- 8 -
1 – bob. Tovuqsimonlar – Calliformes turkumi xaqida malumot
Tovuqsimonlar turkumi qushlarning qadimgi guruhi bo‟lib o‟ziga xos
tarzda shakllangan va yer sharida keng tarqalgan, 250 ta turlarni birlash-
tiradi.Ko‟pchilik vakillarining vazni o‟rtacha massali bo‟lib, o‟ta yirik va
kichik vaznlilari kamroqdir. MDX dagi eng kichik turi – bedona bo‟lib uni
vazni 80 – 120 gramm keladi, eng yirik vakili karqur to 6 kg gacha keladi.
Tovuqsimon qushlarning tashqi qiyofasi quruqlik sharoitida hayot
kechirishga moslashgan.Bu xususiyat tovuqsimon qushlarning ko‟pchilik
vakillari uchun xarakterlidir. Tana tuzilishi ancha zich bo‟lib, boshi biroz
kichik, bo‟yni kalta va tumshug`i biroz qavariq (bo‟rtiq) bo‟lishiga
qaramai kuchlidir. U ko‟proq dag`al o‟simlik oziqlarini yer yuzasidan
tutishga, topishga va daraxt – butalardan olishga moslashgan. Qanotlari
kalta va keng bo‟lib tezlik bilan tik ko‟tarilishiga ancha qulaylik
tug`diradi. Bu xolat quruqlikdagi, ayniqsa o‟rmonda yashovchi qushlar
uchun muhimdir.
Tovuqsimonlarning uchishi ancha tez, ammo og`ir bo‟lib ko‟p vaqt
qisqa masofada namoyon bo‟ladi. Uzoq masofada uchish migrant turlarga
xos bo‟lib, masalan bedanaga xosdir. Bedananing qanoti boshqa
tovuqsimonlarnikidan tuban bo‟lmasligi bilan ajralib turadi. U biroz
o‟tkirroqdir. Odatda qush uchganda birdan tovush bilan ko‟tariladi. Malum
balandlikga yetgach to‟g`ri сhiziq bo‟yicha uchadi. Bu vaqtda parvoz va
qanotlar qoqishi navbatlashib turadi.
Tovuqsimonlarning
oyoqlari
o‟rtacha uzunlikda bo‟lib o‟tkir,
mustahkam kuchli kalta barmoqli tirnoqlidir. Bular yordamida ko‟pchilik
turlari ovqat izlab er yuzni tirnaydi, kovlaydi. Ayrim tovuqsimonlarda
(qirlarda) barmoq chetlari bo‟ylab shox plastinkalar bo‟ladi. Bular daraxt
shoxasida saqlanishda qor qoplamli yerda yurish uchun muhim ahamiyatli.
Tovuqsimonlar yerda yaqin yuradi va yuguradi, xatarli vaziyatda esa
xavoga ko‟tariladi, uchadi.
- 9 -
Tovuqsimonlarning patlari mustahkam va qattiq. Patlarida ortiqcha o‟q
yaxshi rivojlangan, faqat u gaostinda bo‟lmaydi. Ko‟p turlarida jinsiy
dimorfizm namoyon. Buni pat va parlarini rangida va qushlarning
kattaligida sezish mumkin. Ko‟pincha xo‟rozi yirikroq, chiroyliroq
bo‟ladi.
Tovuqsimonlar tundra, o‟rmon, dasht, cho‟l tabiat zonalarida yashab
turli landshaft va biotonlarda uchraydi. Ayrim turlari madaniy landshaftda
odamlar bilan yonma – yon yashab ham biladi. Ular vertikal tarqalishda
past tekisliklardan to alp tog` zonasigacha yashaydi, uchraydi.
Turkumning ko‟p vakillari erda hayot kechiradi. Ayrim turlari daraxtlarda
yashaydi oziqlanadi ammo uy asini yerda yasaydi. Faqat gokko va
goastinlar doim daraxtda yashaydi xolos.
Turlarining asosiy qismi yarim o‟troq yashaydi. Uncha katta bo‟lmagan
masofalarda ko‟chib yuradi. Faqat bedonalar migrant bo‟lib, uzoq
masofaga uchadi, ayrimlari esa (Kuropatka) yaqin masofaga migrastiya
qilishi malum.
Tovuqsimonlarning kichik, o‟rtacha kattalikdagi turlari jinsiy balog`atga
bir yoshida yetsa, yiriklari biroz keyinroq voyaga etadi va urchishga
kirishadi.
Tovuqsimonlarning quyisi poligam bo‟lib, juft hosil qilmaydi. Xo‟rozlar
nasl uchun qayg`urmaydi. Ana shunday turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi
rivojlangan. Xo‟rozlarning patlari tiniq, chiroyli, o‟zi esa mokiyonidan
albatta yirik bo‟ladi. Ayrim turlari monogam, juft hosil qiladi. Bunday
turlarda nasl uchun ota – onasi g`amxo‟rlik qiladi, pat – parlari bir xil
tusda bo‟ladi, yani farq qilmaydi.
Poligam turlarda qaqag`lash davrida guruhlar shakllanadi. Xo‟rozlar bu
davrda uning har xil qiyofada tutadi, o‟ziga xos tovush chiqaradi va
boshqa xo‟rozlar bilan tortishadi, urushadi.
- 10 -
Ko‟p tovuqsimonlar uyasini yerda yasaydi. Uyasi sodda ko‟rinishda,
yani tuproqni biroz kovlash bilan yasaladi. Unda bazan o‟simlik
shoxchalari to‟shaydi, o‟zini patlarini ham to‟shashi mumkin. Oxirgi xolat
tuxumni bosish davrida ko‟zga tashlanadi.
Tovuqsimonlar bir yilda bir marta tuxum qo‟yadi. Faqat bedana,
kakliklarda arealning janubida ikki marta tuxum qoyishi mumkin deb
taxmin qilingan. Uyadagi tuxumlar kichik, soni 4 tadan to 25 tagacha oq –
chipor bo‟ladi. faqat gakko, goastinlarda uyadagi tuxum 2 – 3 ta bo‟ladi.
Tuxum bosish davri tovuqsimonlarda uncha ko‟p emas, turli turlarda u 12
kundan 30 kungacha. Palaponlarning rivojlanishi jo‟ja ochuvchilar tipida
boradi. Tuxumdan chiqqan jo‟jalar jun bilan qoplangan bo‟lib bazi turlarda
tezda uyani tark etsa, ayrimlariniki 1 sutkadan ko‟proq vaqtdan keyin
uyani tark etadi. Jo‟jalarning rivojlanishida qanot, patlarining erta o‟sishi
xarakterli. Shu bois patli jo‟jalarni patirlaydi keyin esa ishonya bilan ucha
oladi ham bundan faqat gokko istisno. Umuman jo‟ja-larning tez orada pat
bilan qoplanishi xarakterli bo‟lib, tovuqsimonlarning yosh bolalari kuzda
katta qushlar patlari bilan almashinadi.
Tovuqsimonlar bir yilda bir marta to‟liq tulaydi. Bu hodisa kuzda
ko‟payish davri tugagandan keyin ro‟y beradi. Bundan tashqari qirlarda
bahorgi, urchishdan oldin qisman xolda tulash ham bor. Buni biz ayrim
qirg`ovullarda ham ko‟ramiz.
Shunday qilib bu qushlarda ikkita mavsumiy pat – parlar bilan
qoplanish, ko‟rinish uchraydi: qishgi va yozgi. Oq qora patlarda esa tulash
hodisasi alohida ro‟y beradai. Bularning xo‟rozdagi bir yilda 4 marta
mokiyonlari esa 3 marta tulaydi. Bular patlarning mavsum bilan bog`liq
almashishiga mos keladi.
Tulashda patlar asta sekin almashinadi. Qushning harakatchanligi biroz
pasayadi, ammo uchish qobiliyatini yo‟qotmaydi.
- 11 -
Ayrim turlarda to‟liq tulash vaqtida faqat patlar emas, balki shox
qoplamlari, tirnoq`lar, barmoqlardagi shox plastinkalar, shokilalar,
tumshuq yuza qavati ham almashadi. Boshqalarda, masalan ovqat
izlaganda tumshuq, oyoq barmoqlarini ishlatuvchi qirg`ovulsimonlarda
shox qatlamida doim charxlanib, tiklanib turadi. Buni asosida o‟sishning
uzuksizligi turadi. Tovuqsimonlar ko‟p vaqt erdagi o‟simlik oziqasi bilan
oziqlanadilar. Hayvon oziqalari ular uchun qo‟shimcha hisoblanadi.
Albatta yosh qushlar oziq ratsioni ular uchun sezilarli o‟rinda turadi.
Turli turlarning oziqasini tarkibi har xil, u mavsum bilan bog`liq holda
keskin o‟zgarib turadi. Chunonchi qirlar qishda kurtaklarni, daraxt -
butalar po‟stlog`ini yyeydi, yozda esa turli mevalarni, barg va urug`larni,
hasharotlarni yeydi. Qirg`ovulsimonlar doim yerda oziqlanadi. Bunda ular
turli mevalarni, barg va urug`larini, buta va o‟tlarning gulini, tugunak,
piyozboshlarini va umurtqasizlarni yyeydilar. O‟simliklarning yer osti qis-
mini, tuproq hasharotlarini tumshuq va oyoqlari bilan kovlab oladilar.
Buni ular yerni tirnagan, kovlaganda qoldirgan izlaridan ham bilsa bo‟ladi.
Tovuqsimonlarning xo‟jalik ahamiyati nixoyatda katta. Ularning go‟sh-
tini mazaliligi sanoat qushlari darajasiga ko‟tarilgan. Xuddi shunday sport
ovi manbai hisoblanadi. Bu sohada, ayniqsa kushlarning o‟rni alohida
ryabchik, qir, qarqur, oq va tundra kuropotkalari ovlanadi. Qirg`
ovulsimonlardan sanoat va sport ovida qirg`ovul, bedona, kulrang va
mo‟ylovli kuropotkalar ko‟zga ko‟rinarli o‟rinda turadi. Har yili tovuqsi-
monlarning go‟shti ichki bozorga tushib turadi va eskilari ham qilinada.
Ov xo‟jaliklarida ularni oson iqlimlashtirish, ko‟paytirish mumkinligi
tovuqsimonlarni ahamiyatini yana oshiradi. Masalan: qirg`ovullarni
Yevropaning
ko‟p
qismidagi
xiyobonlarda
xatto
Amerikada
ko‟paytiradilar namlik kaklik, Amerika, Xindiston va Yangi Zelandiyaga
keltiriladi. Amerikada kulrang kuropotka yaxshi ko‟paymoqda. Bunday
ishlar kaklik, bedona, qirg`ovul misolida O‟zbekistonda va qo‟shni
- 12 -
mamlakatlarda ham amalga oshirilmoqda. Agar tovuqsimonlarni
iqlimlashtirish to‟g`ri, ilmiy asosda amalga oshrilsa ov xo‟jaliklarida
qimmatli ov–sport qush turlarini ko‟paytirish, undan foydalanish
mumkin.
Tovuqsimonlarning ko‟pisi, ayniqsa, qirg`ovullar, kuropotkalar qishloq
xo‟jaligi uchun zararli hasharotlarni eb foyda keltiradi. Tovuqsimonlar uy
parrandachiligining manbai sifatida aloxida qimmatga ega. Yevvoyi turlar
turli – tuman go‟sht, tuxum, pat beruvchi xonaki zotlarni chiqarishda katta
rol o‟ynagan, xozir ham shunday. Tovuqsimonlar vakillari: tovuqlar,
indyuk, (kurka)lar sesarkalar parrandachilikning asosi xisoblanadi.
Tovuqsimonlar juda ham keng arealga ega. Ularni faqat Antarktika,
Yevrosiyoning, Amerikaning shimoliy orollari, janubiy Amerikani
Hozirgi vaqtda tovuqsimonlar turkumiga qushlarning 250 turi kiradi.
Yana 108 turi qazilma holatda topilgan, malum.
Bu turkum 2 ta kenja turkumga (gaostinlar va haqiqiy tovuqsimonlar)
bo‟linadi. Gaostinlar kenja turkumida bitta oila, tipik tovuqsimonlar kenja
turkumida 4 ta oila (xastovuqlar, gokko, qursimonlar, qirg`ovulsi-monlar)
mavjud. MDX da tovuqsimonlarning 20 turi, O‟zbekistonda esa 7 turi
yashaydi .(Ular, kaklik, cho‟l, ko‟k kuropatkalari, bedona, qirg`ovul).
Malakaviy Ishda ularning asosiy keng tarqalgan turlari – kaklik, bedana,
qirg`ovul haqida to‟xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: |