Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə11/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

QES quyosh elektr stantsiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
KES kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari, faqat elektr energiya ishlab chiqaradi.
IES lar organik yoqilgida (gaz, mazut, komir) va ham yadro
yoqilg‘ida ishlashi mumkin.

Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq o’zgartirish yo’li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik resurslardan va yadroviy yoqilg’i, shuningdek, qayta tiklanuvchan energiyalardan, ya‘ni daryolarning oqimi, sharshalar, okean oqimlari, quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va boshqalardan foydalaniladi.


Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo’jalik sohalarida, transportda aloqa tizimlarida, hamda maishiy xizmatda keng foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq Ho’jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun elektr energiyasining ko’p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr stansiyalarida (IES) organik yoqilg’ining kimyoviy energiyasini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi boэyicha ikkinchi o’rinda gidroelektrostansiyalar (GES) turadi. Bunda gidroturbinalar va gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga o’zgartiriladigan daryolar oqimi energiyasidan foydalaniladi.
Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va gidroelektr stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi. Atom elektr stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari energiyasi hisoblanadi. Bu energiya issiqlik energiyasiga o’zgartiriladi, keyin esa elektr energiyasini olish sxemasi esa, issiqlik elektr stansiyasi sxemasiga o’xshash bo’ladi.
Organik yoqilg’i zaxiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta‘sirini hisobga olib, elektr energiyasini olishni qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM) foydalanish asosidagi texnik va iqtisodiy yechimlarini qoniqarli izlash amalga oshirilmoqda.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin