlash  keng  tarqalgan  bo`lib  ko‟p  ovlanadi. 

Shuning uchun uni soni cho‟ldagiga nisbatan tog`larda ancha kamaygan.  

                    

                            

 

 

 




  

 - 16 - 


 


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin