222-241 – Ardashir Papakanning hukmronlik yillari.
224-yil – Parfiya shohining Artaban V qo‟shinlarini mag‟lub etishi.
III-IV asrlarda eftaliylarning Xitoyda xoa qabilasi nomi bilan ma‟lum bo‟lishi.
309-379-yillar – Shopur II ning hukmronlik yillari.
337-361 yillar – Shopur II va Rim imperatori Konstantin II o‟rtasidagi jang.
357-358-yillar – Shopur II va xioniylar o‟rtasida ittifoqchilik shartnomasining tuzilishi.
360-yil – xunnlarning Volgadan o‟tishlari.
372-yil – Arshakiylarning Balxda xioniylar yordamida forslarni yengishi.
378-yil – Arshakiylar qo‟zg‟olonini eftaliylar tomonidan bostirilishi.
383-388-yillar – Shopur I ning hukmronlik yillari
384-yil – Edessani egallashda fors qo‟shinlari orasida eftaliylarning paydo bo‟lishi. 387 Arman podsholigining bo‟linib ketishidan so‟ng eftaliylar va forslar o‟rtasida nizoning kelib chiqishi.
388-399-yillar – Varahran IV ning hukmronlik yillari
410-yil – Eftaliylar davlatining O‟rta Osiyoda vujudga kelishining taxminiy sanasi.
420-438-yillar – Varaxran V hukmronligi
421-438 – Eronda Baxrom Go‟rning hukmronlik yillari. G‟arbda Vizantiya va Sharqda eftaliylar bilan to‟xtovsiz janglari.
430-490-yil – Toraman va Kingilaning tangalar zarb ettirishi.
438-457-yillar – Yazdigird II hukmronligi
450-yil – Eftaliylarning Hindistonga yurishlarining boshlanishi.
467-yillar – Hindistonda gupta sulolasi Skandaguptaning boshqaruvi. Uning davrida eftaliylarning xujumi to‟xtadi.
455-yil – Eftaliylarning gupta va forslarga qarshi ittifoqi.
457-yillar – Eftaliylarning Hindistondan quvilishi va Eronda Pero‟zni qo‟llab quvvatlashlari uchun kirib kelishlari.
456-yil – kidariylarning sosoniylardan qaqshatgich zarbaga uchrashi.
457-yil – eftaliy shohi Vaxshunvorning Gurdjiston, Toxariston, Balx, Badaxshonni qo‟l ostiga birlashtirishi.
457-yil – Xormizd va Pero‟z ortasida taxt uchun kurash 459-484-yillar – Pero‟z hukmronligi.
484-yillar – Pero‟z I ning hukmronligi.
459-yil – Eftaliylarning Yettisuvdagi arablarga qarshi yurishlari.
545-yillar – Ashin urug‟iga mansub Asan va Tuu boshqa urug‟larni o‟zlariga bo‟ysundiradilar va Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar
468-yil – Pero‟z I ning eftaliylarga mag‟lub bo‟lishi va uning o‟g‟li Kubodning eftaliylar davlatida asirlikda qolishi. 460 yil- eftaliylarning Gandharani (hozirgi Pokiston hududlari) egallashi.
470-yil – Eftaliylarning jujanlar bosqiniga chek qo‟yishi.
472-yil – Eftaliylar xioniylarni So‟g‟ddan siqib chiqardilar o‟z davlat chegaralarini Kaspiy dengizigacha kengaytirdilar hamda shimoliyg‟arbiy Hindistonni egalladilar.
479-491-yillar – Vizantiya imperatori Zenon hukmronligi.
479- yil – Pero‟zning eftaliylarga qarshi ikkinchi yurishi 479-yil – eftaliylar tomonidan Sharqiy Turkistonni egallanishi.
482-yil – Pero‟zning eftaliylar tomonidan asirga olinishi va uni katta to‟lov evaziga ozod etilishi.
484-yil – Pero‟z I ning eftaliylar tomonidan jangda qatl etilishi. 488-531-yillar – Eronda Kubodning hukmronligi.
490-yil – eftaliy hukmdor Toromanning taxtga o‟tirishi.
490-500-yillar – eftaliylarning Hindistonga hujumining davom etishi. Jamnatang vodiysi, Rajastxan va Markaziy Hindistonni egallashlari.
490-497-yillar – eftaliylar tomonidan Urumchi shahrining davlat tarkibiga qo‟shib olinishi
490-515-yillar – Toramanning Gupta imperiyasini yengishi.
494-yil – eftaliylar tomonidan hozirgi eronning kattagina qismini egallashlari.
494-496-yillar – eftaliylarning jujanlarni mag‟lub etishlari.
495-yil – eftaliylar janubiy teleutlarni mag‟lub etishlari.
495-yil – eftaliylar tomonidan janubiy teleut qabilalari yerlari bosib olindi.
496-yil – eftaliylar tomonidan shimoliy teleut qabilalari yerlari bosib olindi.
496-yil – eftaliylar shimoliy teleutlarni mag‟lub etishlari.
497-yil – eftaliylar Karashar, Gandxarani egalladilar.
497-499-yillar – Eronda Kubodning taxtdan ag‟darilishi va eftaliylar davlatiga qochishi. 500 Toroman Panjob orqali Kaushambi, Varanasi va Magadxaning markaziy qismlariga yurishi.
503-513-yillar – Kubodning eftaliylarga qarshi urush olib borishi.
506-yil – sosoniylarning Vizantiya ustidan g‟alabasi. 510-yil – eftaliylarning Hindistonda mag‟lubiyatga uchrashi. 515-544-yillar – eftaliy shohi Mihirakulning hukmronligi.
516-520-yillar – eftaliy elchilarining Janubiy Xitoyga, Lyan imperiyasiga tashrif buyurishi.
515-yil – Toramanning vafoti. Mixirakula hukmronligi.
516-518-yillar – Jujanlar va eftaliylarning ittifoqi. Vey imperiyasi bilan eftaliylar munosabatining keskinlashuvi.
516-520-yillar – eftaliylarning janubiy Xitoyga Lyan imperiyasiga elchiligi.
518-yil – eftaliylar shohi Mihirakul huzuriga sayyoh Sun Yunning tashrif buiyurishi
526-yil – eftaliy elchilarining Lyan imperiyasiga tashrif buyurishi.
551-774-yillar – Turk xoqonligi tashkil topadi. 526-yil – eftaliylarning Lyanga yangi elchiligi.
528-yil – Mixirakulning Hindistondagi mag‟lubiyati.
530-yil – Eftaliylarni Hindistondan quvib chiqarishda mahalliy hukmdor Dashapurning o‟rni katta bo‟ldi. Aulikar sulolasidan bo‟lgan Yashodxarman eftaliylar ustidan g‟alaba natijasida ikkita minora qurdiradi.
531-579-yillar – Eronda Xusrav I hukmronligi. 540-yil – Mixirakulning vafoti.
546-yil – eftaliylarning g‟arbiy Vey davlatiga elchiligi. 548-yil – turklarning jujanlarga qarshi yurishi.
550-yil – turklarning teleslarga xujumi.
551-yil – Buminning xitoylik malika Chanlega uylanishi.
552-yil – Bumin boshchiligidagi g‟arbiy turk xoqonligining tashkil topishi.
552-553-yillar – turklarning jujanlarni mag‟lub etishi.
553-yil – Buminning Qora Issiq-xon laqabini olgan o‟g‟lining sirli o‟limi. Akasi Mug‟anxonning taxtga o‟tirishi. Qora Issiq-xonning o‟g‟li Shetuning taxtdan chetlashtirilishi.
553-yil – eftaliylarning g‟arbiy Vey imperiyasiga navbatdagi elchilligi.
553-yil – Mug‟on-xonning jujanlarni yengishi.
554-555-yillar – Turklarning butun markaziy Qozog‟iston, Yettisuv va Xorazmni egallashlari.
555-yil – Turklarning eftaliylar bilan dastlabki to‟qnashuvi.
558-yil – turklarning Volga bo‟yi va Ural oldini egallashlari.
560-yil – turklarning Eronga yo‟l olgan elchilarini eftaliylar tomonidan talanishi.
562-yil – Vizantiyaliklarning forslar bilan sulhga kelishishi. Bu esa forslarning eftaliylarga qarshi urushiga yangi yo‟l ochdi. 562-yil – Turklarning eftaliylar ustidan birinchi g‟alabasi. 563-yil – Turklarning Konstantinopolga elchiligi.
563-yil – eftaliylarning forslardan mag‟lubiyatga uchrashi.
565-yil – turklar eftaliylarni Nasafda mag‟lubiyatga uchratdi. Shu yili eftaliylar davlatining qulashi bilan baholanadi.
568-569-yillar – turklar o‟sha davrning qudratli davlati- Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‟rnatishi.
569-yil – eftlaiylar davlatining forslar va turklar o‟rtasida bo‟lib olinishi va ikki o‟rtada nizoning kelib chiqishi.
571-yil – turklar va sosoniylar o‟rtasida tinchlik sulhi o‟rnatilgach chegara hudud etib Amudaryo belgilandi.
585-586-yillar – Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi Abro‟y boshchiligidagi qo‟zg‟olon.
618-907-yillar – Xitoyda Tan sulolasi davrida G‟arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‟rtasida aloqalar keng yo‟lga qo‟yiladi.
629-645-yillar – Syuan Tszyanning Hindiston budda ibodathonalari ziyoratiga kelishi.
627-644-yillar – O‟rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlarining yuborilishi.
727-yil – Vey Sze hamda Xey Chaoning Shimoliy Hindistonga sayohati