Parametr
|
Qiymati
|
1
|
Pik (maksimal) quvvat, Vt
|
50
|
2
|
Maksimal quvvatda kuchlanish, V
|
18,50
|
3
|
Maksimal quvvatda tok, A
|
2,70
|
4
|
Salt yurish kuchlanishi, V
|
22,14
|
5
|
Qisqa tutashuv toki, A
|
2,89
|
6
|
Quyosh elementining nominal ishchi harorati,0S
|
47±2
|
7
|
Tizimning maksimal kuchlanishi, V
|
1000 DC
|
Qarshiliklar magazinining ish diapazoni 0,1-99999,9 Om ni tashkil
etadi.
Tajribani o‘tkazish tartibi
Tajriba tabiiy quyosh sharoitida ochiq havoda olib boriladi. Dastlab quyosh fotoelektrik batareyasining yuza qismi janub tomonga qaratiladi, maksimal ravishda quyosh nurlanishining panel yuza qismiga perpendikulyar tushishiga erishiladi. Gorizontga nisbatan burchak (𝖰0) FEB maksimal qisqa tutashuv toki o‗lchangan holda tanlanadi. Talaba qiziqish sifatida qisqa tutashuv tokining 𝛽0 ga bog‗liqligini funksiya sifatida qarab, ya‘ni 𝐼𝑘.z. = 𝑓(𝖰0) ko‗rinishida koordinata o‗qida grafigini ham qurish mumkin.So‗ngra quyosh fotoelektrik batareyasining yuza qismi paralelligida quyosh nurlanishining oqim zichligi (E) aktinometr, pergeliometr yoki etalon quyosh elementi yordamida o‗lchanadi. 10-rasmdagi prinsipial elektr sxema asosida laboratoriya stendi yig‗iladi. Quyosh fotoelektrik batareyasini sxema to‗liq ulanib bo‗lingandan so‗ng uzib, ulagich yordamida qo‗shish tavsiya etiladi. O‗zgaruvchan qarshiliklar magazinidan foydalangan holda qichik qarshilik qiymati 0,1 Omdan boshlab qarshilik yuklamasi o‗zgartiriladi, bunda ampermetr va voltmetrning ko‗rsatkichlarini yozib olamiz. Yozib olingan qiymatlar 2-2.1 jadvallarga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |