Мундарижа


O’rta Osiyoda kaklikning tarqalish areali



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix27.04.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#56447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
tovuqsimonlar turkymining vakillfri ularning biologiyasi va ahamiyati

                O’rta Osiyoda kaklikning tarqalish areali:  

                                   1. Uya qo’yishi  

                                    2. Qishki uchrash joyi

 

 



 

 

 



 

 

 



 


  

 - 17 - 


2.2. Bedana - Coturni coturnika U. 

    Bedona tovuqsimonlar turkumidagi eng kichik qush. Uning vazni 73 – 134 

gramm  keladi.  Deyarli  erda  yashaydi.  Onda  –  sonda  to‟satdan  vaziyat  bilan 

bog`liq  holda  birdan  uchadi.  U  ko‟pincha  o‟t  –  o‟lanlar  orasida  yashirinadi, 

oziqlanadi.  Ko‟rinishi  bilan  kichik  tovuqchani  eslatadi.  Dumi  qisqa. 

Patlarining rangida qo‟ng`ir, qizg`ish va kremsimon tuslar ko‟p bo‟ladi. Ular 

ko‟ndalang  yo‟lli  va  dog`lar  shaklida  namoyon.  Tomog`ida  qizg`ish  yoxud 

qo‟ng`ir  –  kulrang  dog`i  bor.  Tumshug`i  tiniq  shoxsimon  rangda.  Oyoqlari 

biroz  qoramtir  tusda  bo‟ladi.  urg`ochisi  bo‟rroq,  uncha  tiniq  emas.  Xavf 

tug`ilsa  yugurib,  qochib  qoladi,  kam  hollarda  shovqin  chiqarib  uchadi.  Tez 

uchadi. Uning sayrashi, tovushi: ,patpaloq, vovoq, patpaloq” tarzida eshitiladi.  

    Bedonaning areali brnecha qismdan iborat. Asosan Yevroosiyo bo‟lib Bri-

taniya orollaridan to Mongoliya, Yaponiya va Koreyagacha bo‟lgan xududda 

tarqalgan.  Qozog`iston va  O‟rta  Osiyodagi  mamlakatlarda ham  uchraydi.  Bu 

region  uchun  bu  qush  uya  qiluvchi,  uchib  o‟tishda  uchrovchi  va  qisman 

qishlovchi tur hisoblanadi.  

    O‟zbekistonda tekisliklar va tog`larda tarqalgan. Cho‟lda uya qilmaydi. Uni 

uya  qilish  joyi  asosan  tog`  va  tog`oldi  rayonlari  hisoblanadi.  Vertikal  tar-

qalish O‟zbekistonda dengiz satxidan 1600 – 1800, M, eng yuqorisi to 2700 – 

3000 m gacha boradi.  

    Bedonaning soni regionda har xil. Cho‟l va baland tog`larda kamroq, daryo 

bo‟ylarida, tog`oldi hududlarda esa ko‟proq sonli bo‟ladi. Qulayroq yerlarda 1 

km. da 24 tani, noqulay bo‟lsa unda 5 – 16 tani tashkil etadi. Masalan: Tosh-

kent  vohasida  uni  soni  1  km.  da  20  taga  Qizilqumda  esa  9  taga  teng  keladi 

(Rustamov, 2007).  

    Bedonaning    ko‟p  omillarga,  jumladan  ob  –  havoga  ham  bog`liq.  Kutil-

magan sovuq, kuchli yomg`ir ularni o‟limga etadi.  



  

 - 18 - 


    Bedonaning  dushmanlari  ham  ancha.  Ularga,  yirtqichlar  (sutemizuvchilar, 

qushlar),  reptiliyalar  (echkemar,  turli  ilonlar)  tashlanadi,  ovlaydi.  O‟t  o‟ri-

lishi, bug`doy o‟rimida ham ko‟p bedona nobud bo‟ladi.  

    Bedonaning  baxorgi  migrastiyasi  martning  uchinchi  dekadasidan  boshlab 

aprel, maygacha davom etadi. Kuzgi migrastiyasi esa ancha yaxshi namoyon 

bo‟lib,uni avgustning o‟rtalaridan to noyabrgacha kuzatsa bo‟ladi.  

    Bedonalar  tropik  Afrikada  (to  Ekvotorgacha),  Arabiston  va  Xindistonda 

qishlaydi. Kamroq bedonalar o‟rta Osiyoda (Turkmaniston, O‟zbekiston, To-

jokiston va boshq) ham qishlash qayd qilingan.  

    Bedona poligam tur xisoblanadi. Uning erkagi to‟g`ri kelgan urg`ochisi bi-

lan qo‟shiladi. U deyarli juft hosil qilmaydi.  

    O‟rta  Osiyo  past  tekisliklarida  bedonaning  sayrashi  aprelning  o‟rtalaridan 

boshlab  eshitish  mumkin.  Shunda  erkagini  tovushini  eshitgan  urg`ochilari 

unga tomon keladi va – erkagi ular bilan qo‟shilishi mumkin.  

    Urchish davri ancha cho‟ziq. Bunga ko‟p omillar tasiri bor. Yani gonadalar 

rivojidagi  notekislik,  ayrim  qushlarni  takror  uya  qurishi,  va  boshqalarga 

bog`liq bo‟ladi. Aprelning oxiridan to avgustgacha – tuxumli uyalari topil-gan 

(Rustamov, 2007).  

    Bir  uyasidagi  tuxum  soni  7  –  14  ta  o‟rtacha  9  taga  teng.  Tuxumlarning 

o‟lchamlari: 26,0 – 28,0 x 21,0 – 23,0 mm. Tuxum bosish davri 15 – 20 kun 

bo‟ladi.  Tuxumdan  chiqqan  jo‟jalari  to  50  kungacha  ota  –  onasi  bilan  birga 

bo‟ladi. Keyin tarqalib ketadi.  

    Jo‟jalarning  o‟sishi  yoz  davomida  ro‟y  berib,  uni  ularni  vazni,  o‟zgarishi-

dan ham bilib olsa bo‟ladi. Chunonchi: adabiyotlarda bedona jo‟jalarini vazni 

iyulda  (Olma  –  otada)  38  –  80gr,  avgust  oxirida  esa  40  –  100gr,  oktyabrda 

100  –  118gr  kelgani  aytilgan  (Rustamov,  2007).  Jo‟jalari  50  kunlik  vaqtida 

kontur patlar bilan yaxshi qoplangan bo‟ladi. shu vaqtdan boshlab ular yaxshi 

uchadilar.  




  

 - 19 - 


    Bedonalarda tulash hodisasi juda ham cho‟zilgan, notekis ro‟y beradi. Jo‟-

ja patlarini birinch almashinishini – kuzda ro‟y beradi. Katta yoshli qush-larda 

har yili tulash yunning ikkinchi yarmidan boshlanadi.  

    Bedonalar yoz – kuz davrida ko‟proq o‟simlik oziqani yeydi. Hayvonlarni 

kam yeydi. Yem bedonalar mayda xasharotlar, qurt, lichinkalar g`umbak bilan 

oziq-lanadi.  Umuman  oziqa  spektrida  urug`lar,  o‟simlik  qismlari  ustundir. 

Bedo-nalarni  faol  bo‟lishi  ko‟proq  ertangi  vokechki  soatlarga  to‟g`ri  keladi. 

Kun-ning issiq vaqtida dam oladi.  

    O‟rta  Osiyo,  O‟zbekistonda  o‟tmishda  bedonalar  sanoat  miqyosida  ov 

obekti bo‟lgan.  Bir  ovchi kun davomida  50  tasini  ovlagan.  Hozirgi davrda u 

sport  ovi  obekti  bo‟lib  qoldi.  Bedonani  uyada,  qafasda  ham  saqlaydilar. 

Sayroqi  dekorotiv  qush  hisoblanadi.  ,,Bedonalar  jangi”  ko‟rinishida  ham  bu 

qush  malum  ahamiyatga  ega.  Yana  bedonalar  zarakunanda  hasharotlarni 

ovlab bizga ancha foyda keltirashini ham etiborda saqlash lozim. Uni ovlash 

mumkin.  Ammo  bu  ish  ilmiy  asosga  ega  norma,  qoidalar  orqali  amalga 

oshirish maq-sadga muvofiq.  

                       

                    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



  

 - 20 - 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin