Mavzu: Ilk yosh va kichik guruhlarda kuylash faoliyati.
Qo’shiq kuylash malakalari ilk yosh guruhlardan boshlab shakllantirib boriladi. Bu yoshda bolalar ovozi hali shakllanmagan bo`lib, musiqa rahbari shuni hisobga olgan xolda bolalar uchun oddiy, sodda, so`zlari qaytariladigan, ma’nosini tushunish oson bo`lgan qo`shiqlarni tanlashi darkor. Qo`shiq tanlashda uni kuyiga ham e’tibor berish kerak ya’ni qo`shiq nota matni chorak, nimchorak notalardan tashkil topgan bo`lishi kerak.
Kichik guruh bolalari ilk yosh guruhga nisbatan nutqi, xotirasi, diqqati birmuncha rivojlangan bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarga band, naqorat shakldagi asarlar o`rgata boshlanadi. Qo`shiq o`rgatishda nafas olish malakalari shakllantirib boriladi. Quvnoq, sodda, oddiy qo`shiqlar tanlash maqsadga muvofiq.
Qo`shiq repertuarini tanlashda bolalarning quyidagi ovoz diapazoni qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi:
-ikki-uch yoshli guruhlarda ovoz diapazoni mi¹-lya¹;
-uch-to`rt yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re¹-lya¹;
Dostları ilə paylaş: |