Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


O`yin- kulgu soatlarining turlari quyidagilardan iborat: teatr; konsert; radio va oynai jahon, texnik vositalar; tug`ilgan kun; sport bayramlari; bayram ertaliklari



Yüklə 197 Kb.
səhifə36/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Musiqa metodikasi majmua

O`yin- kulgu soatlarining turlari quyidagilardan iborat: teatr; konsert; radio va oynai jahon, texnik vositalar; tug`ilgan kun; sport bayramlari; bayram ertaliklari.

Teatr. Qo`g`irchoq, barmoq, stol, soya, pahmoq va o`yinchoq teatrlari mavjud. Qo`g`irchoq teatri bolalarning eng yaxshi ko`rgan teatr turlaridan biridir. Qo`g`irchoq teatrini ko`rsatishda kichik, o`rta, katta, tayyorlov guruhlar birlashtiriladi. Barmoq teatri- bu 5 ta barmoq uchun bo`lib, qo`liga qo`lqop kiyib o`ynaladi, guruhlar birlashtirilmaydi, chunki obrazlar hajmi kichik. Stol teatri- kichik va o`rta guruhlarga ko`rsatiladi. Bolalar stol atrofida yarim doira shaklida o`tiradilar. Bu teatrni katta guruh bolalari ko`rsatishi ham mumkin. Hamma qo`g`irchoqlar kartondan yasalgan kichik personajlardan iborat. Bolalar tarbiyachining qo`lini ko`rmasliklari uchun qog`oz yoki kartondan balandligi 8sm, uzunligi 40-50 sm ayvoncha yasash mumkin. Uni to`rtburchak shaklida emas, tepalikka o`xshatib, o`tlar va gullar shaklini qirqib yopishtirsa bo`ladi. Bolalarni bir qator stoldan 2,5-3 metr masofaga uzunlikda o`tkazish mumkin. Soya teatri- qo`g`irchoq teatrining o`ziga xos turlaridan biri. Unda qo`g`irchoqlar emas, balki shakllardan iborat o`yinchoqlar o`ynaydilar, tomosha qiluvchilar sahna ro`parasida o`tiradilar va unda ya’ni ekranda harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar, qushlar soyasini ko`radilar. Soyalar ekranda yorug`lik orqali chiqadi va ekranda ularning shakllari ko`rinadi. Bu teatr uchun odam yoki hayvon shaklida qirqilgan tasvirdan foydalaniladi. Ekran uchun karton yoki fanerdan to`rt burchak shaklida ramka yasab qo`yish mumkin. Bolalar “ Bo`g`irsoq”, “Ajoyib qushcha”, “ Qizil qalpoqcha”, “Zumrad va Qimmat”, “Bo`ri va echki bolalari” ertaklarini qiziqib tomosha qiladilar. Soya teatrini qo`yish uchun 3 nafar tarbiyachi qatnashadilar. Bittasi ekran oldida o`tirib, ertak aytadi, qolgan 2 tasi boshqarib turadi.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin