Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə9/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yoqilgi-energetika majmuasining tavsiflari
Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun
tartibining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil energiyadan foydalanish to`g`ri qaror hisoblanadi. AQSH va yevropa davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qo`llanilmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlarida quyosh energiyasidan foydalanish hajmi sezilarli darajada jadallashdi. Ayniqsa, iqlimi birmuncha issiq bo`lgan mamlakatlarda, xususan, Germaniya, Belgiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniyada bu sohada ma‘lum darajada tajriba ham to`plangan. Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Lyuksemburg va Daniya kabi davlatlarda ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratilyapdi. Isroilda esa quyosh energiyasidan oqilona foydalaniladi. Mamlakatning istalgan hududidagi uylar tomlaridao`rnatilgan suv isitgichlari bunga yaqqol misoldir. Bunday maishiy ehtiyojdagi qurilmalar 150 litr sig`imga ega bo`lib, quyosh batareyasidan energiya olib, suvni isitadi. Shu tarzda bunday qurilma sohibi yiliga taxminan 2000 kVt/soat elektr energiyasini tejash imkoniga ega bo`ladi.
Jahonda keyingi 40 yilda aholining elektr energiyasiga bo`lgan talabi sezilarli darajada oshdi. Ma‘lumotlarga ko`ra, Shu davrda qazib olingan yoqilg`i miqdori butun insoniyat tarixi mobaynida ishlatilgan yoqilg`idan ham ko`proqni tashkil etadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg`i ishlatish miqdori dunyo bo`yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to`g`ri keladi. Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko`mir va uran hozirgi vaqtda dunyodagi asosiy energiya manbalari hisoblanib, ulardan hozirgi darajada foydalanish davom etsa, mavjud neft zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz esa
70-75 yilga etadi, xolos.
Shu bois jahonda asta-sekinlik bilan bo`lsada, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o`tilmoqda. Ekologik toza bo`lgan bunday energiya manbalarining atrof-muhitga zarari ham kam. Shu bois, dunyo olimlari bu masalani nihoyatda dolzarb deb hisoblashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi barqaror rivojlanish uchun energiyaning muhimligini e‘tiborga olib, o`tgan yilni ―Barqaror energetika barcha uchun‖ xalqaro yili deb e‘lon qilganligi ham fikrimizning dalilidir.


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin