Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tayyorlov guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi nimalardan iborat?
2. Tayyorlov guruh bolalarining psixologik tuzilish qanday?
Mavzu: Mustаqil musiqа fаоliyatlаri.
Reja:
1. Bolalar mustasqil musiqa faoliyatlariga tavsifnoma.
2. Bolalarni mustaqil musiqa faoliyatini kelib chiqish manbalari
3. Bolalarni mustaqil musiqa faoliyatlarini tashkil etish formalari.
4. Mustaqil musiqa faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachining o`rni.
Mustaqil musiqa faoliyati bu bolalarni o`z ixtiyori asosida musiqa faoliyati bilan mashg`ul bo`lishi, ya’ni kuylaydilar, davra qo`shiqlarini kuylab o`ynaydilar, pianinoda, metallafonda qiyin bo`lmagan kuylarni ijro etadilar.
Bolalarni mustaqil musiqa faoliyatini kelib chiqish manbalari:
1. Musiqa mashg`ulotlari.
2. Bayram ertaliklar, o`yin-kulgu soatlari.
3. Oilada musiqa bilan mashg`ul bo`lishlari, musiqa cholg`ularida ijro.
4. Radio eshttirishlari, oynai jahon ko`rsatuvlari, disk yozuvi.
Bolalarni musiqaga qiziqtirish uchun guruhda musiqa burchagini tashkil etish kerak. Kichik guruhda musiqa burchagiga musiqa o`yinchoqlari, shiqildoqlar, surnaychalar, maket va rasmlar joylashtiriladi. Katta guruhda tovush chiqmaydigan cholg`ular qo`yiladi. Musiqa cholg`ulari vaqti-vaqti bilan almashtirilib turiladi.
Bolalarni mustaqil musiqa faoliyatlarini tashkil etish formalari:
O`yinlar. Bolalar o`yinlarida musiqa mashg`uloti o`yinini o`ynashni yaxshi ko`radilar. Ular qo`g`irchoqni o`tkazadilar, o`zlari musiqa rahbari o`yinini o`ynaydilar.
Dostları ilə paylaş: |