Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6) ISSN 2181-1709 (P) 136 Education and innovative research 2022 y. №6
Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga
ishonib topshirib bo‘lmasligini aytib, o‘qituvchiga yuksak talablarni ko‘yadi.
Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o‘stirish uchun
nihoyatda savodli o‘qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo‘lish kerak. Alisher Navoiy
o‘qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi deb bilmaydi, bashsi mahoratli
tarbiyachi bo‘lishi lozim deb ilm va odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon
hech qachon ajralmasligini ta’kidlab o‘tadi.
Buyuk alloma o‘zining “Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o‘qituvchi xalq
oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerakligini, u xalq g‘ami bilan
yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‘lishi lozimligini aytadi.
Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi
eng sara “malak qiyofali” kishi bo‘lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli,
karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va olijanob xislatlarini
o‘zida aks ettiruvchi bo‘lishi kerak deydi. Ayniqsa, madrasalarda ta’lim-tarbiya
bilan shugullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo‘yadi: «Mudarris kerakki,
garazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars
berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va gavg‘o yurgizmasa,
nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni
unga bosh o‘rin bo‘lmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa...
nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki
halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni kilmaslik
unga qoida va odat bo‘lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir».
Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand bo‘lishi, kishilikning eng yaxshi
fazilatlarini o‘zida mujassamlashggirgan olijanob va kamtarin bo‘lishi, har qanday
yaramas ishlardan xoli va pok bo‘lishi, o‘z xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna
bo‘lishi lozim. Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish
ekanligini xolisona baholaydi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki
dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U
esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima yetsin. Shunisi
ham borkim, u to‘dada fahm-farosati ozlar ham bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha
mashaqqat qilsa qanday bo‘ladi.
Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird
podshoxdikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”. Kamoliddin Husayn
Voiz Koshifiy - “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarida
ustoz-shogird munosabatlariga keng to‘xtalgan. U muallimlarning shogirdlariga
beradigan har bir o‘gitini kadrlaydi. “Maraka joylarida” (dars—ma’ruza o‘qiladigan
joy) shogirdlar muallimning har bir so‘zini e’tibor bilan tinglashini va unga amal
qilishini ta’kidlaydi. Jumladan, alloma
shunday yozadi: ”Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb
so‘rasalar, ibodat ustiga, deb javob bergin. Agar ibodat nima deb so‘rasalar, samo
va toatdir, deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘rasalar nimani
ustoz aytsa, uni jon kulog‘i bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud
a’zolari orqali amalda ado etishdir deb ayt”.
Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini ko‘rsatib o‘tadi:
birinchi bo‘lib salom berish;
ustozning oldida kam gapirish;
boshni oldinga egib turish;
ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik;
gap so‘ramoqchi bo‘lsa, avval ustozdan ijozat so‘rash;
ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik;
ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik;
o‘tirib turishda hurmat saqlash.
Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi: “Bilgilkim hech bir ish ustozsiz