Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə3/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

Gaz sanoati. Yoqilg`i sanoatining eng yosh tarmog`i bo`lgan gaz sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz - yoqilg`ining juda arzon turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg`ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi.
Mamlakatimizda neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko`p. Aniqlangan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo`ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o`tgan asrning o`rtalarida dastlab Farg`ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo`ldosh gazdan sanoatda va aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.
1950-yillarda O`zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo`lsa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg`i balansida jiddiy o`zgarish yuz berdi. Farg`ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.
Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg`ini tashishdan arzon tushadi. Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg`ona vodiysida qurilgan edi. O`zbekistonda issiq kunlar ko`pligidan faqat qish kunlari gaz ko`p talab qilinadi. Gazni ko`p iste‘mol qiladigan Toshkent, Farg`ona, Andijon kabi shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig`ib qo`yib qishda foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg`igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga bo`lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va maishiy xo`jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko`ra qo`shimcha gaz chiqarish yo`llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz o`tkazish imkoniyati oshirilmoqda.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin