Munosabatni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 298,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix12.10.2023
ölçüsü298,64 Kb.
#154977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1390-Текст статьи-3684-1-10-20221017

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6)
ISSN 2181-1709 (P)
134
Education and innovative research 2022 y. №6
shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasidagi aql idroki va usullari 
yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib o‘sha davrning 
olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha yetib keldi.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish 
bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizgin faoliyati hamda ularga 
qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang- barangligi va xilma-hilligi bilan diqqatga 
sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning 
ta’lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, 
rag‘batlantirish, maqtash, namuna ko‘rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur ilish, 
po‘pisa qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudarrislarning 
o‘zi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga 
ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan 
tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, 
masuliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, 
yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, 
shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‘grisida o‘z 
mulohazalarini bildirganlar. Uyg‘onish davrining yetuk namoyandalari Abu Nasr 
Forobiy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn 
Sino, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Davoniy kabilarning ijodiy merosi 
pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak murabbiylarga muhim manba 
bo‘lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o‘tib, o‘z qimmatini yo‘qotmagan 
mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib 
borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning gullab yashnashi faqat 
ta’lim va tarbiyaga bog‘liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan. 
Shuning uchun muallimlar kuchi va g‘ayrati bilan barkamol avlodni tarbiyalash 
ularning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan. O‘zbekiston deb atalmish muazzam 
zaminimizda yashab o‘tgan allomalarning bu borada o‘z o‘rni va hurmati bor. 
Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda muallimning o‘rni to‘g‘risida allomalarimiz 
ijodiy merosidan juda ko‘p misollar keltirishimiz mumkin.
Abu Nasr Forobiy - O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga katta 
hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy o‘rta asrda fanni birinchi bo‘lib klassifikatsiya qilib 
chiqqan. U arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy 
fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o‘rgatuvchi o‘qituvchini har tomonlama mukammal 
bilimga va tajribaga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Chunonchi, o‘z asarlarida 
“...ustoz shogirdlariga qatgiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham 
qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat 
uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa shogird uni mensimay 
qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning 
fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan 
foydalanishi mumkin” deydi. Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qo‘yadi:
tarbiyalanuvchilar o‘qish va o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lsalar ta’lim-tarbiya 
jarayonida yumshoq usullar qo‘llaniladi; tarbiyalanuvchilar 
o‘zboshimcha, 
itoatsiz bo‘lsalar, qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qo‘llaniladi.
Unsurul Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asarida ilk bor notiqlik san’ati 
maktablarining Sharq mamlakatlarida rivojlanishi tarixi bayon etilgan hamda o‘sha 
davr notiqlari haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar hozirgi global o‘zgarishlar 
davrida insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mazkur noyob asar ko‘plab Sharq va G‘arb tillariga tarjima qilinib shuhrat 
qozongan.
Kaykovus asarda har bir yoshni aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida turmush 
tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi mudarris 



Yüklə 298,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin