Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə4/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

Neft sanoati. Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. Neft qayta ishlanmagan holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg`i, ya‘ni kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko`mirni qazib chiqarish xarajatidan o`rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng foydalanish juda ko`p mablag`ni tejashga imkon beradi.
Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib chiqarish) uchun
ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat mahsulot tannarxi deyiladi.
Neftning tannarxi u qanday chuqurlikdan olinayotganligidan ko`ra konning neftga qanchalik boyligiga bog`liq. Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan usuli bo`lib, bunda neft quduqlardan kondagi bosim tufayli otilib chiqadi. Bosim kamaygan holda uni turli usullar bilan ko`tarib turiladi. Neftni nasoslar yordamida chiqarib olish ham keng tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali yuborish uni tashishning eng arzon va xavfsiz usulidir (temiryo‘lda tashishga nisbatan 4 barobar arzonga tushadi). Quvur transporti neftni iste‘molchilarga bir maromda yetkazib berishni ta‘minlaydi. Turli transport vositalariga ortish- tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham beriladi.
Ilgarigi vaqtda neft qayerda qazib chiqarilsa, o`sha yerda qayta ishlanar edi. Hozirda neftni qayta ishlash sanoati mahsulotlari qayerda ko`p iste‘mol qilinsa, neft o`sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir turini yuborish uchun alohida quvurlar kerak bo`lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi.
Qazib olinayotgan neftni Farg`ona va Oltiariq neft zavodlari qayta ishlashga ulgurolmay qoldi. Holbuki, mustaqillikkacha zavod quvvatidan to`la foydalanish maqsadida Turkmanistondan temiryo`l orqali neft keltirilardi. Jarqo`rg`on konidan olinayotgan neftda moy va parafin ko`pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo`l qurilishida foydalaniladi.
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida ko`plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 1992-yilda Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. Neftga bo`lgan ehtiyojning uzluksiz ortayotganligini hisobga olib, Buxoro viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. Bu korxona 1997- yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
O`zbekistonda yiliga 3-4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib
chiqarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega.
Rivojlangan mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste‘moli tarkibida neft mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg`i-energetika balansida neft mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning uchun mavjud avtomobil va traktorlami yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo`ladi. Bu ko`p mablag` talab etadigan va ancha murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o`n yilliklarda ham yoqilg`i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib turadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin