Образование и инновационные исследования (2022 год №6) ISSN 2181-1717 (E) 133 http://interscience.uz
«Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloqu-odobidadir,
- degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla Abdullaev o‘zining
«Yashil daftar hikmati» asarida - O‘qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari
ham, qalbi ham, ko‘rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat
namunasi bo‘lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor.
U muloqotda bamisoli so‘z zargari ekanligini ko‘rsata olishi muhimdir. Shunga
erishish kerakki, odamlar, ayniqsa, ota-onalar va o‘qituvchilar uni rostgo‘y, halol,
pokiza, sog‘lom fikrli, shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e’tirof
etsinlar».
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-
matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab
etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi,
o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olish, o‘sish
va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoki
amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining
muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir.
Pedagogik kasb - bu komil inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga
molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O‘qituvchi o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi va
uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishi, bolalarga ta’sir o‘tkazishi va ular
bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular
o‘qituvchi faoliyati va muloqoti bilan uyg‘unlashganda o‘qituvchi mehnatining bir
butunligiga erishiladi.
O‘qitish va tarbiyalash - bular bir-biridan ancha farqli tushunchalardir.
O‘qituvchi o‘z kasbining to‘la ma’nodagi egasi bo‘lishi uchun uni atrofidagi
odamlar hurmat qilishlari kerak. O‘qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy,
ezgu fazilatlar egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur.
O‘qituvchilik faoliyati shu kasbni tanlagan kishilardagi qobiliyat va iste’dodning
barcha qirralarini ishga solishga majbur qiladi.
A.S.Makarenko, «jamoada 40 ta qobiliyatli o‘qituvchi o‘rniga 4 ta qobiliyatli
tarbiyachi-o‘qituvchi bo‘lgani ma’qul»ligi haqida gapirgan edi.
Bu bilan u qobiliyatsiz kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar yetkazishi
mumkinligini alohida uqtiradi.
Avvalo, o‘qituvchi — maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy
tashkilotchisidir. Yigit va qizlarning ma’lumot jihatidan umumiy tayyorgarlik
darajasi hamda mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi dastur
va darsliklargagina emas, balki o‘qituvchiga, uning mahorati hamda fuqarolik
xislatlariga ham taallukdi bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar davomida
shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‘liqligining guvohi bo‘lamiz. Eng
qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‘qituvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali
ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida
eramizdan oldingi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi
uchun o‘qituvchiga bo‘lgan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi mahoratini
takomillashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la
boshladi.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda O‘rta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining
ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Turk va
fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar yuzaga keldi.
Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo‘llanib kelingan,
yerli millatning o‘ziga xos urf - odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan
ta’lim va tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela
boshladi. Hali maktab bo‘lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq
qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-