Murodova D



Yüklə 388,77 Kb.
səhifə13/22
tarix16.05.2023
ölçüsü388,77 Kb.
#113934
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
So’g’diylar dehqonchilik va bog‟dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edi.Chorvachilikda mayda va yirik shohli hayvonlar bilan bir qatorda ot, hachir eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa So‟g‟dning hisori qo‟ylari va tulporlari juda mashhur edi. So‟g‟d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi. Ularda to‟qimachilik, kulolchilik, ko‟nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi. So‟g‟d tog‟laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kavlab olinardi.
Shaharlarda hunarmandchilikning yuksalishi o‟z navbatida ichki va tashqi savdo aloqalarining kengayishiga imkon beradi. So‟gddan Sharqiy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-ziynatlardan tortib, turli-tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi.
Tohariston nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi Toharistonda joylashgan edi. Balx shahri Toxariston poytaxti bo‟lgan. Tohariston avval eftaliylar, so‟ngra Turk xoqonligi tomonidan bo‟ysundiriladi. Manbalarda ta‟rif etilishicha, Tohariston aholisi budda diniga e‟tiqod qilgan. Tohariston 25 xarfdan iborat yozuvga ega bo‟lgan.
Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. Tog‟liklari po‟stin va jun chakmon kiyishgan. Tohariston aholisining asosiy qismi o‟troq dehqonchilik bilan shug‟ullangan. U yerda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Chokarlari kamon, gurzi, cho‟qmor, xanjar, shamshir va sovutlar bilan qurollanardi.
Toharistonda shishasozlik va to‟qimachilik ham ancha rivoj topgan edi. Tohariston ko‟p mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib borgan, o‟z chaqa tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.
Farg’ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‟ona yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat va Quva kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‟lgan. Qo‟shni mamlakatlarga bo‟yoq, rangli shisha buyumlar va dori darmonlar chiqarilgan.
Farg‟ona vodiysida o‟troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashagan. Qurama va Qoramozor tog‟lari yonbag‟rida qadimdan yilqichilik bilan shug‟ullangan. Bu yerda ko‟paytirilgan tulpor otlarning dong‟i jahonga taralgan.

Yüklə 388,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin