Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə8/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

TIKLANADIGAN Yer, osimliklar va hayvonlar (bioresurslar)
TIKLANMAYDIGAN Yer osti resurslari (neft, komir, yadro yoqilg’isi)

KOSMIK
Quyosh energiyasi, dengiz va okean quyilishi va boshqa energiya turlari


1.1. Rasm. Tabiiy resurslarning tasnifi
Zamonaviy tabiatdan foydalanishda energetik resurslar quyidagi uch guruhga taqsimlanadi:
1. Energiya oqimi va aylanishida ishtirok etuvchi (quyosh, kosmik energiya va boshqalar);
2. Saqlanyotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo);
3. Sun`iy faollashgan energiya manbalari (atom va termoyadro energiya).

Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotida quyidagilar ajratiladi:
Umumiy (nazariy) resurs – bu energoresursning aynan ko‘rinishi
ichidagi jamlangan energiyani tashkil etadi.
Texnik resurs – bu qurilmaning to‘xtovsiz ishlashi yoki bajarishi imkoni bo‘lgan maksimal ish qobiliyati. Fan va texnikaning hozirdagi rivojlanishida texnik resursdan foydalanish mumkin. U umumiyning juda kichik foizdan o‘nlab foizgacha bo‘lgan ulushini tashkil etadi, lekin energetik jihozlarni takomillashuvi va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish natijasida doimo ortib boradi.
Iqtisodiy resurs – bu mazkur resurs turidan olinib, jihoz, materiallar va ishchi kuchining hozirdagi baholar nisbatida iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan energiya.
Respublikamizdagi qayta tiklanadigan energiya manbasining
imkoniyatlari 1.2-jadvalda ko‘rsatilgan.






Korsatkichlar

Jami
(mln.t.n.e.)

Shu jumladan, energiya (mln.t.n.e.)

Gidro

Quyosh

Shamol

Biomassa

Yalpi1

50984,6

9,2

50973

2,2


Texnik2

179

1,8

176,8

0,4

0,3


O`zlashtirilgan

0,6

0,6







1 –belgilangan hududga tushadigan yoki hosil qilinadigan nazariy energiya miqdori.
2– yalpi imkoniyatlarni amalga oshirib, foydalanish mumkin bo`lgan mavjud texnologiyaning bir qismi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalarining imkoniyatlari
1.2-Jadval



1.2. Shartli yoqilgi

Shartli yoqilg‘i – bu organik (ko`mir, neft, gaz, torf, slanes, o`tin) yoqilg‘isi yoqilganda ajralib chiqadigan issiqlikni foydali ishini miqdorini taqqoslash uchun qabul qilingan kattalikdir.

Turli ko‘rinishdagi energetik resurslar yoqilg‘ining energiya sig‘imi bilan xarakterlanadigan turli sifatlarga ega. Solishtirma energiya hajmi deb, energiya resurs tanasi massasining birligiga to‘g‘ri keladigan energiya miqdoriga aytiladi.
Turli energiya resurslarning ko‘rinishi va hisob-kitob imkoniyatlarini taqoslashning qulay bo‘lishi uchun, barcha turdagi yoqilg‘ilarning sarfini shartli yoqilg‘i bilan solishtiriladi. Shartli shunday yoqilg‘i deb qabul qilinganki, uning ma‘lum miqdori yoqilganda 29,3.106 J, yoki 7000 kkal energiya ajralib chiqishi kerak bo‘ladi.
1.3-jadvalda bir qator energetik resurslar uchun shartli yoqilg‘i yordamida taqqoslangandagi solishtirma energosig‘im qiymatlari keltirilgan.
MDH davlatlarida o‘lchov birligi sifatida 1 tonna shartli yoqilg‘i (t.sh.yo.) qabul qilingan. Chet elda ma`nosi va funktsional qo‘llanishi bo‘yicha xuddi Shunga o‘xshash o‘lchov birligi – 1t neft ekvivalenti (t.n.e.) qollaniladi, 1 t.n.e. = 41,86 · 106 J.
1.3-Jadval
Shartli yoqilgi bilan taqqoslangandagi solishtirma energosigim qiymatlari


Yoqilgi
turi

Shartli
yoqilgi

Antratsit
komir

Quruq
o’tinlar

Neft

Propan gaz

Vodorod

Shartli energiya sig‘imi,
106 J/kg

29,3

33,5

10,5

41,9

46.1

120,6

Kkal/kg

7000

8000

2500

10000

11000

28800

1.3- jadvaldan ko‘rinib turibdiki, neft va gaz yuqori energiya sig‘imiga ega. Lekin neft va gaz faqat energetika sanoatida emas balki kimyo sanoatida xomashyo va transport uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Hozirda bizning mamlakatimizda va chet ellarda vodorod o‘zgartirishni tejamli sanoat usullarini topish bo‘yicha ilmiy tajribaviy izlanishlar olib borilmoqda. Vodorod zahirasi bitmas-tuganmas bo‘lib, yana u sayyoramizning hech qanday hududi bilan bog‘liq emas. Vodorodda bog‘langan ko‘rinishida suv molekulalari (H2O) mavjud. Vodorod yoqilganda atrof muhitni ifloslamaydigan suv hosil bo‘ladi.
Hozirda vodorod asosan tabiiy gazdan olinadi, yaqin kelajakda uni ko‘mirni gazlantirish yo‘li bilan olish mumkin bo‘ladi. Suvni elektroliz jarayoni vodorodni sanoat yo‘li bilan olish istiqboli yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Bu usul katta afzalliklarga ega, chunki u atrof-muhitni kislorod bilan to‘yintirishga olib keladi. Vodorod yoqilg‘isini keng ko‘lamda qo‘llanilishi uchta dolzarb muammolarni yechishi mumkin:
 Organik va yadro yoqilg‘ini iste`mol qilishni kamaytiradi.
 Energiyaga ortib borayotgan talabni qoniqtiradi.
 Atrof muhit ifloslanishini pasaytiradi.

1.3. Ozbekiston yoqilgi energetika majmuasining tavsiflari

O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi yoqilg‘i energetika majmuasi sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va yo‘llarini qidirishdan iborat hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan holda, rivojlangan Evropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga etishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, aholi va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan ta`minlashni texnik amalga oshirishdan iborat.
Yoqilg‘i energetika majmuasi (YoEM) aholi hayot darajasini ko‘tarish va iqtisodiyot ishlashini ta`minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi halq xo‘jaligining eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YoEM o‘z ichiga energiya tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika halq xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi.
Elektr energetika – strategik soha bo‘lib, uning holati butun davlatning rivojlanish darajasida aks etadi. Hozirda elektr energetika O‘zbekiston iqtisodiyotida bir tekis ishlayotgan majmuadir.
Bizning davlatimiz energetika siyosatining yuqori ustunligi
jamiyatning energiya ta`minotiga bo‘lgan xarajatini pasaytirish uchunvosita sifatida, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, mamlakatning ustuvor rivojlanishini ta`minlash va ishlab chiqarish kuchlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Sрuning uchun elektr energetika sohasi doimo Respublika hukumati va prezidentimizning nazoratidadir.
O‘zbekiston elektr energiyasining asosiy iste`molchisi sanoat bo‘lib uning ulushiga mamlakat bo‘yicha elektr energiya iste`moli umumiy darajasining 50% i to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston issiqlik energiyasining asosiy iste`molchisi uy-joy – kommunal xo‘jaligidir. Uning ulushiga iste`mol qilinayotgan issiqlik energiyasining 57% to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston energetika tizimida elektr energiyani ishlab chiqarishda
asosiy yoqilg‘i turi tabiiy gaz bo‘lib, uning ulushi 80% ni tashkil etadi.
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining holatini xarakterlaydigan asosiy holatni tahlil qilib, bizning respublikamizda energiya tejamlash siyosatini o‘tkazish zarurligini belgilaydigan quyidagi sabablarni ajratish mumkin:
-mahsulotning energiya sig‘imliligini pasaytirish;
-yoqilg‘ining foydali ishlatish koeffitsientini oshirish;
-Respublika yoqilg‘i balansida noan`anaviy tiklanuvchan manbalarning ulushini oshirish.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin