Vatanimiz qadimiy davlatchilik tajribasiga ega bo'lib, hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo'lgan va qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Vatanimiz davlatchiligi tarixini qayta o'rganib chiqishga Prezidentimiz tomonidan alohida e'tibor qaratildi. “O'zbek olimlarining kuch g‟ayratlari bilan tariximizning ko'pdan ko'p g‟oyat muhim sahifalari, eng avvalo Temuriylar davri, XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi”1. Shu o‟rinda davlatchilik tariximizning ilk o‟rta asrlarga oid bo‟lgan sahifalarini qayta o‟rganib chiqish ham muhim ahamiyatga ega. O‟zbekistonning ilk o‟rta asrlardagi - Eftaliylar davlati tarixi va turk xoqonligi davri tarixi Oliy o‟quv yurtlari bakalavr yo‟nalishidagi hamda magistratura bosqichidagi talabalar uchun mo‟ljallangan o‟quv dasturiga kiritilgan. Mazkur davrga oid tarixiy manbalar va ma‟lumotlarning kamligi ilk o‟rta asr davlatlari haqida to‟liq ma‟lumot olish imkonini bermaydi. Shuningdek, ko‟plab darslik va o‟quv qo‟llanmalardagi shu davrga oid ma‟lumotlar umumlashgan holda berilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur o‟quv qo‟llanmada eftaliylar davlati va turk xoqonligi davri tarixini batafsil yoritish maqsad etib qo‟yildi. Eftaliylar davri tarixini yoritish davomida
O‟rta Osiyoda antik davrdan ilk o‟rta asrlarga o‟tish jarayonining yuz berishi kuzatiladi, shu sababdan mazkur uslubiy qo‟llanmada bu davr tarixiga kengroq to‟xtalib o‟tildi. Eftaliylar davlatidagi siyosiy jarayonlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma‟naviy hayotidagi tub o‟zgarishlar batafsil yoritildi. O‟zbekistonning ilk o‟rta asrlardagi davlatchiligi tarixida alohida o‟rin tutgan Turk xoqonligi davrini yoritish jarayonida esa, asosan davlat boshqaruvidagi o‟zgarishlar hamda iqtisodiy hayotning muhim jihatlariga e‟tibor qaratildi. Qo‟llanmada keltirilgan ma‟lumotlar O‟rta Osiyo miqiyosida so‟nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlarning so‟nggi natijalari asosida yoritishga e‟tibor berildi.