Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6) ISSN 2181-1709 (P) 130 Education and innovative research 2022 y. №6
Sharq mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlar
haqidagi qarashlari ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim - tarbiya nazariyasi va amaliyotini
turli bosqichlarda xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi, ilg‘or qarashlarning
taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib beradi.
Biz O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo
munosabatlar haqidagi qarashlarini o‘rganish va tahlil qilishda: ularining ilmiy –
ma’naviy me’rosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnoma va asarlariga
asoslanamiz.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo
munosabatlar haqidagi qarashlarini o‘rganish o‘qituvchilarning faqatgina
pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, ularning
pedagogik mahoratlarini yuqori cho‘qqiga ko‘tarishga yordam beradi. Shuningdek,
o‘tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini, ularning ta’lim
va tarbiya haqidagi , odob axloq haqidagi qarashlarini o‘rganadi, bu esa ularning
kundalik faoliyatlarida yordam beradi, ularni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risidagi qarashlari
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ibn Sino,
Alisher Navoiy va boshqalar asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ushbu allomalarning
asarlarida ta’lim-tarbiya va axloq-odobga oid fikrlar, ijtimoiy taraqqiyot uchun
muhim bo‘lgan insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish,
ma’naviyatini ulug‘lash, komil insonni tarbiyalash singari masalalar yoritildi.
Imom Ismoil al-Buxoriy - IX asrda islom olamida mashhur hadisshunos bo‘lib
tanildi. U musulmon Sharqida hadis to‘plash, ularni tartibga solish bilan mashhur
bo‘ldi. Uvint, «ususan, «Saxih al-Buxoriy» acapi jahonga mashhur va ma’lumdir.
U islomshunoslikning eng yirik ustunlaridan biri sifatada o‘z ijodida dinning
tarbiyaviy tomonlarini rivojlantirishga intildi, (shu bilan islom tarixida bitmas-
tuganmas xazina qoldirdi.
Abu Nasr Forobiy - ilmning turli sohalari, ayniqsa, falsafa va mantiq, ijtimoiy
masalalarga oid bir yuz oltmishdan ortiq asarlar yozib qoldirdi. U qadimgi falsafiy
qarashlarini o‘z davri talablari asosida rivojlantirib, bir butun ta’limot yaratdi. Uz
asarlarida komil inson, yetuk jamoa va ularga erishish yo‘llari haqida g‘oyalarni
ilgari surdi. U «birinchi muallim» hisoblangan. Aristotel ta’limoti va falsafasini
juda mukammal bilgani uchun Sharqda «Muallimi soniy»—«Ikkinchi muallim»
nomi bilan shuhrat qozondi. Farobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal
va yetuk yakuni deb biladi. Shunga ko‘ra, u o‘z asarlarida insonga ta’lim-tarbiya
berish zarurligini aytadi. Bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad
masalalari→(natija) asosiy o‘rin egallashini qayd etadi. Uning ko‘rsatmalari hozirgi
ta’lim va tarbiya texnolo- giyasining tarkibiy tuzilmasiga juda yaqin:
1. Ta’lim-tarbiya maqsadi → ijtimoiy ehtiyoj
2. Ta’lim-tarbiya mazmuni →ta’lim jarayoni
3. Natija → ta’lim-tarbiya oluvchi va ta’lim-tarbiya beruvchidir
Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy - X asrdan bizgacha yetib kelgan
«Mafotiq al-ulum» - «Ilmlar kaliti» asarida o‘z davridagi barcha ilmlar va ularning
vazifalari haqida ma’lumot berdi, muayyan fanlarni turkumlarga ajratib, ularga
xos xususiyatlarni ko‘rsatdi. U barcha ilmlarni shariat ilmlari va noarab (arablarda
bo‘lmagan) ilmlar nomi bilan ikki katta guruhga bo‘ldi. Huquqshunoslik, mantiq
ilmlarining aqliy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiya uchun muhim ahamiyatga molik
ekanligini ko‘p marta ta’kid etdi.
Bola o‘zining birinchi o‘qituvchisiga ishonadi, o‘zining butun muhabbatini
unga bag‘ishlab, undan ham shuni kutadi. Shunday ekan, tarbiyada hamma narsa
tarbiyachining shaxsiga asoslangan bo‘ladi. Lekin hozirgacha o‘qituvchi va
o‘quvchi munosabatlarida muammolar bor. Bu mavzu orqali mazkur muammo
qanday yechimga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi masalani ko‘rib chiqamiz.