Mavzu: Musiqа mаshg’ulоtini rejаlаshtirish vа hisоbоt.
Reja:
1. Rejalashtirishga bo`lgan talablar.
2. Reja turlari.
3. Reja hisoboti, turlari.
1. Musiqa mashg`ulotini rejalashtirishda musiqa rahbari bir qator talablarga amal qilishi darkor:
- Bolalarni yoshini hisobga olish, qobiliyatini nazarda tutish,
- Izchillik va ketma-ketlik prinsipi.
- Bolalar sharoitini hisobga olish.
- Oddiydan murakkabga, osondan qiyinga o`tish prinsipi.
2. Rejaning 3 turi mavjud bo`lib, bular: istiqbolli reja, kundalik reja va reja konspektiga bo`linadi. Reja konspekti kundalik reja asosida tuziladi. Bu rejada mashg`ulotning har bir bo`limi batafsil ochib yoziladi.
3. Reja hisoboti:
- Yakuniy hisobot konspekti- bu bolalarning 3 oy muddati ichida olgan bilimlarini qanday o`zlashtirganliklarini ko`rsatib yozishgir.
-Har bir mashg`ulotdan so`ng hisobot- bu hisobotda musiqa rahbari bolalar topshiriqni uddalay oldilarmi, yo`qmi, uddalay olmagan qism ustida ish davom ettirishni yozadi.
-Yakka hisobot- har bir musiqa rahbarida bolalarga yakka hisobot daftari bo`lishi kerak, bu hisobotda har bir bolaning kuylashi, raqs tushishini, cholg`ularda ijrosi nazarda tutib yoziladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Rejalashtirishga bo`lgan talablarni ayting?
2. Qanday reja turlari.ni bilasiz?
3. Hisobot turlari necha turga bo`linadi?
Dostları ilə paylaş: |